2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
\'19.11.2020 ma’ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat gerbi
Qizil yo„llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch,
tiriklik ramzidir. Yashil rang – serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‗p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‗imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‗lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Darhaqiqat, ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risida‖gi Qonunning 2-moddasida kо‗rsatilganidek, ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i О‗zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir‖. Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog‗imiz xalqaro munosabatlarda О‗zbekiston Respublikasining timsoli bо‗ladi. Binobarin, bayrog‗imiz xalqaro maydonda О‗zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog‗ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon kо‗rgazmalarida, sport musobaqalarida kо‗tarilib, yurtimizni ulug‗laydi. ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risida‖gi qonunida bayroq kо‗tariladigan 4 joylar va uning kо‗tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qо‗yilgan. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy ravishda kо‗tarilgan holda turadi.О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida kо‗tarilishi mumkin. Qonun bо‗yicha О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri tushirilgan belgilar: О‗zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki О‗zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat rо‗yxatidan о‗tkazish raqam belgilariga; О‗zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qо‗yiladi. О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri tushirilgan belgilardan О‗zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, о‗quv- tarbiya jarayonida, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yо‗l qо‗yilmaydi. Shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) о‗tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog‗iga о‗xshash bо‗lishi mumkin emas. Qonunda bayrog‗imizning qanday shakl va kо‗rinishda bо‗lishi ham aniq kо‗rsatilgan. Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i - bayroqning butun uzunligi bо‗ylab о‗tgan tо‗q moviy rang, oq rang va tо‗q yashil rangli uchta endan tarkib topgan tо‗g‗ri tо‗rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 smga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir en 40 smga teng. Bayroqning о‗rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 smga teng qizil hoshiyalar о‗tgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida о‗n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning о‗rtasidan 70x30 smga teng tо‗g‗ri tо‗rtburchakka sig‗adigan qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda dо‗ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bо‗lib, diametri 30 smli doiraga sig‗adi. Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig‗adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, о‗rta qatorda tо‗rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm masofada joylashadi. 5 Qonunda Davlat bayrog‗ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay vaqtda, soat nechadan nechagacha, qanday tartibda kо‗tarilishi aniq kо‗rsatib qо‗yilgan. Bunga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bayram kunlarida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy kо‗chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da kо‗tariladi va soat 22 da tushirib qо‗yiladi. Bayroq О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a‘zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida – ovoz berish о‗tkazilayotgan binolar va xonalarda ovoz berish yoki referendum о‗tkazish davrida kо‗tarib qо‗yiladi. U xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasida bо‗lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yо‗nalishi bо‗yicha va boshqa tashrif obyektlarida xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin kо‗tariladi va ular jо‗nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qо‗yiladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog‗i kо‗tarilsa, qonunga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i (binoning old tomoniga qarab turganda) о‗ng tomondan, boshqa davlatning bayrog‗i chap tomondan kо‗tarilmog‗i kerak. О‗zbekiston Respub- likasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‗iston Respublikasining Davlat bayrog‗i kо‗tarilganda, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan kо‗tarilishi kerak. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning bayroqlari kо‗tarilganida, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i alohida, qolganlari esa о‗zbek alfaviti bо‗yicha kо‗tariladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i boshqa davlatlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‗iston Respublikasining Davlat bayrog‗i kо‗tarilganda, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat bayrog‗ining о‗lchami О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining о‗lchamidan katta bо‗lmasligi kerak, О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilish balandligi esa Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilish balandligidan past bо‗lmasligi kerak. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari kо‗tarilganda О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq kо‗tariladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil о‗lchamga ega bо‗lishi kerak. 6 О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bо‗lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bо‗lgan dastada, yo bо‗lmasa flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan kо‗pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda kо‗tariladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini tayyorlash, saqlash va yо‗q qilish tartibi О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Kо‗tarib qо‗yilgan О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bо‗lishi kerak. Motam munosabati bilan, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i motamga moslab kо‗tariladi. Bunday hollarda О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bо‗lgan kenglikdagi qora tasma bog‗lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam munosabati bilan flagshtokda kо‗tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bо‗lagicha tushirib qо‗yiladi. О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, О‗zbekistonda turgan boshqa shaxslar О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini hurmat qilishlari shart. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risidagi qonun hujjat- larini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bо‗ladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini behurmat qilganlik О‗zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi. Mamlakatimizda Konstitusiya va qonun bilan о‗rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. «Gerb» sо‗zi nemischa «erbo» sо‗zidan olingan bо‗lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan- naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar chо‗zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni О‗g‗izxon davrida ham turkcha «tamg‗a» sо‗zi aynan shu ma‘noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, О‗g‗izxon о‗z mol-mulkini о‗g‗illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bо‗lib berib, in‘om etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham о‗zlarining xonlik tamg‗alariga ega edi. Kо‗rinib turibdiki, «tamg‗a» sо‗zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo» sо‗zining ma‘nosiga tо‗la mos keladi. Gerb – tamg‗a, emblema. Meros bо‗lib qolgan, bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan belgi, tamg‗asi, nishoni, timsoli. Gerb – qaysi davlatga tegishli bо‗lsa, о‗sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega bо‗lgan tasvirlar va narsalar yig‗indisi. «О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tо‗g‗risida»gi qonun 1992 yil 2 iyulda О‗zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga muvofiq qо‗shimchalar kiritilgan. О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xо‗jalik, jug‗rofiy, etnik va boshqa о‗ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy 7 an‘analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda О‗zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari о‗ziga xos tarzda ifoda etilgan. «О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tо‗g‗risida»gi qonunga binoan, О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir. О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi kо‗rinishga ega: tog‗lar, daryolar va sо‗l tomoni bug‗doy boshoqlaridan, о‗ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‗о‗za shoxlaridan iborat chambarga о‗ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bо‗lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‗ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib qо‗yilgan. О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli kо‗rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g‗о‗za shoxlari va barglari, tog‗lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda tasvirlangan. Qonunda О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladigan obyektlar batafsil sanab kо‗rsatilgan. О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan О‗zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, о‗quv-tarbiya jarayonida, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanish mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yо‗l qо‗yilmaydi. О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) о‗tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga о‗xshash bо‗lishi mumkin emas. О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, О‗zbekistonda turgan boshqa shaxslar О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tо‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bо‗ladi. Shu tariqa, О‗zbekistonning davlat gerbi ham davlat mustaqilligining ramzi bо‗lib, respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda kо‗rsatilgan obyektlarga tushiriladi. О‗zbekistonning konstitusiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog‗i, Davlat gerbi bilan bir qatorda Davlat madhiyasi ham mavjud. Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat о‗z madhiyasiga ega. Umuman, madhiya haqida sо‗z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va nima sababdan bо‗lganligini bilib olish muhim. Madhiya – grekcha ―madhiya‖ sо‗zidan olingan bо‗lib, u dasturiy xarakterdagi she‘rni tantanali qо‗shiq qilib 8 tarannum etilishi ma‘nosida qо‗llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi. Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bо‗lib, u davlat bayrog‗i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bо‗lib hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, О‗zbekiston ham mustaqil davlat sifatida о‗z davlat madhiyasiga ega. О‗zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalangan. Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda о‗zbek xalqining shodiyona fikr-о‗ylari va his-tuyg‗ulari bekamu kо‗st о‗z ifodasini topdi. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tо‗g‗risida»gi qonunga binoan, О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi О‗zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zо‗r ehtirom bilan qarash О‗zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qonunda belgilangan vaqt va marosimlarda ijro etiladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan yoki о‗zga vokal va cholg‗u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg‗u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda tо‗liq ijro etiladi, cholg‗u asboblarining о‗zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yо‗l qо‗yiladi - ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog‗i lozim. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kо‗pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bо‗lsa, hozir bо‗lgan kishilar madhiyani tik turib va о‗ng qо‗l kaftini kо‗krakning chap tomoniga qо‗yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qо‗lini bosh kiyimiga qо‗yib tinglaydi. Agar О‗zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bо‗lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi. Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg‗a, madhiya О‗zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‗ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini о‗zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – о‗zining qadr-qimmatini, о‗z mamlakatiga va shaxsan о‗ziga bо‗lgan hurmatni mustahkamlash demakdir» ( Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 – Toshkent: О‗zbekiston, 1996. ). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling