230. Texnikaviy me’yorlarga nimalar kiradi?
A) Korxonaning va uning bo’linmalarining boshqaruv uchun zarur uskuna, texnika va transport vositalari, asboblar bilan qurollanganlik darajasini bildiradi.
B) Tashkilot tarkibini, alohida bo’linma va shaxslar faoliyati tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni qayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi
D) Korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit me’yorlari, ssudalar olish tartibi, amortizasiya me’yorlari, mahsulotning hisoblangan bahosi, foyda me’yori, rentabellik me’yori, fondlar uchun to’lovlar, byudjetga to’lovlar, iqtisodiy rag’batlantirish me’yorlari kiradi.
E)Davlat-huquqiy va tashkiliy-huquqiy me’yoriy hujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat korxonasi to’g’risida qonun, tadbirkorlik haqida, mulk to’g’risida qonunlar kiradi.
231. Boshqaruvni qattiqqo’llik, bir so’zlilik, yakkahokimlik asosida amalga oshirish uslubi nima deb ataladi?
A) Avtokratik uslub B) Demokratik uslub
D) Liberal uslub E)Chiziqli boshqaruv
232. Boshqaruvni jamoa bilan fikrlashuvchi, takliflarni inobatga oluvchi boshqarish uslubi nima deb ataladi?
A) Avtokratik uslub B) Demokratik uslub
D) Liberal uslub E)Chiziqli boshqaruv
233. "Top management" bu
A)- boshqaruvning yuqori bo’g’ini (bosh direktor va boshqaruvning boshqa a’zolari);
B) -boshqaruvning o’rtacha bo’g’ini (boshqarmalar va mustaqil bo’limlar rahbarlari);
Ye)-boshqaruvning quyi bo’g’inlari (bo’linmalar va ularga o’xshash boshqa bo’limlar rahbarlari).
D) Boshkaruvning barcha buginlari
234"Middle management" bu
A)- boshqaruvning yuqori bo’g’ini (bosh direktor va boshqaruvning boshqa a’zolari);
B) -boshqaruvning o’rtacha bo’g’ini (boshqarmalar va mustaqil bo’limlar rahbarlari);
Ye)-boshqaruvning quyi bo’g’inlari (bo’linmalar va ularga o’xshash boshqa bo’limlar rahbarlari).
D) Boshkaruvning barcha buginlari
Do'stlaringiz bilan baham: |