2. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
T/r Abituriyentning (nomzodning) familiyasi, ismi, otasining ismi
Download 86.56 Kb.
|
470 10.08.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limning rejalashtirilayotgan yo‘nalishi Tavsiyanoma raqami Izoh
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 645-modda) bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Universitetga talabalarning bakalavriatga qabul qilishning umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”; b) 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar”; v) quyidagi mazmundagi 463 va 464-bandlar qo‘shilsin: “463. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar. 464. Ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini, shuningdek, ikki foizli kvota chegarasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi”. 6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlari va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Institut bakalavriatiga kursantlar qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”; b) 61-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitsyerlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar”. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son) Download 86.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling