1. Vazirlik (idora) rahbarining tavsiyanoma berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi buyrug‘ini chiqarish.
2. Komissiya quyidagilarni ko‘rib chiqadi:
harbiy xizmatchi va xodimlar farzandlarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi tavsiyalar bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli K�chlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ro‘yxatlari.
|