2-mavzular: arxeologik tadqiqot turlari va zamonaviy usullari


Download 80.02 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi80.02 Kb.
#1542326
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Antrokologiya (Anthracology) – toshko‘mir qoldiqlari bilan shug‘ullanuvchi arxeologiya.

  • Arxeometriya (Archaeometry) – ilmiy metodologik davrlashtirish yoki arxeologik metodolokiya, masalan, radiokarbon davrlashtirish, statistika va masofaviy sanoq va h.k.

  • Arxeozoologiya – yodgorliklarda hayvon suyak qoldiqlarini o‘rganuvchi arxeologiya.

  • Arxeobotanika yoki paleobotanika – yodgorliklarda madaniy o‘simliklar qoldiqlarini tadqiq etuvchi arxeologiya.

  • Jang maydoni arxeologiyasi (Battlefield archaeology) – qadimgi janglar o‘tgan maydonlarni tadqiq etuvchi arxeologiya.

  • Kompyuter arxeologiyasi – arxeologik manbalarni kompterda qayta ishlash arxeologiyasi. Asosan arxeologiyada GIS (Geografik informasion sistemasi) ishlari bunga misol bo‘ladi.

  • Eksperemental arxeologiya – qadimgi davr moddiy madaniyat ashyolarini yasalish texnologiyasini qayta o‘zlashtirish arxeologiyasi. Masalan. Ibtidoiy jamiyat tosh qurollarini yasash va h. k.

  • Sud arxeologiyasi – arxeologik qazuv metodlarini qo‘llagan holda jinoiy ishlarni ochish arxeologiyasi. Asosan harbiy va jinoiy ishlarda qo‘llaniladi.

  • Landshaft arxeologiyasi – arxeologik yodgorliklar joylashgan hudud yer tuzilishini o‘rganadi.

  • Osteologiya – suyaklar ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.

  • Paleopotologiya – odamlar va hayvonlar orasidagi qadimgi kasalliklar ustida tadqiqot ishlarini olib boradi.

  • Reksiologiya – jangchi va jang ashyolarini tiklash arxeologiyasi

    Arxeologiyaning tadqiqot manbai va uning vazifalari


    Kishilik jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘z navbatida o‘tmishni o‘rganish – har bir davrning dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelgan. Arxeologiya fani ham tarixning tarkibiy qismi bo'lib, gumanitar fanlar orasida alohida o‘rin tutadi.
    Arxeologiya - moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyatning o'tmishini o'rgatuvchi fan hisoblanadi. Arxeologik manbalar tarixiy manbalarga nisbatan ancha qadimiydir. Uning ilk davri 2,5-3 million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat deb faraz qilsak, uning 23 soat-u 56 daqiqasi yozma manbalarsiz davrga, 4 daqiqasi yozma tarixga to‘g‘ri keladi. Demak, kishilik tarixining juda katta davrini o'rganish arxeologik manbalarga tayanib olib boriladi2.
    Arxeologik manbalar arxeologik yodgorliklardir, ya’ni inson tomonidan yaratilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g‘or va ungirlar. Mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari, qoyatosh rasmlari. Shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozuv, manbalar ham kiradi. Arxeologlar kishilik madaniyati tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarga tayanib ish ko‘radilar.
    Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o‘rganish birdan bir maqsad qilib olinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o'sha zamon nafasini tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalar tarixiy tadqiqotlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga ega bo‘ladi. Buyumlaming yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubda yasalganini aniqlash tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
    Arxeologik yodgorliklar ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar xarobalar, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, mozor- qo'rg'onlar, qabristoniar va qadimgi sug'orish inshootlari hisoblanadi. Arxeologlar mazkur topilmalar yordamida o'sha davr manzarasini, insonlaming yashash sharoitini, jamoada mavjud udumlar va qaysi taraqqiyot bosqichida turganliklarini aniqlaydilar.
    Arxeologik yodgorliklar yer ostida yoki yer ustida joylashgan bo'ladi. Yer ostidagi yodgorliklami o‘rganish jarayonida arxeologlar madaniy qatlamlarga alohida e’tibor beradilar.
    Madaniy qatlam deganda — insoniyatmng turmushi, xo‘jalik faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Madaniy qatlamlar bir va bir necha o‘ntacha gorizontlarga bo'linadi. Ulaming qalinligi bir necha santimetrdan 30—35 metrgacha bo‘lishi mumkin. Bu esa mazkur joyda odamlaming qancha vaqt yashaganligi bilan bog‘liq. Madaniy qatlam u yoki bu qatlamlarga shurf tashlash, keyin keng ko'lamda qazish ishlari natijasida aniqlanadi.
    Shurf aslida nemischa so‘z bo’lib, o‘zbek tilida - qaziyman, degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deganda yodgorliklardagi madaniy qatlam qalin-sayozligini o‘rganishga qaratilgan qazish ishlari tushunilib, madaniy qatlam bor-yo‘qligini aniqlash va yodgorliklar haqida dastlabki ma’lumotlarni olishdir. Shurf ko'pincha kvadrat va to'g‘ri to‘rtburchak shakllarida bo‘lib, uning chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga qarab, har xil chuqurlikda bo'lishi mumkin. Shurf stratigrafik xarakterga ega bo’lib, uni qazish natijasida madaniy qatlam, ya’ni inson faoliyati izlari bo’lmagan yergacha kovlab tushiladi, arxeologiyada u materik – bezovta qilinmagan yer deb ataladi3.

    Download 80.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling