2. Mukammal va nomukammal raqobat Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti


Download 166 Kb.
bet4/15
Sana05.01.2023
Hajmi166 Kb.
#1079811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Makroiqtisodiyot kurs ishi.edited (1)

Narx orqali raqobatlashuv – narxni o’zgartirish hisobiga xaridorni o’ziga jalb etish va shu yo’l bilan raqibini bozordan siqib chiqarishni bildiradi. Narx bilan raqobatda tovarlar boshqalarnikidan arzonroq narxda sotiladi, bunda albatta bir tovarni sotishdan tushgan pul miqdori kamayadi, ammo narx arzonligi tufayli sotish hajmi ortadi, natijada yalpi pul tushumi ko’payadi. Biroq narxni har doim cheksiz tushirib bo’lmaydi. Shu sababli ishlab chiqarish va sotishdagi xarajatlarni qisqartirish tufayli narxlar arzonlashtiriladi. Yana ayrim vaqtlarda puldorlar qatnashadigan bozorlarda narxni oshirish usulidan ham foydalaniladi. Chunki puldorlar pulning betiga qaramay, zarur, kerakli tovarni xarid qiladilar, chunki ularga tovarni narxidan ko’ra, obro’ talab tovarga ega bo’lish muhim hisoblanadi. Obro’ talab tovarlar bozorida narxni bilish tovar sifatining yuqoriligi deb qabul qilinadi.
Narxsiz raqobat esa – raqobat kurashining asosi tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmati ko’rsatish, kreditga sotish, uzoq muddatli foydalaniladigan o’z tovarlariga kafolatlaydigan keying xizmat ko’rsatish, tovarlarni o’rnatib berish, ulardan foydalanishga o’rgatish, texnikaviy xizmatlar ko’rsatish bilan amalga oshiriladi. Qo’shimcha servis (xizmat) ko’rsatish, ya’ni firmalar tomonidan xaridorga bepul yoki imtiyozli xizmat ko’rsatiladi, tovarlarni xaridorga uyiga yetkazib beradilar, tovarlarni sozlab, hatto sug’urtalab beradilar. Firmalar o’z tovarlarning iste’molchiga aloqasi yo’q xizmatlarni ham ko’rsatadilar.

Firmalar reklama vositasida ham raqobatlashib, o’z tovarlarining afzalliklarini xaridorga yetkazish uchun reklamadan foydalanadilar.Reklama uchun pulni ayamaydilar. Chunki bu raqobatda yutib chiqish imknonini beradi. Rivojlangan mamlakatlarda firmalar reklama uchun kattagina hajmda mablag’ sarflaydilar.


Narxsiz raqobatda marketing xizmati muhim o’rin tutadi. U tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonini bozor talabiga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyotida talabni yaxshi o’rgangan va xaridorlar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan firmalar raqobat kurashida yutib chiqadi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling