2. O’zbekistonda byudjet-soliq siyosati. Byudjet-soliq siyosati barqarorligi


Davlat budjeti daromadlari shakillantirishda soliqlar salmog’i tahlili


Download 219.2 Kb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi219.2 Kb.
#1524515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Budjet siyosatidan samarali foydalanish mexanizmlari

Davlat budjeti daromadlari shakillantirishda soliqlar salmog’i tahlili


Soliqlar majburiy pullik to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi sub’ekt sifatida davlat o’rtasida sodir bo’ladi. Korxona va tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli xizmatlarni ko’rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to’lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham soliq munosabati bo’la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo’li bilan majburan davlat budjetiga mablag’ to’plash jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlarning o’ziga xos belgilari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
· majburiylik;
· xazina to’plash;
· qat’iylik va doimiylik;
· aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik.
Quyida biz O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari tarkibining oxirgi uch yillik, ya`ni 2010-2012 yillardagi ko’rsatkichlarini ko’rishimiz mumkin.
Soliqlar davlat budjetiga va davlat pul fondlariga kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo’lgan pul munosabatlaridir. SHuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya’ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o’z tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot etkazib beruvchini ixtiyoriy topishi va o’zi iste’molchini topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. SHuning uchun davlat ular daromadlarining bir qismini taqsimlab, budjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq shaklida daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi organ(Oliy Majlis)ning qarori zarur, ya’ni qonuniy asosda undirilgan to’lov budjetga o’tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo’ladi, demokratik to’lovga aylanadi.


Download 219.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling