2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari Xo‘jalik yurituvchi subektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi
Download 167.71 Kb.
|
Xo\'jalik yurutuvchi subektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy kо‘rinishi
K = K : K ,
Bu yerda: K – moliyaviy faollik koyeffitsiyenti yoki moliyaviy leverij; K – qarziy kapital; K – о‘zlik kapitali. Bu kо‘rsatkich kо‘pchilik hollarda moliyaviy richag (dastak) kо‘rsatkichi deb ham yuritiladi va bunda qо‘shimcha qarz kapitalini jalb qilishning richagi (dastagi) bо‘lib, kompaniyaning о‘zlik ka-pitali maydonga chiqayotganligi nazarda tutiladi. Bank ssudalari va kreditorlik qarzlari kо‘rinishlarida jalb qilingan qarz kapitalidan foydalanish ular jalb qilingunga qadar yerishilgan rentabellik darajasidan kо‘ra yuqoriroq bо‘lgan rentabellik dara-jasiga yerishishni ta’minlasagina samarali bо‘lishi mumkin. Bu, о‘z navbatida, XYUSdan qarz mablag‘larini yanada samaraliroq foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqish-ni talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki mo-liyaviy richag (dastak) samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabel-likning yangi darajasi XYUS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining foizini va qaytarilish muddati о‘tkazib yubo-rilgan kreditorlik qarzlari uchun tо‘lovlarni tо‘lashni yetarli darajada (hatto ancha oshgan holda) qoplashi kerak. Qarziy mablag‘-lardan foydalanish XYUSning maksimal qо‘shimcha foyda olishini ta’minlamog‘i lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy kо‘rinishi quyidagi chizmada keltirilgan: Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy kо‘rinishi Biznesni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida kapitalni tо‘ldirishning barcha manbalaridan (kredit-lar va kreditorlik qarzlaridan) maksimal foydalanishga moliya-viy faoliyatni yо‘naltiribgina qolmasdan, moliyaviy menejment makrodarajada ham moliyaning asosiy – kompaniyaning barcha xо‘ja-lik-ishlab chiqarish faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlash – funksiyasini aniq bajarishi ham kerak. Agar ana shu prinsip amalga oshirilsa va moliyaviy xizmat hisob-kitob hisobvarag‘iga pullarning doimiy ravishda tushib turishini ta’minlasa, tо‘lash muddati kelgan talabnomalar bо‘yicha tо‘lovlarni о‘z vaqtida amalga oshirsa, tо‘lovlarning uzoq muddatli uzaytirilishiga yо‘l qо‘yma-sa, bu XYUSning mustahkam moliyaviy holati va sog‘lom tо‘lovga qobilligining asosiy belgisidir. XYUSning tо‘lov qobiliyati darajasini oshirish uchun debi-torlik qarzlarini qisqartirish, moliyaviy resurslarning aylani-shini tezlashtirish, ta’sirchan marketing strategiyasi va baho siyo-satidan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xa-rajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda yangi texnologiyalar va boshqaruvning innovatsion tizimlarini joriy yetish bо‘yicha choralarning kompleks tizimi ishlab chiqilishi kerak. Tо‘lovga qobillik koyeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Download 167.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling