2. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]


Download 86.56 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi86.56 Kb.
#222434
  1   2   3   4
Bog'liq
470 10.08.2020




[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan bo‘shagan fuqarolar va ular oila a’zolariga beriladigan imtiyozlar;

2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;

2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 16-iyundagi PQ-4753-son qarori)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 16-iyundagi PQ-4753-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2020-yil 10-avgust,

470-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-son qaroriga


ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 23-son, 271-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomda:



a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursantlarni bakalavriatga qabul qilishning umumiy qabul sonidan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;

b) 471-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“471. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy ta’lim muassasalariga kvota asosida o‘qishga kirish huquqiga ega;

harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan ofitsyerlar, kontrakt bo‘yicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy ta’lim muassasalariga belgilangan qabul kvotasidan tashqari tanlovsiz o‘qishga kirish huquqiga ega”.

2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomda:

a) 3-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball to‘plagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi”;

b) 104 va 105-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“104. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadilar.

105. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining farzandlari uchun ikki foizi miqdorida davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga talabalikka qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorida:

a) qarorga 1-ilovada:

2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi ta’lim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;

49-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:

“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini ajratilgan (besh va ikki foizli) kvotalar doirasida Akademiyaga kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilishda vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari asosida o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”;

b) qarorga 2-ilovada:

2-band quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Akademiyaga sirtqi ta’lim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;

35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:

“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini ajratilgan (besh va ikki foizli) kvotalar doirasida Akademiyaga sirtqi ta’lim shakliga qabul qilishda vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari asosida o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 27-son, 620-modda):

a) qaror nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;

b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;

v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;

g) 2-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchilarga” so‘zlaridan keyin “va Milliy gvardiya xodimlariga” so‘zlari qo‘shilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitsyerlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi”.

d) qarorga ilovada:

Nizom nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida nizom”;

1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga va oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi”;

2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:

mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan xaqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchilar deb ataladi) va Milliy gvardiya xodimlariga — ularning farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklda;

harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga — mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklda”;

4-banddagi “harbiy xizmatchilarning” so‘zlaridan keyin “va Milliy gvardiya xodimlarining” so‘zlari qo‘shilsin;

6-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchilar” so‘zlaridan keyin “va Milliy gvardiya xodimlari” so‘zlari qo‘shilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ro‘yxatlari”;

7-bandda:

“a” kichik bandning:

birinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchiga” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimiga)” so‘zlari qo‘shilsin;

oltinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” so‘zlari qo‘shilsin;

“b” kichik bandning:

birinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchiga” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimiga)” so‘zlari qo‘shilsin;

uchinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” so‘zlari qo‘shilsin, “harbiy xizmat vazifalarini” so‘zlari “harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchining” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimining)” so‘zlari qo‘shilsin;

beshinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” so‘zlari qo‘shilsin;

“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):

vazirlik (idora) xududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;

tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi haqidagi ma’lumotnoma;

yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar bo‘yicha harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazadigan muassasaning xulosasi;

harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.

Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi”;

9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalari harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha ko‘rib chiqadi. Bunda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida e’tibor qaratiladi”;

10-banddagi “harbiy xizmatchilarning” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimlarining)” so‘zlari qo‘shilsin;

11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11. O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan tartibda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) farzandlarining ro‘yxatlarini har yili 1-maygacha mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda yuboradilar”;

e) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI



”;

j) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


2-ILOVA

TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI



”;

z) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish

SXEMASI


Download 86.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling