2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati


-MAVZU: Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalari: predmeti, maqsadi va


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1596834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
5052 iboti texnologiyalari

1-MAVZU: Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalari: predmeti, maqsadi va 
vazifalari 
 
Reja: 
3.Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalardan foydalanishning maqsadi 
haqida tushuncha berish. 
Kishilik jamiyati, insonlar kundalik hayotida va faoliyatida doimo rivojlanib, 
takomillashib, yangilanib boradigan muayyan qarashlarni, maqsadli e‘tiqodni 
ifodalovchi g‘oyalarga-maqsadga tayanib ish ko‘radi. Bu muayyan ijtimoiy 
g‘oyalar, ta‘limotlar orqali ham ifodalanadi. Zero, kishilik jamiyati asrlar 
davomida qaror topgan ma‘naviy hayot dunyoqarash negizida shakllangan g‘oya 
va mafkuraga tayanib, hayot kechirib kelmoqda. Jamiyatlar hayoti muayyan g‘oya 
va mafkuralar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelgan. G‘oya va 
mafkuralarning jamiyat hayotiga ta‘siri ham har xil bo‘lgan. Masalan, ezgu, 
bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib etish jamiyatning rivojiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatgan 
bo‘lsa, yovuz va tajovuzkor g‘oyalarni targ‘ib etish esa aksincha salbiy ta‘sir 
ko‘rsatgan.
Umuman, ―g‘oya va mafkura‖ hamda u bilan bog‘liq ―g‘oya va mafkura 
texnologiyalari‖ tushunchalarini keng ma‘noga ega ekanligini hisobga olish 
maqsadga muvofiq. ―Milliy g‘oya‖ tushunchasi va ―Milliy g‘oya targ‘iboti 
texnologiyalari‖ undan farq qiladi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari 
O‘zbekistondagi jamiyati hayoti bilan bilan bog‘liq holda uning milliy-madaniy va 
umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq negizlarini o‘zida ifoda etadi.SHu bilan 
birga O‘zbekiston xalqining ezgu maqsadari va manfaatlarini ifoda etadigan 
g‘oyani keng jamoatchilikka etkazish yo‘llari, vositalari, shakl va usullarini 
majmuini o‘z ichiga oladi.
I.A.Karimov: ―Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar 
davomida e‘zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun 
xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma‘naviy ehtiyojini va xalq talabiga 
aylanib ketgan, ta‘bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning ezgu orzu-intilishlari va 
umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday 
keng ma‘noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz" (Karimov 
I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. T. ―Ma‘anaviyat‖ 2008. 71-bet.). 
Yurtboshimiz o‘z fikrlarini davom ettirib: ―Milliy g‘oya va milliy istiqlol g‘oyasi 
hakida gap borar ekan, biz nihoyatda keng, murakkab serqirra, murakkab 
tushunchalarni tasavvur qilishimiz kerak. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt 
tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning ma‘no-mazmunini teran 
1.Milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyalari fanining maqsadi 
2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati. 



anglab olishga xizmat qiladi. Bu g‘oya xalqni-xalq, millatni-millat etadigan, uning 
sha‘nu sharafi, ishonch-etiqodini ifodalaydigan o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, 
turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda mutassil rivojlanib boruvchi 
qarashlar tizimidir‖. (I.A.Karmov Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkura xalqni – 
xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. T.: ―O‘zbekiston‖., 1998 y. B.3.) 
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasining predmetini amalga oshirilayotgan 
mafkuraviy jarayonlar, an‘nalarimiz, tariximizni tiklashga doir harakatlar
shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar milliy g‘oya targ‘ibotiga xos bog‘lgan 
amaliy-nazariy munosabatlar tizimini o‘zida ifoda etadigan qonuniyatlarni 
o‘rganish tashkil qiladi. 
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda milliy 
g‘oyani jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati katta, ammo uni xalqimiz ongiga 
singdirib borishni yanada kuchaytirish lozim. Targ‘ibot ko‘lamini, samaradorligini 
kengaytirish uni keyingi taraqqiyot mazmuni ham belgilab beradi. Bu jarayon 
bevosita jamiyatimizning ―g‘oyaviy ta‘sirlar‖, shuningdek, ―mafkuraviy xavflar‖ 
ta‘siridan himoya qilishda barchaning ma‘sulligi darajasi bilan bog‘liq hodisa 
hisoblanadi. 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling