2. Mukammal va nomukammal raqobat Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti
Raqobatbardoshlik — bu raqobatga chidamli bo’lish, unda g’olib kelish qobiliyatiga ega bo’lishidir
Download 166 Kb.
|
Makroiqtisodiyot kurs ishi.edited (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobatbardosh tovar — bu o’z sifati, narxi va sotilish shart-sharoitiga binoan xaridorlarga ma’qul bo’lganidan bozor ko’taradigan tovardir.
Raqobatbardoshlik — bu raqobatga chidamli bo’lish, unda g’olib kelish qobiliyatiga ega bo’lishidir.
Bu uch narsa bilan belgilanadi: Muayyan tovarning raqobatbardoshligi; Firmaning raqobatbardoshligi; Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi; Tovarlarning raqobatga chidamli bo’lishi firma g’alabasining asosiy sharti hisoblanadi. Firmaning raqobatbardoshligini uning tovarining sifati va narxi jihatidan bozorbop bo’lishi belgilaydi. Shu bois, firma strategiyasida raqobatbardsoh tovarlarni chiqarib bozorni egallashga alohida e’tibor beriladi. Raqobatbardosh tovar — bu o’z sifati, narxi va sotilish shart-sharoitiga binoan xaridorlarga ma’qul bo’lganidan bozor ko’taradigan tovardir. Raqobatbardoshlik tovar qadr-qiymati yuqori bo’lishini bildiradi, ya’ni uning narxi va sifatining mosligi talab qiladi. Shu moslik mavjud bo’lganda tovarni xaridor afzal ko’radi, u tez sotiladi. Natijada, uni ishlab chiqaruvchi bellashuvdan yutib chiqadi. Raqobatbardoshlikning ikki jihati bor, bular milliy bozordagi raqobatbardoshlik va jahon bozoridagi raqobatbardoshlikdir. Jahon bozorida dunyoning saralagan firmalari bellashganidan bu yerda tovarning raqobatbardoshligi talablari milliy bozordagidan yuqori bo’ladi. Firma oldida erkin iqtisodiy tanlov bo’lganidan u raqobatlashuv o’rniga til biriktirishi ham mumkin. Biroq bu qonun yo’li bilan man etiladi. Biroq firma yashirin kelishuv yo’lidan borishi mumkin, lekin firmalar bir-biridan doimo hadiksiraydilar va raqobatga borishlari ham turgan gap. Xullas firmalar o’z strategiyasida raqobat qilish yoki kelishuvni tanlaydilar. Firmaning strategiyasida raqobatlashuv afzal ko’rilganda uning turli usullari sharoitga qarab har xil kombinatsiyada qo’llaniladi. Narx bilan raqobatlashuv ko’zda tutilganda uni qachon va qanday tarzda o’zgartirib borish belgilab olinadi. Shuningdek, xaridorlar qurbiga, tovarlarni ular uchun o’ta zarur bo’lishi yoki bo’lmasligiga qarab narxlar bir-biridan farqlantiriladi, chunki xaridor narxni yaxshi qabul qilsa tovarlarning sotilish hajmi ortadi, binobarin foyda maksimumlashadi. Sifat bilan raqobatlashuvga ustuvorlik berilganda, o’z tovarini o’zgalarnikidan nima jihatidan ajralib turishiga e’tibor qaratiladi. Masalan, avtomobillar bozorida firmalar quyidagi sifat parametrlariga e’tibor beradilar: dizayn, tezlik comfort, yoqilg’ining tejalishi, ekologik toza bo’lishi, uzoq vaqt ta’mirsiz xizmat qilishi, chidamliligi va hokazolar. Servis bilan raqobatlashganda uning sotiladigan tovar iste’moli bilan bog’liq bo’lishi yoki bo’lmasligi, bu qancha turishi va sotish hajmining ortishi hisobidan o’zini naaqadar oqlay olishi inobatga olinadi. Raqobat strategiyasida reklamaga katta e’tibor beriladi, chunki bu xaridorga ta’sir etishning samarali usuli hisoblanadi. Odatda tovarlarning sotilish hajmi reklama sarfiga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi, ya’ni reklama sarfi oshgan sari sotilish hajmi ko’payadi. Biroq buning uchun reklama samarali bo’lishi talab qilinadi. Odatda reklamaning turli usullari birgalikda qo’llaniladi. Raqobat strategiyasida firma ishlaydigan bozorning xarakteri hisobga olinadi. Bunda bozorning mukammal yoki nomukammal bo’lishi, uning doimiyligi yoki mavsumiyligi, bozorning qaysi segmentga mansubligi, bozorning hajmi kabilar nazarda tutiladi, chunki shunga qarab tanlangan kurash usuli raqobatda g’olib chiqish imkonini beradi. Raqobat strategiyasida mavjud iqtisodiy siyosatga moslasha bilish ham ahamiyatga ega bo’ladi, chunki buning uddasidan chiqqan firmaning qo’li baland keladi. Firmalar o’z raqiblarining ko’payishidan manfaatdor bo’lmaydilar, shu bois ular iloji boricha o’z bozoriga o’zgalarni kiritmaslik choralarini qo’llaydilar. Ayniqsa bu nomukammal raqobatli bozorga xos bo’ladi. Bu yerdagi firmalar monopol mavqeni saqlab qolish uchun faoliyat turiga ruxsat beruvchi litsenziyalarni sotib oladilar, natijada boshqalar bu faoliyat bilan shug’ullana olmaydilar yoki tabiiy resurslarni tag-tugi bilan sotib oladilar, natijada o’zgalar bundan foydalana olmaydilar. Ular ilmiy-texnikaviy yangiliklarni monopollashtirib, boshqalarni bulardan mahrum etadilar. Biroq bozorga kirish yo’lida firmalar hosil qilgan to’siqlar uni tamomila yopib qo’ya olmaydi. Chunki “zo’rni zo’r yenga oladi”, degan qoida monopol bozorda ham amal qiladi. Yirik firmalar borki, bular to’siqlarni yengib bozorga kira oladilar. Shuni nazarda tutib bozorda ilgaridan ishlab kelgan firmalar raqiblar bozorga kirib kelganda nima qilishlarini belgilab oladilar. O’z navbatida yangi firmalar eski firmalar qarshiligini qanday bartaraf etish choralarini qo’llaydilar. Xullas firmalarning raqobat strategiyasida bozor uchun kurashning to’xtovsiz borishi, uning ishtirokchilari doirasining yangilanib turishi, bellashuv usullarining turlicha bo’lishi va ulardan eng maqbulini tanlab olish zarurligi hisobga olinadi. Raqobat iqtisodiyotni harakatga keltirib uning rivojlanishini ta’minlashi uchun yetarli raqobatchilik muhiti talab qilinadi. Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling