2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
\'19.11.2020 ma’ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.О„zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni.
1,3,5,10,25,50,100 so‗m bo‗lgan bank qog‗oz pullari (banknotlar) holida
muomalaga chiqarildi. Aholi qo‗lidagi so‗m-kuponlar jamg‗arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 2001 yilda 1 000, 2013 yilda 5 000, 2017 yilda 10 000 va 50 000, 2019 yilda 100 000 so‗mlik qog‗oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi. ―Milliy valuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir‖(I. Karimov. Asarlar. 3-jild, 331-bet.). Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‗ldi. O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‗zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‗ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. 2003-yil 15-oktabrdan boshlab, so‗m qisman konvertatsiyalanadigan valuta maqomiga ko‗tarildi. 2.О„zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni. Konstitusiya eng oliy qonun sifatida О‗zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bо‗lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitusiyada о‗z ifodasini topgan. Konstitusiya О‗zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bо‗lishiga qonuniy asos soldi. О‗z ona vatanining mustaqil davlat bо‗lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan О‗zbekiston xalqi о‗z maqsadiga erishdi, о‗z davlatchiligiga о‗zi ega bо‗ldi. Konstitusiya – davlatning Asosiy Qonuni bо‗lib, shaxs, jamiyat va davlat о‗rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, 11 oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitusiya о‗z mazmun - mohiyatiga kо‗ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini о‗zida namoyon etadi. О‗zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bо‗lib о‗tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitusiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitusiya komissiyasi tarkibi qisman о‗zgardi. Konstitusiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov raisligida bо‗lib о‗tdi. О‗zbekiston Konstitusiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida konstitusiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. О‗zbekiston Konstitusiyaviy nazorat komissiyasining raisi О‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi SH.Z.О‗razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi. Reja bо‗yicha 1991 yil avgust oyida Konstitusiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov Konstitusiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―О‗zbekistonning yangi Konstitusiyasi konsepsiyasining loyihasi tо‗g‗risida‖gi ma‘ruzasida ishchi guruh oldiga qо‗yilgan vazifalarni bajarishda jahon tajribasini о‗rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qо‗lga kiritilgan yutuqlarini hisobga olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bо‗lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab о‗tdi. Konstitusiyaviy komissiyaning a‘zosi akademik SH.3.О‗razayev quyidagilarni qayd qilgan: ―Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitusiya loyihasini tayyorlash bо‗yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta о‗qib chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g‗oyat ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan kо‗ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga va u bо‗yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitusiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga о‗z qо‗li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini kо‗rsatar edi. Prezident – о‗ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Kо‗pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi о‗ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta qismini о‗z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa о‗tardi‖ ( Urazayev SH.Z. Kak gotovilsya proyekt Konstitusii Respubliki Uzbekistan // Narodnoye slovo, 1992, 26 dekabrY. ). 1991 yilning noyabr oyigacha Konstitusiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi varianti tayyor bо‗ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni, shakli va tahriri jihatdan jiddiy о‗zgartishlar kiritdi. 12 Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan tashkil topdi. I.A.Karimovning kо‗rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning uchinchi varianti 137- moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat bilan о‗rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi. Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab о‗qib chiqdi, ba‘zi moddalarga о‗zgartish kiritishi natijasida ular tо‗laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib, yanada tushunarliroq bо‗ldi. Konstitusiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy bо‗limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitusiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika matbuotining о‗zida Konstitusiya loyihasiga bag‗ishlangan yuzdan ortiq materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi. Konstitusiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan о‗tdi. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitusiya loyihasiga kiritilgan о‗zgartishlar va tо‗ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela boshladi. Qoraqalpog‗iston Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bо‗lib о‗tgan yig‗ilishda loyiha bо‗yicha ayrim istaklar bildirildi. Konstitusiyaviy komissiyaga kelib tushgan kо‗p sonli takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama о‗rganilib, Konstitusiya loyihasiga deyarli 80 yaqin о‗zgartish, qо‗shimcha va aniqliklar kiritildi. Mustaqil О‗zbekiston davlatining Konstitusiyasi О‗zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. U oliy maqomli Qonun sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning har bir a‘zosining kundalik turmushiga, faoliyatiga madad, muqaddas orzu - umidlarini rо‗yobga chiqishi uchun ishonch bag‗ishlaydi. Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitusiyani ―xalqchil qomus‖ deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan о‗tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganligini, sayqal topganligini ta‘kidladi ( Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: О‗zbekiston, 1996. – 118 bet. ). Konstitusiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson huquqlari, uning kamoloti uchun zarur bо‗lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga erishish uchun umid qilgan va intilgan umuminsoniy g‗oyalar yо‗lida erishilgan qoidalarni о‗ziga singdirgan. Konstitusiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni I.A.Karimovning ―Konstitusiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma‖ bо‗lganligi, u ―xalqimizning irodasini, ruhiyatini, 13 ijtimoiy ongi va madaniyatini‖ aks ettirishi, uning ―xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli‖ ekanligi haqidagi xulosasining tо‗g‗riligi va asoslanganligini tasdiqlaydi ( Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.: Sharq, 1993. 6-bet ). Mustaqil davlatimiz Konstitusiyasi asosida respublikamizda demokratik huquqiy jamiyat asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik tizimining illatlari qat‘iyan tugatilib, kо‗ppartiyaviylik, g‗oyalar va fikrlar xilma- xilligiga yо‗l ochildi. Yagona mafkuraning yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari tobora qaror topmoqda. Konstitusiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot yо‗lidagi barcha g‗alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak yо‗limizni kо‗rsatuvchi muhim qonundir. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Tom ma‘nodagi tarixiy bu sanani har safar bayram qilar ekanmiz, Konstitusiyamiz – Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz О‗zbekiston kelajagini, yangidan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma‘no va mohiyatini, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma‘naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning xalqaro hamjamiyatdagi о‗rni va nufuzini tubdan о‗zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda yuksak baholaymiz‖ ( Bizning yо‗limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yо‗lidir. 20-jild. - T.: О‗zbekiston, 2012.- 63- 64 betlar. ). Konstitusiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy ijobiy о‗zgarishlar yuz berdi. Konstitusiyaga о‗zgartirish kiritish uchun о‗rnatilgan tartib boshqa oddiy qonunlarga о‗zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik tajribasida ham о‗rnatilgan tartibdir. Shunday ekan, О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga о‗zgartirish va qо‗shimchalar kiritish Konstitusiyaning 127- moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha bayon qilingan: ―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartirishlar tegishincha О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki О‗zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi‖. Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida davlat va jamiyat hayotida muhim о‗zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi. 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitusiyaga о‗zgartish va qо‗shimcha kiritilgan bо‗lib, ―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonunga asosan О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasi 1-qismi (О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iborat)dagi ―150 nafar deputatdan‖ degan sо‗zlar ―deputatlardan‖ degan sо‗z bilan almashtirildi. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 83-moddasiga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali 14 parlament tizimiga о‗tish va 2004 yilda bо‗ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi bо‗lib, 2002 yil 4 aprelda ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari tо‗g‗risida‖gi Konstitusiyaviy Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi ―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonunga muvofiq Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritildi. Konstitusiyaning О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‗ishlangan bо‗lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament – О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‗ishlangan. Kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq Konstitusiyaning 76-moddasida ―О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bо‗lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil‖, degan qoida bilan mustahkamlandi. Konstitusiyaning О‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag‗ishlangan XIX bobiga ham о‗zgartish kiritildi. Kiritilgan о‗zgartishga muvofiq Konstitusiyaning 89-moddasidan ―О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi‖ degan qoida chiqarib tashlandi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga о‗tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti О‗zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23- bandiga kо‗ra esa, amnistiya tо‗g‗risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. Ilgari О‗zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya tо‗g‗risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi. Konstitusiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‗ishlangan XX bobiga kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitusiyaning 98-moddasida ―Vazirlar Mahkamasi tarkibini О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi‖ degan qoida mavjud bо‗lgan bо‗lsa, kiritilgan о‗zgartishga kо‗ra, 98-moddaning ikkinchi qismida ―Vazirlar Mahkamasi tarkibi О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan kо‗rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi‖, degan qoida belgilandi. 15 Shuningdek, Konstitusiyada О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga ―О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bо‗ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‗iga binoan xalqaro munosabatlarda О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish kо‗radi, О‗zbekiston Respublikasi qonunlarida, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi‖, 6-qismiga esa ―О‗zbekiston Respublikasi‖ning Prezidenti ushbu Konstitusiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli‖ degan qoidalar kiritildi. Mazkur kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish‖ vakolati berildi. Konstitusiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi ―О‗zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‗li bilan о‗tkaziladi. О‗zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо‗lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar‖ degan qoida о‗rniga ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi о‗n kunligining birinchi yakshanbasida о‗tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‗li bilan о‗tkaziladi. О‗zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо‗lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar‖, degan qoida kiritildi. Shu moddaning 3-qismi ―О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qо‗shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan sо‗ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yо‗li bilan saylanadilar‖, degan qoida bilan tо‗ldirildi. Shuningdek, Konstitusiyaning 6-bо‗limiga ham о‗zgartish kiritildi. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining dastlabki 127-moddasi ―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartirishlar О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi‖, deb belgilangan edi. Kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalardan sо‗ng mazkur moddada ―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartirishlar tegishincha 16 О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki О‗zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi‖, degan iboralar о‗z ifodasini topdi. Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular zimmasiga Konstitusiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas‘uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq- ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar doirasida cheklash, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007 yil 11 aprelda ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga (89- moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan tuzatishlarga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 89-moddasi ―О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‗idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi‖ degan tahrirda, 93- moddasining 15-bandi ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi‖ degan tahrirda, 102- moddasining 2-qismi ―Viloyat va Toshkent shahar hokimi О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi‖ degan tahrirda bayon etildi. 2008 yil 25 dekabrdagi ―Saylov tо‗g‗risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan О‗zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun bilan О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasining birinchi qismi (О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bо‗yicha kо‗ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat)ga о‗zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga kо‗ra, mazkur moddaning birinchi qismi ―О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat‖, degan tahrirda bayon etildi. О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‗shma majlisidagi ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖ nomli ma‘ruzasida О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining bir qator moddalariga о‗zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida о‗rin olgan. I.Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18 apreldagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida (78, 80, 93, 96, va 98- moddalariga)‖gi Qonunda о‗z ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 17 rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‗i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan iborat. Bu borada О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 78-moddasi birinchi qismining 15-bandiga qо‗shimcha kiritilgan bо‗lib, unga kо‗ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va ta‘sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida о‗zaro bir-birini tiyish va muvozanat saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim о‗rin tutadi. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan normaga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining О‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash tо‗g‗risidagi farmonini tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitusiyamiz 93-moddasining 12-bandidagi ―О‗zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va‖ degan sо‗zlardan keyin ―uning о‗rinbosarlari‖ degan sо‗zlar chiqarilib, ularning о‗rniga ―Hisob palatasi raisini‖ degan sо‗zlar bilan tо‗ldirildi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstitusiyamizning 93-moddasi 8-bandidan ―ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi‖ degan sо‗zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan о‗zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Konstitusiyamizning 89- moddasiga kо‗ra, ―О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‗idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi‖. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig‗i bо‗lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi. Kiritilgan yana bir muhim о‗zgartish О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 93-moddasining 15-bandini ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi‖ degan sо‗zlardan oldin ―О‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan‖ degan sо‗zlar bilan tо‗ldirish borasida. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, davlat boshqaruvini yanada liberallashtirish bо‗yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog‗liq. Qonundan о‗rin olgan normalardan biri О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 93-moddasining 16-bandini О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti ―О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli‖ degan sо‗zlar bilan tо‗ldirishga oid. Kiritilgan mazkur norma davlat boshlig‗i 18 sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan о‗tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan о‗tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining, xо‗jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. Qonunga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 96-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti о‗z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tо‗g‗risida‖gi Qonunga tо‗liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi о‗tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga kо‗ra о‗z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha talqin etishga yо‗l qо‗ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri berildi. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga kiritilgan qо‗shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi konstitusiyaviy qoida joriy etildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini qо‗lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Ushbu qо‗shimchalarning kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega bо‗lib, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi hisoblanadi. Konstitusiyaga kiritilgan yana bir muhim о‗zgartirish О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqining berilishi bilan bog‗liq. Xususan, О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasida belgilanishicha, О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi о‗rtasida doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bо‗yicha Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qо‗shma majlisi muhokamasiga kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bо‗yicha qaror qabul qiladi. Bunda О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‘foga chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, 19 davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi о‗rnini ancha oshiradi. 2011 yil 12 dekabrdagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90- moddasiga tuzatish kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun bilan О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling