2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


-ilova.  O‟zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tizimining prinsiplari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana12.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1699509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'19.11.2020 ma’ruza matni

1-ilova. 
O‟zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tizimining prinsiplari 
1.Davlat 
hokimiyatini 
tashkil 
qilish 
asoslarining 
prinsiplari 
(xalq 
hokimiyatchiligi, huquqning ustunligi, hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi, davlat 
suvereniteti, jahon hamjamiyatiga uning bir a‘zosi sifatida kirishi) 
2.Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish asoslarining prinsiplari (Inson huquqlari 
va erkinliklarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi, Davlatning asosiy vazifasi – 
inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilish hamda ularga rioya etish) 
3.Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil etish asoslarining prinsiplari 
(Mafkuraviy va siyosiy ko‘pfikrlilik (plyuralizm), Davlatning dunyoviy xususiyati, 
Iqtisodiy faoliyat erkinligi, Mulk shakllarining xilma-xilligi va tengligi, 
Siyosatning ijtimoiy yo‘nalganligi)
2-ilova. 
Konstitutsiya normalari quyidagilarni belgilab beradi: 
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tizimining asoslarini 
2.Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini 
3.Fuqarolik jamiyatning tarkibiy qismlarini 
4.O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishini 
5.Davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini 
3-ilova. 
Qoraqalpog‟iston Respubilkasining o‟ziga xos belgilari: 
1.O‘z Konstitutsiyasiga ega 
2.Respublika parlamenti mavjud 
3.Respublikaning maqomi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Konstitutsiyasi tomonidan belgilanadi 
3.Mustaqil 
taraqqiyotning 
dastlabki 
davridagi 
muammolar, 
taraqqiyotning “О„zbek modeli” va uning о„ziga xos xususiyatlari. 
 
XX asr jahon tarixiga juda katta о‗zgarishlar olib keldi, insoniyat taraqqiyoti 
va tanazzulida nihoyatda muhim о‗ringa ega bо‗ldi. Asr boshida rus inqilobi, rus-
yapon urushi, Birinchi jahon urushi, 20-yillardan SHо‗rolar hokimiyati 
hukmronligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, jahon tamaddunida turli qarama-
qarshiliklar, ya‘ni Germaniyada fashizmning paydo bо‗lishi, ikkinchi jahon urushi 


20 
va undan keyin ikki qarama-qarshi tizimning yuzaga kelishi va nihoyat 80-yillarda 
parchalanishi juda katta о‗zgarishlarni boshlab berdi. 
Bu о‗rinda, albatta, 90-yillarga kelib, sobiq SSSRda qanday tub о‗zgarishlar 
bо‗lganiga jiddiy e‘tibor beramiz. Demak, sobiq imperiyaning tajovuzkorona 
siyosati 73 yil mobaynida asta-sekinlik bilan chok-chokidan sitila bordi. Natijada 
mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham, odamlar xatti-harakatini ham 
boshqarib bо‗lmaydigan holatlar vujudga keldi. Ana shunday murakkab siyosiy-
huquqiy va ma‘naviy muhim hamda aholi ma‘naviy-ruhiy holatining butun 
miqyosi va mohiyatini tо‗g‗ri baholash lozim edi. 
Darhaqiqat, XX asrning 80-yillari oxirida respublika yetakchisi Islom 
Karimov qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi? О‗tmishdoshlaridan unga 
qanday jamiyat meros bо‗lib qolgan edi? U qanday vaziyatda ish boshladi? 
Darvoqe, masalaga ana shu tarzda xolis yondashilsa, bizningcha, Prezidentning 
ham, mamlakatning ham tо‗laqonli qiyofasi, xalqimizning xohish-irodasi, maqsad 
va vazifalari, tashvish-iztiroblari, qо‗yingki, hammasi kо‗z о‗ngimizda kino 
lentasiday yaqqol gavdalanadi. Mavjud hodisalar va qaror topgan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy muhitga adolatli tarzda baho berish kerak edi! 
Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq, aytish 
joizki, Markaz bilan о‗ziga xos, ya‘ni teng munosabatga kirishdi! Ochiqroq 
aytganda, uning qat‘iyatliligi, u yoki bu tomonga og‗masdan о‗z mustaqil fikriga 
egaligi va о‗z yо‗liga sobitligi ―ulug‗ og‗a‖larga yoqmadi?! ―Millat manfaatiga 
kо‗proq yon bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib 
borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy 
Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha 
boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga ―qochib‖ borgan bir guruh 
―sobiqlar‖ bunday ―qulay‖ fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu 
nayranglarni ishga solishdi. Qator markaziy nashrlarda О‗zbekiston va uning 
rahbariyatiga nisbatan ig‗vogarliklar uyushtirildi. Bunday og‗ir, ziddiyatli bir 
sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, 
pо‗latdek mustahkam iroda talab etardi,‖ -deb yozgan edi professor Narzulla 
Jо‗rayev (
Jо‗rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.
). 
Tarixdan ma‘lumki, о‗sha paytda mavjud jarayonlarni chuqur о‗rganmay, 
tahlil etib ulgurmay turib, ―Birlik‖ xalq harakati va ―Erk‖ demokratik partiyasi 
vakillari ―Karimov о‗z pozitsiyasini e‘lon qilmayapti. Uning aniq dasturi yо‗q‖, 
deb ta‘na toshlarini otishdi. Turli mitingbozliklarda ochiqdan-ochiq hujumga 
о‗tdilar. Islom Karimov tabiatan keng fe‘li ila raqiblarga hurmat bilan qarash, 
ularning fikrlarini eshitish, ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va respublika manfaati 
uchun har qanday ivg‗ogarliklar, tazyiqlaru zо‗ravonliklar, qolaversa, maqtovlaru 
xushomadgо‗yliklarga bir xilda munosabatda bо‗lish, faqat aql-idrokka tayanib ish 
tutish zarurligini bir soniya ham unutmadi!? 
Alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yо‗li – haqiqat va ezgulik yо‗li, inson 
haq-huquqlari tengligi yо‗li, ma‘naviy barkamollik va yuksak madaniyat yо‗li, bir 
sо‗z bilan aytganda, boy insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 
yillarda Islom Karimov о‗z tanlagan yо‗lining tо‗g‗riligiga qat‘iy ishondi va 


21 
millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi. Mustaqillikning ikkinchi yilida 
―Buyuk maqsad yо‗lidan og‗ishmaylik‖ degan mavzuda О‗zR Oliy Kengashining 
12 sessiyasida (1993 yil 6 may) quyidagi purma‘no fikrlarini muhrladi: ―...Bizni 
tanlagan yо‗limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga 
bо‗lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga 
yо‗l yо‗q. О‗zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog‗imiz zarur. Bu 
yо‗lda 
ikkilanmoq, 
manfaatparastlikning 
mayda-chuyda 
tashvishlariga 
о‗ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bо‗ladi! 
Istiqboldagi О‗zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug‗vor 
haykal bо‗lajak! О‗zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qо‗shuvchi farzandlarimizga 
muqaddas beshik bо‗lajak‖.(
Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: 
О‗zbekiston. 1993. 182-b.
) 
О‗z-о‗zidan biror voqea-hodisa sodir bо‗lmaydi, albatta. XX asrning 80-yillar 
oxiri va 90-yillar boshlaridagi alg‗ov-dolg‗ov paytlarni nihoyatda chuqur: ham 
siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma‘naviy tahlil qilgan Prezident Islom Karimovning 
qat‘iy, hal qiluvchi pozitsiyasi quyidagilarni tashkil qilgan edi: 
Yangilik bilan eskilik о„rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling