2. Mehmonxona animatsiya dasturlari turlari. Mehmonxonalarda animatsiya xizmatlari
Download 56.4 Kb.
|
6-MODUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvnoq tikuvchilik.
- Shar yumalatish.
- Pulni qayerga qo‘yish kerak.
Topqir mehmonlar. Bir muncha juftlik taklif qilinadi. Har bir ishtirokchining ko‘zlari bog‘lanadi. Keyin kiyimning har xil joylariga bir necha kir qistirgich qistiriladi. Yetakchi ishora berishi bilan o‘z partneri yoki partner ayolidan qistirgichlarni olish kerak. Topshiriqni tez bajargan juftlik g‘olib deb topiladi.
Quvnoq tikuvchilik. O‘yin uchun ikki jamoa to‘planadi, ularda erkak va ayollar soni teng bo‘ladi. Ularning hammasi chiziqqa turadi (erkak-ayol-erkak-ayol). «Ikki tikuvchi» tanlab olinadi. Ularning har biri uzun jun ip o‘ralgan uncha katta bo‘lmagan bittadan yog‘och tayoqcha olishadi (agar unga kalava o‘ralgan bo‘lsa yana ham yaxshi). Yetakchining ishorasi bilan «tikish» boshlanadi. Erkaklarga «tikuvchi» ishtoni orqali ip o‘tkazadi, ayollarga esa yangi orqali. O‘z jamoasini qaysi «Tikuvchi» tez «tiksa» o‘sha yutadi. Shar yumalatish. O‘yinda bir necha juftlik ishtirok etadi. Har bir juftlik ikkitadan ping-pongli shar olishadi. Erkaklar bu sharlarni xonimlarning o‘ng yengidan chap yengiga yumalatishadi. Xonimlar sharlarni erkaklarning bryuki o‘ng poychasidan chap poychasi orqali yumalatishadi. Pulni qayerga qo‘yish kerak?. Boshlovchi ikki juftlik (har bir juftlikda erkak va ayol)ni chaqiradi: «Hozir siz iloji boricha tezroq butun bir banklarning tarmog‘ini ochishga urinasiz. Har biriga faqat bitta kupyura taxlanishi kerak. Boshlang‘ich vznosni oling (Juftliklarga pul taxlami beradi). Sizning omonatingiz uchun bank bo‘lib cho‘ntaklaringiz, qo‘yningiz va boshqa hamma ko‘zdan pana joyingiz xizmat qilishi mumkin. Iloji boricha ko‘proq bank ochib, o‘z omonatingizni tezroq rasmiylashtirishga intiling, tayyorlaning, boshladik!”. Boshlovchi juftliklarga topshiriqni bajarishga yordamlashadi. 1 minut o‘tgach, boshlovchi yakun yasaydi. Boshlovchi: “Qancha pul qoldi sizda? Sizdachi? Ajoyib!”. Hamma pul joyg‘joyiga quyilgan. Barakalla! Endi esa ayollardan joylashishlarini va iloji boricha tezroq hisoblardan hamma summani olishlarini so‘rayman. Banklarni oching, pullarni oling! Diqqat, boshladik!”. “(Musiqa yangraydi, ayollar begona partnerlaridan pulni izlashadi)”. Download 56.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling