2-nazariy savol


uchun sudlangandan keyin (sudlanganlik tugamasdan turib) unga aynan


Download 483.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi483.7 Kb.
#234414
1   2   3   4
Bog'liq
XXF B potok 1-guruh Qurbonov Ro'zimurod Jinoyat huquqi[1]

uchun sudlangandan keyin (sudlanganlik tugamasdan turib) unga aynan 

o‘xshash yangi jinoyatni qasddan sodir etishiga aytiladi”

5

.  

Aynan o„xshash jinoyatlar deganda: 

shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida 

nazarda tutilgan (agar moddada bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik 

belgilangan bo„lsa); 

shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi 

aynan bir qismida nazarda tutilgan (agar moddada turli jinoyat tarkiblari uchun 

javobgarlik javobgarlik belgilangan bo„lsa, masalan, JK 228, 248, 273-moddalari) 

                                                           

5

 H.R.Ochilov, E.O.Turg‘unboyev “Jinoyat huquqi” (Umumiy qism). O‘quv-uslubiy qo‘llanma // mas’ul muharrir: 



y.f.d. F.Toxirov. – T.: TDYU nashriyoti, 2013. 71-bet 


jinoyatlarini yangidan sodir etish tushunilishi lozim”

6

. Shaxsning xavfli retsidivist 



deb hisoblash masalasi qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.      

“Xavfli retsidiv holati dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida 

ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinayotganda ko„rsatib o„tilgan 

bo„lishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida ham o„z aksini 

topishi kerak”

7

.   



Demak, yuqoridagi fikrlarni umumlashtiradigan bo„lsak, xavfli retsidiv 

jinoyatning qolgan turlardan farqi shunda ekanki, shaxs ilgari qasddan jinoyat sodir 

etgan va ushbu jinoyati uchun javobgarlikka tortilganidan so„ng ushbu jinoyatga 

o„xshash yangi bir jinoyatni sodir etganligi hisoblanadi.  

Endilikda esa ushbu kazusni markazida turadigan jazolarni tayinlashda 

jinoyatlar majmuiga kirgan qilmishlarni og„irlik darajasiga muvofiq yengilroq 

jazoni og„irrog„i bilan qoplash yoki qisman qo„shish yo„li bilan uzil-kesil jazo 

tayinlash haqida batafsil to„xtalib o„tsak.  

JK 59-moddasi 1-qismiga ko„ra shaxs JK Maxsus qismining turli 

moddalarining sanksiyalarida ko„rsatilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir 

etgan, ulardan birortasi uchun ham javobgarlikka tortilmagan bo„lsa, sud Jinoyat 

kodeksi 54-moddasida nazarda tutilgan normalarga muvofiq qilmishning har biri 

uchun alohida jazo tayinlab, so„ngra tayinlangan yengilroq jazoni og„irrog„i bilan 

qoplash yoki tayinlangan jazolarni to„la yoxud qisman qo„shish yo„li bilan 

jinoyatlar majmuiga muvofiq jazo chorasi qo„llaniladi. Sudda jinoyatlarini jami 

bilan jazo tayinlashda mazkur jinoyatlar uchun qat'iy jazoni ko„rsatib berishi lozim, 

                                                           

6

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plennumining 2008-yil 15-maydagi “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni 



kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori, 27-band // To‘plam, 2008-y., 3-son. – 9-10-betlar  

7

 Rustamboyev M.X O‘zbekiton Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, 



to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. 369-bet 


aksincha ushbu holatda bu shart bajarilmasa, jinoyat qonuniga nisbatan zid harakat 

hisoblanadi va bu vaziyatda hukm bekor qilinishiga olib keladi. 

Yengilroq jazoni og„irrog„i bilan qoplanishi - sud hukmida jinoyatlar 

majmui uchun uzil-kesil jazo tayinlashda ushbu jinoyatlarning eng og„iri uchun 

tayinlanadigan jazo miqdori hamda muddatidan kelib chiqiladi. sudlar shuni 

inobatga olishlari lozimki, sodir etilgan jinoyatlar majmui katta ijtimoiy xavf 

tug„dirmaydigan bo„lsa, yoki uncha o„gir bo„lmagan hollarda jazoni og„irrog„i 

bilan qoplash prinsipi qo„llaniladi.   

Jazolarni to„la qo„shish deganda, jinoyatlar majmuidagi har qaysi jinoyat 

uchun belgilangan alohida jazolarni to„liq qo„shish tushuniladi. Jazolarning qisman 

qo„shish bu - ikki yoki undan ortiq jinoyatlar jami bo„yicha jazo tayinlashda sudlar 

muayyan jinoyat uchun tayinlangan jazolarni loaqal qisman qo„shishga majbur 

ekanligini bildiradi.  

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo„lsak, mazkur 

holatda aybdor B tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli harakat bir qancha jinoyat 

sodir etganligini bildiradi. Sud muayyan jazolarni tayinlagandan keyin JK 59-

moddasi tartibida jazolarni qisman qo„shish yo„li bilan jazo qo„llagan.  sudlar bir 

qancha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashda jinoyatlar majmuidagi 

jinoyatlarning og„irlik darajasiga muvofiq aniqlanadigan jazoning maksimal 

doirasidan kelib chiqish talab etiladi.  

 

   


 

 



 

 

 



     Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati: 

1.  H.R.Ochilov, E.O.Turg„unboyev “Jinoyat huquqi” (Umumiy qism). 

O„quv-uslubiy qo„llanma // mas‟ul muharrir: y.f.d. F.Toxirov. – T.: 

TDYU nashriyoti, 2013. – 148 bet. 

2.  Rustamboyev M.X O„zbekiton Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. 

Jinoyat haqida ta‟limot. Darslik. 2-nashr, to„ldirilgan va qayta ishlangan -

– T.: O„zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 

2018. – 441 bet. 

3.  Rustamboyev M.H., Ahrorov B.J. Jinoyat huquqi (Umumiy qism).Kasb-

hunar kollejlar uchun darslik. T.: “ILM ZIYO”, 2006, – 408 bet.    

4.  Rustabboyev M.H Jinoyat huquqi (umumiy qism). Oliy o„quv yurtlari 

uchun darslik. – T.: TDYI nashriyoti. 2006. – 529 bet.  



 

Download 483.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling