2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1596834
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
5052 iboti texnologiyalari

 
ASOSIY 
TUSHUNCHALA

Texnologiya
Ishlapb chiqarish 
texnologiyasi 
Ta’limni 
texnologiyalash 
tirish 
Ta’lim texnologiyasi
O’qitish texnologiyasi 
Pedagogik 
texnologiya 


11 
2- MAVZU:
Milliy g‟oya targ‟ibotida ijtimoiy- gumanitar 
fanlarning o‟rni va ahamiyati 
Reja:
1. Milliy g‘oyani e‘tiqodga aylanishida falsafa hamda umumgumanitar 
fanlarning o‘rni. 
2. Ijtimoiy iqtisodiy fanlarning g‘oyaviy salohiyatidan to‘laroq foydalanish 
zarurati. 
Umumgumanitar soha bilimlari vositasida nafaqat o‘zbek va xorijiy davlat 
xalqlarining asrlar mobaynida to‘plagan ma‘naviy boyliklari, balki umuminsoniy 
qadriyatlar hamda insoniyat tamadduni erishgan yutuqlar ham o‘zlashtiriladi. 
SHuning uchun bu sohaga oid bilimlarni aholining barcha qatlamlarini ma‘rifatli 
qilish, birinchi navbatda, yosh avlodni tarbiyalash vazifasini ado etishga 
yo‘naltirish zarur. 
Ma‘lumki, har qanday insonlarning muayyan manfaati va maqsadi asosida 
yuzaga keladi. Ayni paytda, g‘oyaning mazmun-mohiyati shakllanishi va 
rivojlanishida falsafa asosiy o‘rin tutadi. Ya‘ni, shaxs, ijtimoiy guruh yoki 
toifalarning g‘oyalari jamiyat mafkurasiga aylanishi uchun u, albatta, ilmiy-nazariy 
va metodologik jihatdan asoslanishi zarur. Bu vazifani aynan falsafa bajaradi. 
G‘oya va mafkurani falsafiy asoslash deganda, inson, gurux jamiyat yoki millat 
maqsad-muddaolarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi faoliyatni ijtimoiy taraqqiyot 
qonuniyatlariga mos yoki zid kelishi ko‘rsatib berilishi tushuniladi. Binobarin, 
g‘oya va mafkura falsafiy asoslansagina, jamiyatdagi kishilarni, turli ijtimoiy-
siyosiy gurux va toifalarni birlashtirib, ular faoliyatini xarakatga keltiruvchi 
kuchga aylanishi mumkin. SHuning uchun g‘oya va mafkurani falsafadan ajratib 
bo‘lmaydi. 
Mustakillik davriga qadar yaratilgan tarixiy asarlar, o‘quv qo‘llanmalarida 
«o‘zbek xalqi Ulug‘ Oktyabrь inqilobi g‘alabasi natijasida ilk bor o‘zining milliy 
davlatchiligini qurish imkoniga ega bo‘ldi» degan soxta gaplar yozilgan.
Xalqimizning o‘zligini anglashi, avlod-ajdodi kimligi, nasl-nasabini 
bilishida sovet tarixnavisligi o‘zbek xalqi tarixini XVI asrda O‘rta Osiyoni bosib 
olgan Dashti Qipchoq xonlari tarixi bilan bog‘lab yoritish va o‘sha zamonda 
o‘zbek nomi paydo bo‘lgan deb ko‘rsatishning xatoligi bugun barchaga sir emas. 
SHunday ekan, turkiy tilli xalqlarga mansub bo‘lgan o‘zbek xalqining avlod-
ajdodlari qadim zamonlardayoq O‘rta Osiyo xududida yashaganligini, o‘zbek xalqi 
bir necha ming yillik tarixga ega ekanligini unutmaslik lozim. IX-XII asrlarda 
O‘rta Osiyo xalqlari xayotida yuz bergan Uyg‘onish davri, fan va madaniyat 
ravnaqi tug‘risida gapirilganda, ajdodlarimiz orasida etishib chiqqan al-Xorazmiy, 
Imom al-Buxoriy, al-Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Maxmud Qoshqariy, 
Ahmad Yassaviy va boshqa allomalarning ilmiy-ma‘naviy merosini tushuntirish, 


12 
yoshlarda ilm-fanga intilish xissiyotlarini shakllantirish zarur. Zero ajdodlarimiz 
yaratgan buyuk ilmiy-ma‘naviy meros yoshlar uchun ibrat maktabidir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning g‘oyaviy saloxiyatidan to‘laroq foydalanish 
zarurati 
«Milliy g‘oya» fani masalalarini talabalarga tushuntirishda kishilar hayotini 
to‘la o‘rganadigan ijtimoiy imkoniyatlaridan foydalanish lozim. 
Ma‘naviyat asoslari o‘quv predmetida inson ichki dunyosi tarkibiga kiruvchi 
unsurlar — sub‘ektivlik va ideallik, insoniyatning o‘z-o‘zini anglash shakli, 
ijtimoiy tajribaning ichki uzlashtirilishi, inson ijodiyligi mazmuni, mentaliteti 
moxiyati — bular alohida olingan millatga tegishli g‘oyalardan boshqa narsa emas. 
SHuning uchun bu fanning kariyb barcha mavzulari milliy istiqlol g‘oyasi asosida 
talabalar ongiga singdirilishi mumkin. 
Siyosatshunoslik fani orkali milliy masalalarini mazkur predmetning baxs 
mavzulari doirasini aniklashdan tortib, uning barcha anik mavzularini qamrab 
oladi. 
Predmetga 
qarab 
chiqiladigan 
siyosiy-xuquqiy, 
siyosiy-madaniy, 
davlatchilik jixatlari, ichki va tashki syyosat masalalarida millat, uning g‘oyaviy 
kiyofasi xaqida gap boradi. 
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti o‘quv 
predmetida mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot yaratish 
va umuminsoniy kadriyatlarni ifodalaydigan kuchli, xuquqiy demokratik davlat, 
odil fuqarolik jamiyati qurish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi 
o‘rganiladi.
Milliy istiqlol g‘oyasi tushuncha va tamoyillarini chuqurroq o‘zlashtirishni 
iqtisodiyot nazariyasi fanida xam o‘rganish hamda tahlil etish zarur. Bunda, 
ayniqsa, xozirgi zamon iqtisodiy tafakkurini shakllantirish masalalariga e‘tibor 
berish lozim. CHunki, iqtisodiyotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, shu 
bilan birga, mavjud muayyan qiyinchiliklar bo‘yicha yondashuvlarni mustaqil 
aniklashlari, amaliy faoliyatga tayyor bo‘lishlari uchun mulohaza yuritish milliy 
iqtisodiy rivojlanishning turli kontseptsiyalarini baholay olishlari lozim. 
Milliy g‘oyani targ‘ib etishda pedagogika fani talabalar faoliyatini interfaol 
usullar asosida tashkil etishda muayyan imkoniyatlarga ega. Bunday usullarga 
«aqliy hujum», «ajurli arra», «tanqidiy fikrlash», «munozara» kabilarni kiritish 
mumkin. Ular yordamida mustaqil fikrlashga, tadrijiylikka, o‘z mavqeini 
mustahkamlashga va o‘zgalar fikrini xurmatlashga o‘rgatish mumkin. Atrofimizda 
ro‘y berayotgan voqealarning Vatan ravnaki, yurt tinchligi va xalq farovonligi 
masalalari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling