2. P. R. 01imxo‘jayeva —
—nomsiz vena; 26—yarimtoq vena; 27—toq vena; 28—o‘pka venasi
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
25—nomsiz vena; 26—yarimtoq vena; 27—toq vena; 28—o‘pka venasi.
Shunday qilib, umurtqalilar yurak-qon tomirlarining evolutsiyasi yurak tuzilishining mukammallashuvi, arterial va venoz qonning aralashmasligi imkoniyatining yaratilishi yo‘nalishida boradi. Qon hosil qilish sistemasining filogenezi. Qon hujayralari organizmda muhim vazifalarni bajaradi, ular juda tez yangilanish xususiyatiga egadir. Odamning qon hosil qilish sistemasini, odamda uchraydigan qon hujayralari kasalliklarini bilish uchun bu sistemaning tarixiy rivojlanishini yaxshi bilish kerak. Umurtqalilarning filogenezida ularning qon aylanish va qon hosil qilish sistemalarining takomillashuvi kuzatiladi. Masalan, baliqlarning qon ishlab chiqaruvchi a’zolari — buyrak, taloq, ichak; amfibiyalarda esa — taloq, jigar, suyak ko‘migi; reptiliyalarda — suyak ko'migi, taloq; qushlarda — suyak ko'migi, taloq; sutemizuvchilarda — suyak ko‘migi, «aloq, limfa bezlari hisoblanadi. Gemopoez (qon hosil qilish jarayoni)ning suyak to‘qimasida joylashuvi birinchi marta amfibiyalarda kuzatilib, qushlar va sutemizuvchilarda suyak ko'migi asosiy qon hosil qiluvchi a’zoga aylanadi. Gemopoezning bunday joylashuvining asosiy sabablari — suyakning gemopoezni mexanik jarohatdan, radioaktiv nurlar va boshqa zararli ta’sirlardan yaxshi saqlay olish xususiyatlari mavjudligi deb taxmin qilinadi. Qon yaratuvchi elementlar shartli ravishda 2 guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh hujayralarini morfologik jihatdan ajratish qiyin. Ularga qonning o‘zak hujayralari, limfopoez, granulopoez, trombopoez, eritropoezning boshlang‘ich hujayralarini kiritish mumkin. Ikkinchi guruh hujayralariga limfoblastlar, monoblastlar, miyeloblastlar, tromboblastlar, megokarioblastlar, eritroblastlar hamda ulardan hosil bo‘ladigan va takomillashib yetiladigan hujayralar qatori kiradi. Limfoid hujayralar: plazmotsitlar, mono- tsitlarning hosil bo'lishi hamma sinflar vakillarida deyarli bir xil kechadi. Baliqlarda, amfibiyalarda va qushlarda megakariotsit tipidagi hujayralar uchramaydi. Ularda trombotsitlar tromboblastlar deb ataluvchi hujayralardan takomillashadilar. Ularning trombotsitlari sutemizuvchilarnikidan farq qilib, yadroli hujayralardir. Eritrotsitar hujayralar rivojlanishi normoblastlargacha hamma sinflarda bir xil davom etadi. Keyingi takomillashuv natijasida baliqlarda, amfibiyalarda, reptiliyalarda va qushlarda yadroli eritrotsitlar hosil bo‘ladi. Sutemizuvchilarda yadrosiz eritrotsitlar shakllanadi. Donador hujayralar (granulotsitlar) takomillashuvida ancha farqlar kuzatiladi. Masalan, umurtqalilarning har xil vakillarida bir-biridan o‘z tuzilishi jihatidan farq qiluvchi neytrofillar, eozi- nofillar va bazofillar kuzatiladi. Filogenezning quyi bosqichlarida hujayralarning xilma-xilligi ko‘proq kuzatiladi. Yuqori bosqich- da — sutemizuvchilarda bu xilma-xillik kamayib, turli tipdagi qon hujayralarining eng asosiy shakllarigina saqlanib qoladi. Bu hodisa tabiiy tanlash o‘z ta’sirini qon hujayralarining takomillashuviga ham ko‘rsatishining dalilidir. Shunday qilib, qon ishlab ehiqariiticlii sistemaning filogenezi qon to‘qimasining va qon shakl elementlari strukturasining hamda funksiyalarining takomillashuvi yo' nalishida boradi. Qon sistemasi evolutsiyasini o‘rganish 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining biokimyo institutida, Toshkenl tibbiyot institutida, Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining hiologiya kafedralarida yaxshi yo‘lga qo'yilgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling