2. Omixta-yem assortimentlari Omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyalari


-rasm. Ekstrudalangan ozuqa-yem ishlab chiqarish uskunasi


Download 1.48 Mb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1509262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Omixta yem ishlab chiqarish jarayonlari nazarat qilish

128-rasm. Ekstrudalangan ozuqa-yem ishlab chiqarish uskunasi.
Komponentlarni aralashtirish usuli dozalash uslubiga ham bog’liq, tortish bilan davriy hajmi bilan esa uzluksiz. Dozalashning aniqligi va aralashmaning puxtaligi aralash ozuqaning sifatini aniqlaydi. Agar ushbu operatsiyalar to’g’ri bajarilmasa, aralashmaning samaradorligi pasayadi va hatto hayvonlarga zarar yetkazishi mumkin.
Sochma aralash ozuqa ishlab chiqarishda tayyorlash jarayoni shu operatsiyalar bilan tugaydi.
Biroq, omixta-yem ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy qiyinchiligi ularning ko’p komponentli bo’lishidir. Omixta-yem zavodlari fizik-kimyoviy, strukturaviy va mexanik xususiyatlari bilan farq qiluvchi xomashyolarni qabul qilib oladilar. Bu xomashyolar har xil o’lchamdagi komponentlar, tarkibiy qismlardan iborat. Xomashyolar temiryo’l va avtotransportlar orqali ixtisoslashgan vagonlarda (masalan, don – donli vagonlarda), ohaktosh uni aerozol transporti bilan jihozlangan mashinalarda, suyuq komponentlar rezervuarlarda, bochkalarda, flagalarda, oqsil komponentlar (xamirturush, granuladan tashqari), go’sht va suyak unlari, baliq unlari, premikslar va boshqalar qog’oz, plastmassa yoki matoli qoplarda, vitaminlar va mikroelementlarga maxsus qadoqlarga idishlarda keltiriladi.
Retsept bo’yicha ozuqa tarkibiga kiritilishi kerak bo’lgan tarkibiy qismlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda, zamonaviy omixtayem zavodlarida sochiluvchan, donador va granulatsiyalangan omixtayem ishlab chiqarishning texnologik jarayoni tegishli uskunalar bilan jihozlangan ko’plab liniyalar bilan ifodalanadi. Komponentlar tozalanadi, maydalanadi, saralanadi va shu bilan eng muhim jarayonga davlat standartlari yoki boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga javob beradigan tayyor mahsulotni qabul qilish, uni me’yorlab va aralashtirishga tayyorlanadi. Olingan sochma aralash ozuqa ekspanditsiyaga yuboriladi (ozuqa namlik, bosim va harorat ta’sirida bajariladigan jarayon) bosimni keskin pasayishi tufayli ozuqa kengayib, hajmi o’zgaradi ya’ni kattalashadi yoki granulatsiya qilinadi (har xil shakldagi ozuqalarni olish, jarayon sochma aralashmani ma’lum zichlikkacha siqib silindir, kub shar, shakliga keltiriladi. Granula ozuqa ishlab chiqarish uchun aralashma maydalangan holda namligi 30–35% bo’lishni talab qiladi) hamda talabga ko’ra iste’molchiga beriladi. Ekspanidatsiya va granulatsiya jarayonlari mustaqil yoki o’zaro bog’liq texnologik liniyalarga bo’linadi. Liniyalari deyarli barcha turdagi hayvonlar uchun aralash yem ishlab chiqarishning yakuniy bosqichidir.
Sochma aralash yemni o’ziga xos bo’lgan bir qator kamchiliklar mavjud, xususan tashish va saqlash paytida aralashmaning o’z-o’zidan saralanishi (tabaqalanishi); changishi; zichlanib yopishib qolishi; hayvonlar, ayniqsa parrandalar tomonidan sochma aralash ozuqani tanlab iste’mol qilish; aralash ozuqa xavfsizligi va gigiyenik talablarining tarkibiy qismlariga bog’liqligi; sochma aralash ozuqadan foydalanishning samaradorligi ko’tarishda eskirgan texnologiyalar o’rniga yuqori samaradorlik bilan ishlaydigan ilg’or texnologiyalardan foydalanshni talab etilishi hisoblanadi.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling