2-nazariy savol
Download 483.7 Kb. Pdf ko'rish
|
XXF B potok 1-guruh Qurbonov Ro'zimurod Jinoyat huquqi[1]
13-nazariy savol Murakkab aybli jinoyatlarni tushuntirib bering. Bunday turdagi jinoyatlar toʻgʻrisida qanday holatlarda soʻz borishi mumkin.
Jinoyat kodeksi 23-moddasida izohlanishicha, agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmish uchun qonun qattiqroq javobgarlikni nazarda tutgan bo„lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Mazkur turdagi jinoyatlar murakkab aybli jinoyatlar deb ataladi.
“Murakkab aybli jinoyatlarni to„g„ri kvalifikatsiya qilishning muhimligi obyektiv belgilarga ko„ra, o„xshash bo„lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlardan ajratishda ko„rinadi. agar qasddan badanga og„ir shikast yetkazish natijasida shaxsning o„limi yuzaga kelsa, shuningdek, harakat umumiy qasd (egri qasd bo„lsa
ham) bilan qamrab olingan bo„lsa, sodir etilgan jinoyat qasddan odam o„ldirish deb kvalifikatsiya qilinmog„i lozim” 3 .
Murakkab aybli jinoyatlar JK Maxsus qismining bitta moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Misol uchun “aybdorning harakatlarida JK 104- moddasining ham ikkinchi ham uchinchi qismlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo„lgan taqdirda, barcha qilmish JK 104-moddasining uchinchi qismi bo„yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim bo„lib, biroq shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etish to„g„risidagi qarorda va hukmda barcha kvalifikatsiya belgilari ko„rsatilishi shart” 4 . Murakkab aybli jinoyatlarda shuni inobatga olish kerakki, ushbu jinoyatlar faqat moddiy tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‟ladi va jinoyatning subyektiv tomonini ham ifodalab keladi.
Xulosa o‟rnida shuni ta‟kidlamoqchimanki, murakkab aybli jinoyat tarkibida shaxs ikki mustaqil tarkib va ayb shakliga ega bo‟lgan jinoyat sodir etganligini bilishimiz mumkin. Bunday turdagi jinoyatlar umuman qasddan sodir etilgan jinoyat bo‟lib, bu hodisa jazoni ijro etish tartibiga va boshqa jinoiy-huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Download 483.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling