27
2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan
koʻ rsatmalar uning uchun tushunarli boʻ lishi shart,
aks holda ijrochi
oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining
bajara olishi mumkin boʻ lgan koʻ rsatmalar tizimi mavjud.
3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan koʻ rsatmalar aniq
mazmunda boʻ lishi lozim hamda faqat algoritmda koʻ rsatilgan tartibda
bajarilishi shart.
4-xossa.
Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga koʻ ra bir
turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli boʻ lishi lozim.
Masalan,
ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi
har qanday kasrlar
umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.
5-xossa. Natijaviylik, ya’ni har
bir algoritm chekli sondagi
qadamlardan soʻ ng albatta natija berishi lozim.
Muammolarni yechish algoritmlarining xilma-xilligi bilan ularda
hisoblash jarayonlarining uchta asosiy turini ajratish mumkin:
1) chiziqli;
2) tarmoqlanuvchi;
3) takrorlanuvchi.
Hisoblash jarayoni muammoni hal qilishning
barcha bosqichlari
ushbu bosqichlarni yozilishning tabiiy tartibida amalga oshirilsa
chiziqli
deb nomlanadi.
Tarmoqlanuvchi – bu axborotni qayta ishlash yoʻnalishini tanlash
dastlabki yoki oraliq ma‟lumotlarga (ba‟zi mantiqiy shartlarning
bajarilishini tekshirish natijalariga) bogʻliq boʻlgan hisoblash jarayoni.
Takrorlanuvchi - bu takrorlangan hisob-kitoblar qismi.
Bir yoki
bir nechta sikllarni oʻz ichiga olgan hisoblash jarayoni
siklik deb
nomlanadi. Sikllari soniga koʻra ma‟lum (oldindan belgilangan)
sonli
sikllarga va noaniq miqdorda takrorlanuvchi sikllarga boʻlinadi.
Ikkinchisini takrorlash soni sikl zarurligini koʻrsatadigan ma‟lum bir
shartning bajarilishiga bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: