2-mavzular: arxeologik tadqiqot turlari va zamonaviy usullari


Download 80.02 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi80.02 Kb.
#1542326
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

arxeologik qidiruv

  • sinov

  • qazish ishlari

    Ularning vazifasi yodgorlikni topish, hamda, paydo bo‘lgan, yashagan, inqirozga uchragan davrlarini hamda boshqa xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.

    • arxeologik qidiruv - ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda tadqiqotchi yoki ilmiy guruh kishilik jamiyatining tarixining ma’lum muammosi yechimiga qaratilgan masala bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borib, mazkur davrga oid yodgorliklarni qidirib topish bilan yakunlanadi. Agar masala paleolit davri tarixi bilan bog‘liq bo‘lsa, unda tog‘ oldi va tog‘ hududlari tekshirilib, g‘orlar yoki buloqlar atroflarida qidiruv ishlari olib boriladi. Mezolit va neolit davrlariga oid makonlar esa tog‘li hududlar bilan birgalikda pastekisliklar keng tarqalganligi sababli ushbu hududlardan izlash mumkin. Shuningdek, tog‘li hududlarda qadimgi konlarning o‘rni va konchilarning manzilgohlarini uchratish mumkin. Qadimgi va o‘rta asrlar davrlariga oid ko‘hna shahar va qishloq xarobalari esa yer yuzining barcha hududlarida mavjud.

    • sinov - Arxeologik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichida yodgorlik haqida ma’lumotlar to‘planadi. Birinchi, navbatda yodgorlik taponimi va u bilan bog‘liq afsonalar to‘g‘risida so‘rab surishtirilish bilan birgalikda yuza qismida saqlanib qolgan moddiy ashyolar ilmiy tahlil qilinib, dastlabki xulosalar yasaladi. Ulardan keyin yodgorlikning davri va uning bosqichlari, madaniy qatlamlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida yodgorlikning bir qismida shurf qaziladi. “Shurf” nemischa so‘z bo‘lib, qazimoq, degan ma’noni anglatadi. Shurf kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidan iborat bo‘lib, tomonlari ikki va undan ortiq hatto o‘n metrdan ortiq bo‘lishi mumkin.

    • qazish ishlari - Oxirgi bosqichida yodgorlikda keng ko‘lamli qazishma ishlari olib boriladi. Har qanday stratigafik qazish ishlari yodgorlikning materik, ya’ni yerning soz tuproq qismiga qadar qazib tushiladi. Ayrim hollardagina planigrafik qazish ishlari olib borilishi mumkin. Planigrafik qazishma ishlari ma’lum davrga oid inshootlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ko‘pincha yodgorlikning yuqoridagi madaniy qatlamlarini o‘rganishda foydalaniladi. Madaniy qatlamlarda insoniyatning turmushi tarzi, xo‘jalik va g‘oyaviy faoliyatlari izlari saqlanib qolgan. Bu qatlamlar yillar, asrlar davomida asta-sekin to‘planib boradi. Arxeologik yodgorliklarda bir yoki bir necha o‘nlab madaniy qatlam mavjud bo‘lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrlargacha bo‘lishi mumkin. Bu esa ushbu manzilgohda kishilar hayot faoliyatiniing davomiyligi bilan bog‘liq.

    Arxeolog olimlar barcha turdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida qilingan kundalik tadqiqot ishlari natijalarini qayd qilib boradilar. Arxeologik dala tadqiqot ishlari natijasida to‘plangan barcha turdagi ashyoviy manbalar tadqiqot ishlarini amalga oshirgan muassasa ilmiy laboratoriyasida qayta ishlanadi. Dastlab topilmalarni muhofazalash va tiklash ishlari bajariladi. Keyin ular turlar bo‘yicha ajratilib, ilmiy tahil etiladi va qazishma ishlari davomida Yozma qaydlari bilan umumlashtirilib mazkur yodgorlikning ma’lum hudud tarixida tutgan o‘rni masalalarini yoritib berish bilan ilmiy tadqiqot ishlari yakuniga yetkazilib, ularning tafsilotlari bo‘yicha tadqiqotchi tomonidan tegishli ilmiy muassasaga yozma hisobot beradi.
    Arxeologik qazishmalar arxeologik qidiruv va sinov natijasida to‘plangan ma’lumotlarga tayanib, mazkur joylarda yodgorlikni batamom qazib tugatishdan va yodgorlik haqida xulosa chiqarishdan iborat bo‘ladi


    1. Download 80.02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling