2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji


Ishbilarmonlikning etikasi va etiketi


Download 241.5 Kb.
bet12/14
Sana06.11.2023
Hajmi241.5 Kb.
#1751136
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8-9. Zamonaviy menejer

4. Ishbilarmonlikning etikasi va etiketi

Ishbilarmonlig etikasi-bu yaxshilik va yomonlik, ma'naviylik va ahloqiylik, insonni jamiyatdagi ma'lum o'rni va hayoti va faoliyatining ma'nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson hulqining ta'limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o'z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi.


Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliya tining xili va uning alohida turlaridan qat'iy nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya'ni milliy etnik an'analarini va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak.
Ishbilarmonlik etikasi menejerning xarakteri, uning qalbi, aqlining xususiyat lari, motivatsiya, ma'lumoti va bilimlarining darajasi, uning jamoada, jamiyatdagi insonlarga nisbatan hulqi bilan chambarchars bog'langandir. Obru, faxr, halollik, izzattalablik, oliyjanoblik, muloyimlik menejer ishbilarmonlik etikasining "arsena liga" kiradi, uni ijobiy ta'riflaydi.
Etik me'yorlar, huquqiy me'yorlardan farqliroq, rasmiy ravishda hech qaerda yozilmagan va uzoq vaqt davomida "otalardan" "bolalarga", kattalardan kichiklarga, bir avloddan boshqasiga og'zaki ravishda uzatib kelingan. Ular asrlar davomida har xil xalqlarning ko'pgina avlodlarining birgalikdagi fao liyati, jamoaviy turmushlari jarayonida vujudga kelganlar va madaniyatning asosiy yutuklaridan biri bo'lganlar.
Qonunchilikni himoya qilishda qonunning u yoki bu moddasini buzganlik uchun jazolovchi maxsus davlat idoralari turgan huquqiy tartibga solishdan farqli ravishda etik me'yorlarga rioya qilinganlik yoki rioya qilmaganlik ustidan nazorat qilish faqat jamoaviy fikr va insonning vijdoni bilan amalga oshiriladi. Xuddi shuning uchun axloqli bo'lish yoki bo'lmaslik deyarli to'liqligicha insonning shaxsiy yaxshi yoki yovuz irodasiga bog'liqdir. Albatta, har qanday erkin tanlov omillarining ko'pligi bilan asoslanadi, shunga qaramasdan insonni kuch bilan vijdonli qilish mumkin emas. Insoniy munosabatlar mavjud bo'lgan hamma yerda ahloq ham mavjud bo'ladi, chunki jamiyatda yashab, undan to'liqligicha ozod bo'lish mumkin emas. Sog'lom fikrlovchi inson, o'zining shaxsi va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda, u muloqatda bo'lgan har bir inson ham, o'zining shaxsi va qadr- qiymatini tan olinishini muljallaydi.
Shu bilan birga etik me' yorlarni buzilishi ertami yoki kechmi ijtimoiy yoki shaxsiy kulfatlar, baxtsizliklar, halokatlarga olib keladi, ahloq o'zi uchun qasos oladi, negaki uning asosiy belgilanishi insoniyatni uning yagonaligida saqlash, insonlarga o'zlarining hamjamiyatlarini saqlab qolishlariga yordam berish, bir birlarini yo'q qilishga yo'l qo'ymaslik, ularning birgalikdagi faoliyatining muvaffa qiyatiga ko'maklashishdir.
Shu sabablarga ko'ra, ixtidorli tadbirkorlar, yirik firmalar va kompaniyalarning rahbarlari o'z jamoalarining ishini tashkil qilishda etik me' yorlarga katta ahamiyat beradilar.
Insonlarning ishga doir munosabatlari o'zaro hurmat, o'zaro yordam va har qanday xodimning shaxsiga e'tibor qaratish asosida qurilgan joyda hamma vaqt ham ishonchlilik darajasi va muvaffaqiyatning garovi faqat ma' muriy boshqaruv va nazarotga suyanuvchi tashkilotlarga karaganda yuqoridir.
Tadbirkorlarning ishga doir faolligi jarayonidagi bir tomondan ular o'rtasidagi va boshqa tomondan tadbirkor va davlat, jamiyat o'rtasidagi ijobiy o'zaro munosa batlarni belgilab beruvchi asosiy etik sifat halollikdan iboratdir. Halollikni talab qilinishi insonlarning ularning ijtimoiy amaliyoti jarayonida birgalikda faoliyat yuritishlarining zarurligi, ular faoliyatini o'zaro muvofiqlashuvi, ularning kundalik hayotlarining ehtiyojlari bilan asoslanadi. Halollik o'z ichiga to'g'rilik, o'z fikrida qattiq turish, o'ziga olgan majburiyatlarga sodiqlik, qilinayotgan ishning to'g'riligiga sub'yektiv ishonch, tadbirkor o'zining tijorat faoliyatida amal qiladigan motivate siyaga nisbatan boshqalar va o'zining oldida sofdillik, boshqa insonlarning ularga qonunan tegishli bo'lgan huquqlarini tan olish va rioya qilish kabi ijobiy ahloqiy belgalarni oladi. Tadbirkorlarning guruhli birdamligi asosida, hozirgi vaqtda o'zaro yordam talabi ba'zan ziddiyatli namoyon bo'lsa ham, ular o'rtasida o'zaro yordam vujudga keladi va rivojlanadi. Bir tomondan tadbirkorlar o'rtasidagi munosabatlarda raqiblik tamoyili amalda bo'lsa, boshqa tomondan ular ayrim hollarda bir birlariga o'zaro yordam va qo'llab quvvatlashlarni ko'rsatishlari mumkin (yetkazib berilgan tovarlarga haq to'lash muddatlarini ko'chirish, imtiyozli shartlarda kreditlar berish qismi bo'yicha).
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun menejerlarga ishbilar-monlik etikasining asosini egallash muhimdir. Boshqaruv amaliyoti etik me'yorlarni, ya'ni kasbiy etikaning postulatlari(isbotsiz qabul qilinadigan qoidalar)ni ishlab chiqqan, ular tadbirkor, menejerning etik kodeksi deb ataluvchining asosida yotadilar. Ya'ni madaniy tadbirkor, menejer:

  • o'z mehnatini nafaqat o'zi uchun, balki boshqalar, jamiyat, davlat uchun foydali bo'lishiga ishonishi;

  • o'zini o'rab turgan insonlar ishlashni xohlashlari va bilishlari, o'zlarini tadbirkor bilan birga ko'rsatishga intilishlaridan kelib chiqishi;

  • biznesga ishonishi, uni o'ziga jalb qiluvchi ijod sifatida baholashi, biznesga san'atga kabi qarashi;

  • raqobatni zarurligini tan olishi, ammo hamkorlikni zarurligini ham tushunishi;

  • o'zini shaxs sifatida, har qanday shaxsni esa o'zi kabi hurmat qilishi;

  • har qanday mulkni, davlat hokimiyatini, ijtimoiy harakatlarni, satsial tartibni, qonunlarni hurmat qilishi;

  • o'ziga va boshqalarga ham ishonishi, kasbiy mahorat va omilkorlikni hurmat qilishi;

  • ta' lim, fan va texnika, informatika, madaniyatni qadrlashi, ekologiyani hurmat qilishi;




  • yangiliklarga intilishi;

  • insonparvar bo'lishi kerak.

Shu munosabat bilan 1912 yilda Rossiya savdogarlari gildiyasi tomonidan shakllantirilgan ishbilarmon kishining tamoyillari g'oyatda ibratlidir:

  • ho kimiyatni hurmat qil;

  • halol va to'g'ri bo'l;

  • hususiy mulkchilik huquqini hurmat qil;

  • insonni sev va hurmat qil;

  • so'zinga sodiq bo'l;

  • mablag'larining bo'yicha yasha;

  • maqsadga intiluvchi bo'l.

Menejer uchun yana ma' lum ijtimoiy muhitda vujudga kelgan hulq qoidalari - ishbilarmonlik etiketini bilish, hamda unga rioya qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Etiket - bu ham inson hulqini tartibga solishning shakllaridan biridir. Ammo etiket qoidalari g'oyatda rasmiy xarakterda bo'ladi va odamning oldiga erkin tanlash muammosini ko'ymaydi. Ularni bilish va rioya qilish zarur. Etiket tili ko'proq umum insoniy odob talablarini aks ettiradi, ammo bunda odamlarning yoshli, xizmatli, jinsiy farqlarini tartibga soladi, unda vaziyat oldindan kelishib olinadi va aniq harakatning tayyor modellari taklif qiladi.
Etiketning xususiyati uning dialogli ekanligidir, ya'ni etiket barcha bir birlari bilan muloqat qilayotgan odamlar uning qoidasini bilishlari va "bitta tilda so'zlashishlarini" ko'zda tutadi. Masalan, agar odamlar uchrashganda bir birlari bilan albatta salomlashishga odatlanmagan bo'lsalar, sizning salomingizga hayratli qarash bilan javob qaytarishlari mumkin. Ammo madaniylashgan muhitda etiket qoidalarini umumiy bilish ko'zda tutiladi va shuning uchun ularga rioya qilish zarur.
Insonning umumiy madaniyati ko'pgina tarkibiy qismlardan vujudga keladi, shu jumladan uni tarbiyasining ichki nomoyon qilishini ham tashkil qiladi.

Download 241.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling