2-modul. Bosim datchiklari


Download 91.51 Kb.
bet7/16
Sana20.10.2023
Hajmi91.51 Kb.
#1713516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2-modul. Bosim datchiklari-hozir.org (1)

G = f ( Dp) (1.4.1)

Bu usulni qo‘llash uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak



- oqim toraytirilgan qurilmagacha va undan keyin to‘lqinsiz, statsionar bo‘lishi;
- suyuqlik yoki gaz oqimi truba o‘tkazgichni to‘la to‘ldirishi;
- toraytirilgan qurilmadan o‘tishda suyuqlik yoki gaz o‘z fazaviy holatini o‘zgartirmasligi, ya’ni masalan bug‘ suyuqlikga aylanmasligi;
- turuba o‘tkazgichni toraytirilgan qurilma oldida va undan keyingi qismida oqim cho‘kmalari yig‘ilmasligi;
- toraytiruvchi qurilma tashqi tomonida turuba o‘tkazgichni formasi buzilishi bo‘lmasligi.
Toraytiruvchi qurilmalar shartli ravishda standart, maxsus va nostandart turlarga bo‘linadi. Standart toraytiruvchi qurilmalar davlat standartlari talabida 8.569.1-97 GOST bo‘yicha yasalgan va o‘rnatiladi. Ichki diametri 50 mm dan kichik truba o‘tkazgichlardan tayyorlanib qo‘yilgan qurilma maxsus deyiladi. Bu ikki holatga mos kelmaganlarini nostandart toraytiruvchi qurilma deyiladi. Standart qurilmalarni yasalishi va graduirovkasi universal bo‘lib, individual graduirovkani talab kilmaydi.
Toraytiruvchi qurilma yordamida joriy sarfni aniqlash usuli quyidagi kamchiliklarga ega:
- kichik dinamik diapazonga egaligi;
- trubaning diametri 50 mm dan kichik bo‘lmasligi, agar kichik bo‘lsa individual graduirovka talab qilinishi;
- toraytirilgan qurilma oldi va orqasida ma’lum uzunlikdagi to‘g‘ri chiziqli sohalar bo‘lishi kerakligi;
- oqimni bosim yo‘qotishi.
Standart toraytiruvchi qurilma sifatida diafragma, sopla va Venturi soplasi qo‘llaniladi.
1.45. Расм. а) Диафрагма, б) Сопла, в) Вентури сопласи
Diafragmani teshigini old tomoni slindik bo‘lib, davomi konus simon. Diafragma teshigi 105 dan 10 8 mm gacha bo‘lishi mumkin. Uning asosiy vazifasi turubada bosim farqini hosil qilishdir. Turubalarda toraytiruvchi qurilmani diafragma ko‘rinishidagi qo‘yilganda suyuqlik va gazlarni xarakati va bosimni o‘zgarishi quyidagicha bo‘ladi.


1.46. Расм. Диафрагма ўрнатилган трубада оқимни тақсимланиши ва босим графиги.
R asmdan ko‘rinib turibdaiki, suyuqlik oqimi torayishi toraytiruvchi diafragmadan keyin V tekislikda kuzatilmoqda. Bu yerda oqim yeng yuqori tezlikga erishadi. Tezlik yuqori bo‘lgan joyda energiyani saqlanish konuniga asosan bosim eng past uladi. Oqim ma’lum masofadan keyin S tekislikda o‘zini oldingi tezligiga erishadi. Lekin toraytiruvchi qurilma qo‘yilganligi hisobiga ma’lum bosim yo‘qotilishi kuzatiladi. Bu bosim yo‘qotilishi toraytiruvchi qurilma qo‘yilganligida oqimda aylanmalar hosil bo‘lishi hisobiga energiya sarfi bo‘lganligi tufayli kuzatiladi.
Turbalarda bosim yo‘qotilishini oldini olish vas sarf o‘lchashlarida yuqori aniqliklarga erishish uchun sopla yoki Venturi soplasi qo‘yiladi.
Joriy sarf bilan bosim farqi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash uchun okayotgan suyuqlikni sikilmaydigan, ya’ni toraytiruvchi diafragmadan o‘tganda zichligi o‘zgarmaydi deb olamiz. A boshlangich oqim tekisligi va torayish qismi uchun uzliksizlik tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:

Download 91.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling