Sof monopoliya, degani ishlab chiqarish va tovarlar taklifini yagona, ya’ni hech bir raqibi yo’q kompaniya qo’lida bo’lishini bildiradi.
Bu yerda ishlab chiqarish tarmog’i bitta kompaniyadan iborat bo’ladi. U ishlab chiqaradigan mahsulot g’oyat noyob bo’lib, uning yaqin o’rinbosarlari bo’lmaydi. Xaridor oldida tovarni monopolist aytgan narxda sotib olishdan boshqa yo’l yo’q. Sof monopoliya bor tarmoqqa boshqa firmalarning kirish yo’li to’sib tashlangan. Bu to’siqlarga g’oyat katta kapitalning kerakligi, tabiiy resusrlarning egallab olinganligi, patent, litsenziyalarni ruxsatlar olish mumkin bo’lmasligi kabilar kiradi. Sof monopoliya o’zi chiqaradigan tovar bozorida raqobatga yo’l bermaydi.
Ammo, u moddiy resurslarni qulay narxda xarid etish, malakali ish kuchini jalb etish, texnik yangiliklarni kiritish borasida boshqalar bilan raqobatda bo’ladi.
Sof monopoliyalar bor joyda ularning bozor ustidan hokimiyati o’rnatiladi, ya’ni ular bozor narxini o’zlari belgilaydilar, narx raqobat vositasi bo’lmay qoladi.
Monopol hokimiyatni 3 narsa yuzaga keltiradi:
Bozor talabining o’zgaruvchanligi. Talab oshganda ishlab chiqarishning asosiy qismini tutib turuvchi firma shunga mos ravishda taklifni oshirmay, buning o’rniga narxni oshiradi;
Bozordagi firmalar soni. Firmalar qancha ko’p bo’lsa, shunchalik ulardan birining narxga ta’sir eta olishi, ya’ni monopol hokimiyati kam bo’ladi. Agar firmalar soni qanchalik kam bo’lsa, ulardan birining monopol hokimiyatga ega bo’lish ehtimoli shunchalik ortadi. Bordi-yu bozorda 12 ta firma bo’lib, shulardan 3 tasi 75% tovarni taklif etsa, shular hokimiyati o’rnatiladi, qolgan 9 ta firma qo’lida 25% taklif bo’lganidan, ular hokimiyati yo’q. Bozordagi taklifning bir necha firma qo’lida to’planishi bozor konsentratsiyasi deyiladi. Konsentratsiya qanchalik kuchli bo’lsa, bozor hokimiyati ham shunchalik kuchli bo’ladi, raqobat esa cheklanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |