2 ning oʻninchi darajasi 1024 ga teng, u bir kilobaytni tashkil etadi


 Algoritmning asosiy xossalari va tasvirlash usullari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana13.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676488
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dasturlash-17-28

2.3. Algoritmning asosiy xossalari va tasvirlash usullari 
Algoritmning xossalari.
1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy 
koʻ rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. 


27 
2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan 
koʻ rsatmalar uning uchun tushunarli boʻ lishi shart, aks holda ijrochi 
oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining 
bajara olishi mumkin boʻ lgan koʻ rsatmalar tizimi mavjud. 
3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan koʻ rsatmalar aniq 
mazmunda boʻ lishi lozim hamda faqat algoritmda koʻ rsatilgan tartibda 
bajarilishi shart. 
4-xossaOmmaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga koʻ ra bir 
turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli boʻ lishi lozim. Masalan, 
ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar 
umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi. 
5-xossa. Natijaviylik, ya’ni har bir algoritm chekli sondagi 
qadamlardan soʻ ng albatta natija berishi lozim. 
Muammolarni yechish algoritmlarining xilma-xilligi bilan ularda 
hisoblash jarayonlarining uchta asosiy turini ajratish mumkin: 
1) chiziqli; 
2) tarmoqlanuvchi; 
3) takrorlanuvchi. 
Hisoblash jarayoni muammoni hal qilishning barcha bosqichlari 
ushbu bosqichlarni yozilishning tabiiy tartibida amalga oshirilsa chiziqli 
deb nomlanadi. 
Tarmoqlanuvchi – bu axborotni qayta ishlash yoʻnalishini tanlash 
dastlabki yoki oraliq ma‟lumotlarga (ba‟zi mantiqiy shartlarning 
bajarilishini tekshirish natijalariga) bogʻliq boʻlgan hisoblash jarayoni. 
Takrorlanuvchi - bu takrorlangan hisob-kitoblar qismi. Bir yoki 
bir nechta sikllarni oʻz ichiga olgan hisoblash jarayoni siklik deb 
nomlanadi. Sikllari soniga koʻra ma‟lum (oldindan belgilangan) sonli 
sikllarga va noaniq miqdorda takrorlanuvchi sikllarga boʻlinadi. 
Ikkinchisini takrorlash soni sikl zarurligini koʻrsatadigan ma‟lum bir 
shartning bajarilishiga bogʻliq.  

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling