2. Mukammal va nomukammal raqobat Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti
Download 166 Kb.
|
Makroiqtisodiyot kurs ishi.edited (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) erkin raqobatga asoslangan bozor; 2) monopolistic raqobatga asoslangan bozor; 3) oligopolistic bozor; 4) sof monopoliyaga asoslangan bozor.
- Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko’pchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonun-qoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatdir.
Raqobatning g’irrom usullari ham borki, bunga sanoat josusligi, ya’ni raqibining yangiliklarini, “nou-hau” lari va boshqa sirlarini o’g’irlash; raqibini hom-ashyo bozorlaridan, transportdan mahrum etish, raqib firmasida qo’poruvchilikni uyushtirish, ommaviy axborot vositalarida raqibi tovarlarining obro’sini tushirish uchun foydalanish, reketni ishga solish, josuslik, tuxmat, tovar belgisini o’g’irlash, qotillik kabi usullar qo’llanilib, raqibining obro’sizlantirish choralari ko’riladi.
Bu usullar albatta madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga xos emasligi tufayli man etiladi va uni qo’llaganlar o’z obro’sini (imidjini) yo’qotadilar va qonun oldida o’z qilmishlari uchun javob beradilar, jazolanadilar. Bozordagi vaziyat: firmalar soni, mahsulot turlari, narxlar nazorati, turli soxalarning monopollashuv darajasi, narxning shakllanishi, axborot olish imkoniyatiga qarab bozor 4 modelga bo’linadi. 1) erkin raqobatga asoslangan bozor; 2) monopolistic raqobatga asoslangan bozor; 3) oligopolistic bozor; 4) sof monopoliyaga asoslangan bozor. 2.Mukammal va nomukammal raqobat. Raqobat, unda ishtirok etuvchilar soni, mavqeyi, iqtisodiyotga ta’siri, kurash usullariga binoan turlanadi. Bozor tizimida ikki xil raqobat bo’lib, bular mukammal va nomukammal raqobatdir. Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko’pchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonun-qoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatdir. Bu tabiatan sof raqobat hisoblanadi, chunki hech bir cheklanishlarsiz yuz beradi, unda ixtiyoriy ravishda mutlaqo mustaqil ish ko’rayotgan sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi. Uning 3 ta asosiy belgisi bor: Raqobatlashuvchilar ozchilik emas, balki ko’pchilik bo’ladi. Masalan, dehqon bozorida xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko’p, ular bir-birini erkin tanlaydi. Raqobatlashuvchilar bir turdagi tovarni bozorga taklif etadilar, shu bois ular xaridor uchun kurashadilar. Masalan, non bozorida sotuvchilar faqat nonni taklif etadilar, ularning xaridori ham bir xil, shu sababli nonni turli xaridorga ko’proq sotish uchun kurashadilar. Raqobatda qatnashish ixtiyoriy, chunki bozorga o’z tovari bilan xohlagan vaqtda kirib kelish va chiqib ketish mumkin. Masalan, do’kon ochib, boshqa do’kondorlar bilan raqobat qilish uchun davlatdan ruxsat olinsa bas, chunki boshqa hech kim unga to’sqinlik qilmaydi. Ayni paytda do’konni yopib bozordan chiqib ketish va boshqa ish bilan shug’ullanish ham mumkin. Bozorga bir xil mahsulot taklif etilganidan xaridorlar mahsulotlarni bozorda bir xil qabul qiladilar. Tovarlar bir xil ekan, mahsulot sifatini farqlantirib, reklama o’tkazib, sotishdagi imtiyozlarni qo’llab, narxsiz raqobat yo’lidan borib bo’lmaydi. Mukammal raqobatli bozorda narx talab va taklif asosida shakllanadi, sotuvchilardan har birining bozorga chiqqan tovardagi ulushi kam bo’lgani uchun, ular bozor narxiga ta’sir ko’rsata olmaydilar. Xaridorlar ham ko’p bo’lganidan ulardan har birining xaridi sotilayotgan tovarlar summasining g’oyat oz qismini tashkil etadi, shu bois alohida olingan xaridor bozor narxiga ta’sir eta olmaydi, balki amalda shakllangan narx bilan xarid etadi. Masalan, sut bozoriga qishloqdan 150 ta sutchi keldi. Har birining qo’lida o’rtacha 12 litr suti bor, xolos. Demak, har bir sutchining sut taklifidagi hissasi atigi 0.7%. Bozorga 1000 ta xaridor kelsa, har birining o’rtacha xaridi 1.8 litr yoki jami talabning faqat 0.01% ini tashkil etadi. Shunday sharoitda sotuvchilar bir litr sutni 2300 so’mdan sotishni mo’ljallagan bo’lsalar, xaridorlar uni 2000 so’mdan olmoqchi bo’ladilar. Amalda sut 2100 so’mdan sotilad. Natijada sotuvchining ham, xaridorning ham aytgani bo’lmaydi. Ammo, sutni 2050 so’mdan taklif etganlar, uni ko’p sotib yutib chiqadilar, uni 2200 so’m deganlar kam sotib yutqazadilar. Mukammal raqobat iqtisodiy yutuqdan ham ishlab chiqaruvchini, ham iste’molchini bahramand qiladi. Ishlab chiqaruvchi yutug’ini u mo’ljallagan narx bilan tovarning amalda sotib olingan narxi o’rtasidagi farq tashkil etadi. Erkin raqobat bor joydagi amaliy narx xaridor narxi bilan sotuvchi narxi oralig’ida bo’ladi, bu esa ikki tomon manfaati uyg’unlashuvi natijasi hisoblanadi. Erkin raqobat birovga tegadigan yutuqni birov olishiga yo’l bermaydi. Raqobatli bozorda ishlab chiqaruvchilar muayyan resurslar sharoitida ulardan maksimal miqdorda tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishini ta’minlashga moyil bo’ladilar. Bunday moyillik umumiy yo’nalishni bildiradi, chunki iqtisodiyot hech qachon tamomila mukammal bo’lmaydi. Mukammal raqobatda qatnashuvchi firmalar o’z foydasini maksimumlashtirishga intiladi. Biroq foydani oshirish uchun firma mavjud narxni nazarda tutib bozorga shunday miqdorda (Q) tovarni chiqarishni kerakki, uni bozor ma’qul topishi zarur. Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling