2. Mehmonxona animatsiya dasturlari turlari. Mehmonxonalarda animatsiya xizmatlari


Mehmonxonalarda animatsiya xizmatlari


Download 56.4 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi56.4 Kb.
#1534838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-MODUL

3. Mehmonxonalarda animatsiya xizmatlari

Odatda mehmonxona hududida katta kechki qahvaxona tashkil etilgan. U yerga kechki ovqatdan so‘ng dam oluvchi turistlarning katta qismi to‘planadi. Ular uchun bilish harakteridagi mavzu bilan turli viktorinalar, konkurslar, Coffe-games lotoreya, misol uchun: lotoreya «Bingo» eng yaxshi juftlik «Otel malikasi», «Ayollar erkaklarga qarshi» va boshqa konkurslar o‘tkaziladi, g‘oliblarga otel hisobidan oddiy va original sovrinlar topshiriladi.


Bundan tashqari animatorlarda zaxirada juda ko‘p xilma-xil o‘yinlar bo‘ladi, ular ham tadbir davomida foydalanishi mumkin. Quyida o‘yinlar nomi va ularning qisqacha mazmunini keltiramiz:
Kim birinchi? Sahnaga to‘rtta stul olib chiqiladi, zaldan besh-kishi tanlab olinadi. Musiqa yangraydi. O‘yinchilarning vazifasi-musiqa tugashi bilan stulga o‘tirishga ulgurish.
Iyak ostida to‘p. Ikki jamoa tanlab olinadi, ular (bitta ayol, bitta erkak aralash) bir-biriga yuzma-yuz ikki qator bo‘lib turishadi. Shart – o‘ynovchilar to‘pni iyagi ostida ushlashi kerak, uzatish paytida to‘pga qo‘l urish mumkin emas. Bunda bir-biriga har qanday teginishga ruxsat beriladi, faqat to‘pni tushirib yuborilmasa bo‘ldi.
Tuxumni tushirish. Juftlik oldinga sal egilgan holda bir-biriga orqa qilib turishadi, ballar o‘rtasida (sal pastroqda) tuxum qisilgan. Topshiriq – uni avaylab polga tushirish, tuxumni rezina koptok bilan almashtirish mumkin. Bunda polga tushgan to‘pi tomonga yumalab ketmagan juftlik konkursda yutib chiqadi.
To‘pni iyakkacha ko‘tar. Partnerlar (erkak va ayol) qorinlari orasida kichkina rezina to‘pni ushlab bir-biriga qarshi turadi. Vazifa – aylanma harakat bilan to‘pni partnerlardan bo‘yi pastrog‘ining iyagigacha ko‘tarish.
Xonimni kiyintir.Har bir xonim o‘ng qo‘lida kalava qilib o‘ralgan tasma-lentani ushlab turadi. Erkak lablari bilan lenta uchini ushlaydi. Qo‘li bilan teginmasdan xonimni lenta bilan o‘raydi. Kim tez va chiroyli qilib o‘rasa o‘sha yutadi.

Download 56.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling