2. O’zbekistonda byudjet-soliq siyosati. Byudjet-soliq siyosati barqarorligi


-jadval Jahonning turli darajada rivojlangan mamlakatlaridagi bevosita va bilvosita soliqlarining o’zaro nisbati (foiz hisobida)


Download 219.2 Kb.
bet12/13
Sana17.06.2023
Hajmi219.2 Kb.
#1524515
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Budjet siyosatidan samarali foydalanish mexanizmlari

6-jadval
Jahonning turli darajada rivojlangan mamlakatlaridagi bevosita va bilvosita soliqlarining o’zaro nisbati (foiz hisobida)


Bevosita soliqlar

Bilvosita soliqlar

Qoloq mamlakatlar

32

68

O’rta darajada rivojlanayotgan mamlakatlar

50

50

Rivojlangan mamlakatlar

68

32

Rivojlangan mamlakatlarning ayrimlarini kuzatadigan bo’lsak, umumiy daromadlari tarkibida to’g’ri soliqlarning ulushi juda yuqori. Masalan, 1997 yilgi ma’lumotlarga ko’ra to’g’ri soliqlarning ulushi AQShda 91, Yaponiyada 63,8, Buyuk Britaniyada esa 54,3 foizni tashkil qilgan.
Endi biz tahlil ob’ektini Rossiya Federatsiyasi davlat byudjetiga ko’chiramiz.
Rossiya Federal byudjetining umumiy hajmida salmog’iga ko’ra birinchi o’rinni egri soliqlar egallaydi. Ularning byudjet umumiy daromadlari hajmidagi salmog’i 68 foizdan oshadi. Egri soliqlar ichida salmog’iga ko’ra birinchi o’rinni qo’shilgan qiymat solig’i egallaydi. Uning Federal byudjetning daromadlari hajmidagi salmog’i 30 foizdan ortiq qismni tashkil etadi. Undan keyingi o’rinni aktsiz va boj soliqlari egallaydi. Ularning federal byudjetning daromadlari hajmidagi salmog’i mos ravishda 18,4 va 19,3 foizni egallaydi.
Egri soliqlarning asosiylaridan hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i 42 ta davlat soliq tizimining hal qiluvchi soliqlaridan hisoblanadi. Shundan 17 tasi
Yevropa mamlakatlari hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkalariga to’xtalsak, ko’pchilik mamlakatlarda ushbu soliqning stavkasi tabaqalashtirilgan bo’lib, respublikamizga nis batan katta tafovutlar ko’zga tashlanmaydi. Masalan, Buyuk Britaniyada uchta stavka - 0; 8; 17,5 foiz,
Italiyada beshta stavka - imtiyozli 2 foiz va asosiy - 9 foizli stavkalar amal qiladi.
Germaniyada esa ikkita stav ka, imtiyozli - 7 foiz va standart -15 foiz, Fransiyada 2,1; 4; 5,5; 18,6 va 22 foizli stavkalar amal qiladi.



Download 219.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling