2. Mukammal va nomukammal raqobat Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti


Agar raqobatchi firmaning olgan daromadi uning o’zgaruvchan xarajatlarini qoplashga yetmay qolsa, u o’z faoliyatini vaqtincha to’xtatadi


Download 166 Kb.
bet7/15
Sana05.01.2023
Hajmi166 Kb.
#1079811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Makroiqtisodiyot kurs ishi.edited (1)

Agar raqobatchi firmaning olgan daromadi uning o’zgaruvchan xarajatlarini qoplashga yetmay qolsa, u o’z faoliyatini vaqtincha to’xtatadi.
Narxlar ko’tarilib daromad xarajatdan oshguncha firma buni kutadi yoki ishlab chiqarishni qisqartirib hech bo’lmaganda o’zgaruvchan xarajatlarni qoplashga harakat qiladi. Doimiy xarajatlarga kelsak, ular hech bir qoplanmaydigan xarajatga aylanadi, chunki ular stadioni xarajati tomoshabinlar soniga qarab o’zgarmaydi. Tomonshabinlar oz yoki ko’p bo’lsa, hatto hech kim kelmasa ham doimiy xarajat saqlanadi. Firma faoliyati vaqtincha to’xtatilganda, doimiy xarajatlar tamomila yo’qotilgan xarajatga yoki zararga aylanadi.
Raqobat sharoitida firma bozorni butunlay tark etishi mumkin, bunda u ham doimiy, ham o’zgaruvchan xarajatlardan qutuladi, chunki bor-yo’g’ini sotib yuboradi.
Erkin raqobatda bir firma bozordan chiqib ketsa, boshqasi kirib keladi, buni firmalarning yopilishi va yangidan ochilib turishidan ko’rish mumkin. Masalan, AQSHda yiliga 600-700 ming firma yopilsa, shunchasi ochilib turadi. Yangi firmalar raqobatli bozorga kirib kelishlari uchun daromad o’rtacha xarajatdan ortiq bo’lishi kerak. Firmalar qanchalik bozorga ko’proq kirib kelsalar, shunchalik raqobat doirasi kengayadi. Bu iste’molchilar uchun qo’l keladi, chunki ular o’ziga ma’qul narxda tovarlardan keragini tanlab olish imkoni kengayadi.
Bozor iqtisodiyotidagi nomukammal raqobat bu yerda monopliyalarning mavjudligidan kelib chiqadi.
Nomukammal raqobat – bu monopoliyalar bozorida ozchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning cheklangan tarzda va xilma-xil usullar bilan yuz beradigan raqobatidir.
Monopoliyalar bozori erkin bozor emas, chunki bu yerda ozchilik yirik firmalar tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning asosiy qismini o’z qo’lida to’plab olib bozorda hukmronlik qiladilar. Ularning raqobati nomukammal hisoblanadi, chunki u ma’lum darajada cheklangan bo’ladi. Nomukammal raqobat monopolistic raqobat, oligopoliya, sof monopoliya va monopsoniya sharoitidagi raqobatlarga bo’linadi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling