2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana12.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1699509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'19.11.2020 ma’ruza matni

qarama-qarshiliklar bо„lgan. Hayotda esa kо„pincha yangilikdan kо„ra eskilik, 
yaxshilikdan kо„ra yomonlik, ezgulikdan kо„ra yovuzlik yashovchan bо„ladi?! Ana 
shu hayotiy falsafadan kelib chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot 
qobig„ida о„ralib qolgan mutelik qarashlarni о„zgartirish oson ish emas edi?! 
Yurt mustaqilligi uchun kurashayotgan yetuk siyosatchidan nihoyatda kuchli 
iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, 
hayotining har daqiqasini e‟tiqod va g„oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy 
darajadagi shaxsiy qatiyat va mustahkam fazilat zarur edi! 
– Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi 
ma‟naviy-ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. О„zbekiston ana shunday 
jarayonni boshidan kechirmoqda. Mustaqillik - yangilik bilan eskilik о„rtasidagi 
jarlikni tо„ldirish, ya‟ni asta-sekinlik bilan odamlar siyosiy ongi va 
dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini shakllantirish demak. 
 Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari 
bilan birga, bir-biriga zid qarashlar va g„oyalarni yengib о„tishi, xalqimiz ongi va 
qalbida beqiyos yangilanishni amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat 
о„zgarishlar - istiqbolga olib keldi. 
Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg„onish hodisasini 
boshidan kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan sо„ng yoxud milliy 
tanazzul iztiroblaridan keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar о„zlarini 
anglay boshlaydilar. Fikriy mudroqlikka chek qо„yadilar. Hayotni, olam rang-
barangligini о„zlashtiradilar. Tafakkur qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. 
Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir. 
Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991 yil 
31 avgust. Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir 
siyosatchi, uzoqni kо‗zlagan bashoratchi, albatta aniq reja va keng kо‗lamli dastur 
- islohotchi sifatida namoyon bо‗lgan, eng muhimi mustabid davrda О‗zbekiston 


22 
SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil qilgan Islom 
Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990 yil 24 
martda birinchi Prezident Islom Karimov О‗zbekiston SSR Oliy Kengashida 
saylangan bо‗lsa, 1991 yil 29 dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat 
saylovlari asosida juda kо‗p ovoz olib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident 
lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos soldi.
О‗zbek davlatchiligi qachon paydo bо‗lgan? degan savolga Yо‗lboshchimiz 
shunday javob beradi: ―Nima emish, О‗zbekiston XX asrning 20-yillarida, 
aniqrog‗i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz 
kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan о‗zbek davlatchiligi boshida 
turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bо‗lsa, bu ish uchun jonimni, 
borlig‗imni berishga tayyorman‖(
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q. - T.: Sharq. 
1998. 11-b.
).
Har bir jamiyat о‗zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil 
bо‗lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga 
keltirishi zarur! Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, 
umume‘tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi 
demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat 
bо‗lib, Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bо‗lsa, bizda ham 
shunday bо‗lishi kerak, deb anglashimiz notо‗g‗ri?! YA‘ni, uni vujudga 
keltiradigan, shakllantiradigan о‗ziga xos xususiyatlariga ega bо‗lgan ijtimoiy-
iqtisodiy, ma‘naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, geostrategik shart-
sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini 
boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. 
Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik 
jarayonlarini belgilaydi. 
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari О‗zbekistonning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. 
I.Karimovning ta‘kidlashicha, «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, 
keng ufqlarini ochdi. О‗z kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilan yaratadigan bо‗ldik. 
Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni 
umume‘tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy 
imkoniyatga ega bо‗ldik», degan purma‘no fikrlari milliy davlatchilikning 
rivojlanish muammolarini belgilaydi. Chunonchi: 
a) siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma‟naviy rivojlanishning demokratik obyektiv 
jihatlari davlat bosh islohotchi sifatidagi jarayonning о„ziga xos va о„ziga mos 
xususiyatlari bilan uyg„unlashgan holda sodir bо„lmoqda. G„arb mamlakatlarida 
esa rivojlanishda inqilobiy о„zgarishlar kо„p uchraydi. Bizning xalqimiz esa 
mulohazakor, yetti о„lchab bir kes, qabilida ish tutadi. YA‟ni, bu xalqimiz 
mentalitetidan kelib chiqadi; 
b) xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga kо„ra yangilik va xо„jalik 
yuritishga ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xо„jalik yuritishi, 
ayniqsa, savdoning hozirgi jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak 


23 
yо„li gullab-yashnashining о„zagi bо„ldi. Bu esa davlatimiz taraqqiyotida о„ziga 
xoslikni vujudga keltirmoqda; 
v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar 
ekan, bu, albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. 
YA‟ni, uzoq yillar davomida tо„plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari 
xalqimizning milliy intellektini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur; 
g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida 
rivojlanmoqda. G„arb davlatlaridagi demokratiyadan farqli о„laroq, bizda jamoa 
о„z о„zini boshqaradi. Oila yoki jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug„ bо„lsa, 
о„shaning fikri boshqalarga kо„proq ta‟sir qiladi. Mahalla va qishloqlarda 
oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bо„lib, biror tо„xtamga kelishda 
ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos ravishda 
davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qо„rquv yoki 
qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obrо„li kishilarga bо„lgan 
ishonch va hurmatdir. 
Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur‘oni Karimda ham raiyat
1
uchun rahbarlar 
fikri farzdir, ya‘ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda 
an‘anaviylik va zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning 
rahbari xalqini chin dildan e‘zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak 
taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident 
Islom Karimov ta‘limotining noyobligini kо‗ramiz. I.Karimov mahallalarga davlat 
tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yо‗lidagi imkoniyatlardan 
foydalanishning taktik va strategik yо‗llarini belgilab berdi. YA‘ni: 
1. О„zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy 
jihatdan chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy 
muvozanat yaratish zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, 
jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda. Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta. 
2. Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning 
demokratik taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida 
tayyorlash murakkab hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, 
mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish «azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok 
yо„rig„i bilan kun kо„rish «mashaqqati»ni yengish uchun insonga ichki iroda, 
yangilanish g„oyasi, qat‟iyatli ong va tafakkur, ma‟naviy-huquqiy qudrat kerak. 
Ana shu Iroda va Qudratni uyg„otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish 
bugunning asosiy vazifasidir.
Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay 
ijobiy tomonga о‗zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun 
ustuvorligi ta‘minlanmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy 
bо‗lishini ta‘minlashda huquqiy davlat asosi - hokimiyatlar bо‗linishining 
konstitusiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga ega. Chunki, davlat hokimiyati turli 
organlarning vakolatlari bо‗linishiga nisbatan inson huquqlarining institusional 
kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga kо‗ra: ―О„zbekiston 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling