2. Mustaqillik yillarida madaniy hayot. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi


 O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari


Download 280.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana02.06.2024
Hajmi280.01 Kb.
#1838288
1   2   3   4   5
Bog'liq
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT-DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI

4. O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari. 
O’zbekistonda transport va xizmat ko’rsatish infrastrukturasining jadal rivojlanishi
mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik iqtisodiyotimizning yana bir muhim sektori turizm 
sohasining ham ravnaq topishiga sharoit yaratadi. Istiqlol sharofati bilan Buxoro, Xiva, 


Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qo’qon kabi ilm-fan, madaniyat va ma‘rifat markazlari 
joylashgan mo’tabar zamin, Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek kabi buyuk 
sarkarda va ulamolar, mashhur davlat arboblari hamda mutafakkirlar kindik qoni to’kilgan ona 
Vatanimiz jahonning sayyohlik sohasi taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylandi. 
Mamlakatimizda qadimiy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, mahalliy turoperatorlarni 
qo’llabquvvatlash, ularga o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish, joylarda sohaga oid infratuzilmani barpo etish, shuningdek, turizmning boshqa 
yo’nalishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Natijada Buyuk Ipak yo’li chorrahasida 
joylashgan yurtimiz betakror osori-atiqalari, urf-odatlaru milliy taomlari, go’zal tabiatini butun 
dunyoga namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Bu esa boy tarixga ega va zamon bilan hamnafas yashayotgan O’zbekistonni o’z ko’zi bilan 
ko’rmoqchi bo’lgan sayyohlar sonining yildan-yilga ortib borishiga xizmat qilyapti. Xususan, 
90yillarda mamlakatimizga bir yilda 150 ming sayyoh tashrif buyurgan bo’lsa, 2013 yilda bu 
ko’rsatkich 1,2 million nafardan ortdi. Bunday natijaga osonlikcha erishilgani yo’q, albatta. 
Binobarin, keyingi yillarda qadimiy shaharlarimizda zamonaviy mehmonxonalar qurilib, 
sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilgani, Yevro-4 talablariga javob beradigan avtobuslar, 
Boeing-767, A310, A320 rusumli havo laynerlari, Afrosiyob tezyurar poyezdlari qatnovining 
yo’lga qo’yilgani sabab bo’lmoqda. Hozirgi paytda O’zbekturizm, O’zbekiston havo yo’llari va 
qator boshqa milliy kompaniyalar, turistik agentlik va korxonalar davlat yordamida katta 
yutuqlarga erishmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Farg’ona va Namangan 
shaharlarida xalqaro toifadagi aeroportlar ishlab turibdi.
Bu yangilanishlar 2012 yilda O’zbekistonni Butunjahon turistik tashkiloti Ijroiya 
qo’mitasiga kirishida muhim omil bo’ldi. 2013 yili Jahon sayohat va turizm kengashi (World 
Travel and Tourism Council WTTC) e‘lon qilgan yangi hisobotda O’zbekiston turizm tarmog’i 
dunyoda eng jadal rivojlanayotgan davlatlar ro’yxatiga kiritildi. Jahon sayohat va turizm kengashi 
har bir davlatning milliy yalpi ichki mahsulotida turizmning ulushini o’rganib chiqqan holda 
mazkur ro’yxatni tuzadi. O’zbekiston ro’yxatning beshinchi pog’onasidan o’rin olgan.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri
– bu turizmdir. O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. 
2016 yildan boshlab turizm industriyasini rivojlantirishga katta e‘tibor berila boshlandi. Ana shu 
maqsadda 2016 yil 2 dekabr kuni Turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4861) va O’zbekiston 
Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-2666) e‘lon qilindi. Yurtimizda 8 ming 300 
ta madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan 
(Murojaatnoma. 29.12.2020.).
Mamlakatimizning betakror tabiati, go’zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib, 
yangi turistik yo’nalishlar ochish, bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat 
turizmi, ekologik, ma‘rifiy, etnografik, gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbolari mavjud.
2017 yil 7 sentabrda Toshkent shahrida Eski shahar turizm zonasini barpo etish bo’yicha 
chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (№PQ-3260) qabul 
qilindi.
2018 yildan Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va 
yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “kichik haj” dasturini rivojlantirish va 
jadallashtirish ishlari boshlab yuborildi.
2018 yil 28 iyun sanasida Samarqand shahrida Ipak yo’li turizm xalqaro universiteti tashkil 
etildi (PQ-3815).
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini 
oshirish bo’yicha kompleks choralar ko’rish dolzarb masala hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat 


Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek bizda turizm ko’pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy 
yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy 
qo’riqxonalar, tog’li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud.
Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, 
balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi.
Shu munosabat bilan 2019 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-2025 yillarda 
Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga 
tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik 
daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
2017 
yil 5 dekabrda Chorvoq erkin turistik zonasini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5273) qabul qilindi.
2018 
yil 3 fevralda O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay 
sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5326) qabul qilindi.
Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-3514
(07.02.2018), Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-4095, 
(05.01.2019), 
O’zbekiston 
Respublikasiga 
xorijiy 
fuqarolarning 
kirishi 
tartibini 
optimallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida PQ-3836 (04.07.2018) O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Qarorlari, shuningdek 2019 yil 13 avgustda e‘lon qilingan O’z Rda 
turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni (PF-5781) 
mamlakatimizda turizm industriyasini rivojlantirishning yangi yo’nalishlarini belgilab berdi. 
So’nggi yillarda sohani rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirila boshlandi.
2019 
yilda 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi 
joriy etilishi natijasida mazkur yilda yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. 
Bu 2016 yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko’p demakdir (O’z.R.Prezidentining 
Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. 24.01.2020.).
Prezidentimiz ta‘kidlab o’tganlaridek turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog’iga 
aylantirish biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. 2020 yilda hukumat oldidagi eng muhim 
vazifalardan biri – yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazish yuklatildi.
Ma‘lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O’zbekistonni 
sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Katta salohiyatga ega bo’lgan 
ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish istiqbollari mavjud. Yurtimizda 8 ming 300 
dan ziyod madaniy meros obekti mavjud bo’lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi 
kiritilgan. Ziyorat va an‘anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo’lgan marshrutlardagi obektlar 
sonini 800 taga yetkazish zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirilmoqda. 
Qator farmon va qarorlar asosida bu sohadagi sharoitlar kengaytirilmoqda. Xususan, 2017-2020-
yillarda fuqarolaridan yurtimizga viza talab etilmaydigan mamlakatlar soni 9 tadan 86 taga 
yetkazildi, 53 ta davlat uchun elektron viza tizimi joriy etildi. Turizm uchun qiyin bo’lgan joriy 
2020-yilda sohadagi subyektlar har tomonlama qo’llab-quvvatlandi, ularga subsidiya va ssudalar 
berildi.
2021-yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari 
eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada eng katta manba, avvalo, 
ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid ko’plab ziyoratgohlar, yahudiylik, buddaviylik 
yodgorliklari bor. Bu imkoniyatdan foydalanib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million 
dollarlik xizmatlar eksportini ta‘minlash mumkin.

Download 280.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling