2 modul transport jarayoni asoslari reja
Transport ishining asosiy ko`rsatkichlari
Download 18.83 Kb.
|
2- maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik tezlik
2.3.Transport ishining asosiy ko`rsatkichlari.
Transport korxonalari ishini rejalashtirish, ish hajmi va sifatini hisoblab borish va tahlil qilish transport faoliyatini boshqarishning muhim muammolaridan bo`lib, bular asosiy ko`rsatkichlar majmui yordamida amalga oshiriladi. Har qanday transport turining asosiy ish ko`rsatkichi tashilgan yuk hajmi yoki yo`lovchilar soni va bajariladigan yuk yoki yo`lovchilar aylanishidir. Barcha transport turlarining ish ko`rsatkichlari qatoriga yuk yoki yo`lovchilarni tashishda, ularni manzilga ytkazib borish tezligi kiradi. Yuk tashish tezligi – yuk massasi yoki yo`lovchilarni jo`natish joyidan yetkazib borish manziligacha bo`lgan to`xtashlarni hisobga olgan holdagi o`rtacha xarakat tezligidir. Agar temir yo`l transportidagi yuk tashish tezligi 100 foiz deb qabul qilinsa, transportning boshqa turlaridagi tezlik quydagicha bo`ladi: havo transportida 150-300 foiz, uzoq manzillarga avtomobillarda yuk tashishda -180-200 foiz, daryo transportida -60-70 foiz, quvur orqali yuborish transportida -40-50 foizdir. Texnik tezlik – transport vositalarining harakat vaqtidagi o`rtacha tezligidir. Texnik tezlik tashish masofasini o`rtacha harakat vaqtiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Ekspluatatsion tezlik - transport vositalarining yo`lda hamda boshlang’ich va so`ngi joylarida to`xtashini ham hisobga olgan holdagi harakat tezligidir. Temir yo`l transportida ekspluatatsion tezlik o`rnida uchastka tezligi termini ishlatiladi. Transport vositalarining yo`ldagi oralik bekatlarda yo`lovchilarni tushirish-chiqarish vaqtida to`xtashini hisobga olgan holdagi tezligi yo`lovchilarning manzilga etib borish yoki aloqa tezligi deyiladi va u yo`lovchilar yo`lda bo`lgan vaqtini belgilaydi. Bunday tezlikning o`rtacha miqdori 2.3.1- jadvalda berilgan. Uzoq masofalarga qatnashda yo`lovchilarning manzilga etib borish tezliklari aeroport va vokzallarga kelish, engil avtomobillar va avtobuslar tunda dam olib borishini hisobga olgan holda transport vositalari texnik tezlik ko`rsatkichlariga nisbatan ancha kichikdir. Marshrut tezligi temir yo`l transportiga xos bo`lib, bunda poe zd sostavlarini tuzish vaqtidan to ularni ajratishgacha bo`lgan vaqtga to`g’ri keluvchi harakat tezligi tushiniladi. Ba’zi bir hollarda transport birligining marshrut tezligi va yuklarni tashish tezligi miqdor jihatidan teng bo`lishi mumkin. 2.1. Jadval Yo`lovchilarning manzilga etib borish tezliklarining o`rtacha miqdori
Download 18.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling