2 mundarija
Mavzu: Qurilish keramik buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
24. Mavzu: Qurilish keramik buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi.
Cherepitsiya ishlab chiqarish. Cherepista ta’rifi. Yuqori plastik xususiyatlarga ega bo’lgan yoki bir tarkibli va kam kirishadigan gillarga kam miqdorda cherepista sinig’i yoki kvarst qumi qo’shish yo’li bilan tayyorlangan press loyini qoliplarga quyish va kuydirish yo’li bilan olinadigan to’g’ri burchakli sopol tuzilishli plitka yoki nov (paz) lar ko’rinishidagi qurilish materiali gil cherepistasi deb ataladi. Cherepista plastik loydan tayyorlanadi. G’isht kuyishdagi singari, cherepista loyi ham qolipga quyishdan oldin yaxshilab ezib pishitiladi. Shunda uning tabiiy strukturasi o’zgaradi, mayinligi va plastikligi ortadi hamda suvning massa bo’yicha bir xilda tarqalishiga erishiladi. Cherepistadagi novlarning chuqurligi kamida 5 mm, turumlarining uzunligi esa shtampovkalangan cherepistada kamida 10 mm va tasmasimon cherepistada esa kamida 20 mm gacha bo’lishi zarur. Cherepista ishlab chiqarish texnologiyasi. Gil cherepista ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar qatoriga kiradi: 1. Xom ashyolarni tanlash - gil va kengayuchan moddalar turi va o’zaro nisbati aniqlanadi; 2. Xom-ashyolarga dastlabki ishlov berish - donalash, unlash, elash va boshqa kerakli jarayonlar. Bu jarayonlar ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: a) tuproqni xo’l usul bilan tayyorlash (tuproqni qazib olish, burtda nam holatida saqlash, begunda xo’l usulda maydalash va hokazo; b) gilni quruq usulda tayyorlash - tuproqni qazib olish, uni qirindilagichda kesish, quritish barabanida quritish va hokazo; 3. Massa tayyorlash va uni etiltirish; 4. Vakuum-press yoki boshqa jihozdan massani o’tkazish; 5. Kesuvchi apparat yordamida kerakli o’lchamdagi buyumni hosil qilish; 6. Quritish; 7. Kuydirish va hokazo. Quyida keltirilgan 11-rasmda yiliga 1,7-3 mln dona cherepista ishlab chiqaruvchi stexning texnologik sxemasi beriladi. 140 11 Rasm. Cherepista ishlab chiqaruvchi stexning texnologik tizimi. 1-maydalagich; 2-kengayuvchan modda (shamot, qum, chiqindi) bunkeri; 3- elevator; 4-elash jihozi; 5-maydalangan kengayuvchan modda bunkeri; 6- ta’minlagich; 7-yashikli uzatuvchi; 8-konveyer; 9-SM-346 yoki CM 447H rusumli par namlagichli tuproq aralashtirgichi; 10-SM-21B markali namli unlash beguni; 11-SM-859 markali tuproq ezgilagich; 12-ishlov berilgan massa saqlagich; 13- CM-446 va SM-683 vakuum-presslar yoki SM-34 va SM-35 presslari; 14-CM-84 va SM-665 markali kesuvchi-joylovchi apparatlar; 15-tunnel quritgich; 16-tunnel pechi. Cherepista loyi qoliplashdan oldin yaxshilab ezilganligi va biroz vaqt namli muhitda saqlanganligi tufayli uning tabiiy tuzilishi o’zgaradi, mayinligi va plastikligi ortadi. Cherepista loyining namligi 16-17% dan 20-22% gacha bo’ladi. Cherepistalarning presslash jarayoni mexanizastiyalashgan bo’lib, u plastik qoliplash usulida olib boriladi. Cherepistani quritish yog’ochli yoki keramik ramkalarda kamerali va tunnel quritgichlarda 36-80 soat davomida quritiladi. Tunnel quritgichdagi harorat 70-75 gradusni, quritish vaqti 36-40 soatni tashkil qiladi. Quritish vaqtini 24 soatgacha kamaytirish mumkin. Quritgichga yarim fabrikat 20% li namlikda kirib, 5-7% namlikda chiqib ketadi. Tunnel quritgich o’lchamlari: uzunligi 30-36 m, eni 1,1-1,4 m va balandligi 1,5-1,7 m. 10 ryad polkali 1 ta vagonetkaga 192 dona nov (paz) li yoki 240 ta yassi tasmasimon cherepista joylashadi. Tunnel ichida bir vaqtda 2688-3072 dona nov (paz) li yoki 3360-3840 dona yassi cherepista joylashgan bo’ladi. Quritishni kamerali quritgichlarda ham olib borish mumkin. Quritishni saroylarida ham quritish ramkalariga o’rnatilgan holda olib borsa bo’ladi. Bu holda 1,3 hajmga 200 dona cherepistani joylasa bo’ladi. Bu hollarda quritish uzoq davom etadi. Quritilgan cherepista sortirovka qilinib, o’z holatida yoki g’isht bilan birgalikda joylanadi va kuydirish pechlariga jo’natiladi. Cherepistani kuydirish jarayoni kamerali, xalqali va tunnel pechlarida 950- 1050°C haroratda 48 soat davomida o’tkaziladi. Kuydirish rejimi qurilish g’ishti rejimiga juda o’xshab bo’lib, kuydirish boshida pechning quritish zonasida (120- 130°C atrofida) ko’p miqdorda suv ajralib chiqqanligi tufayli «mayin» va ehtiyotlik bilan o’tkaziladi. Temperatura 1050°C ga yaqinlashganda ham ehtiyotlik choralarini ko’rib xushyor turishlik darkor: harorat ozginagina oshishi bilan cherepista chekkalari erib deformastiyaga uchrashi mumkin. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling