2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Yurak-qon tomirlar filogenezi
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
Yurak-qon tomirlar filogenezi. To'qimalarda normal modda almashinishi uchun uzluksiz ravishda organizmga O, va oziq modda kelib turishi talab etiladi. Ana shu jarayon yurak-qon tomirlar sistemasi yordamida amalga oshadi.
Suvda yashaydigan umurtqalilar — baliqlarda qon aylanish doirasi bitta, yurak ikki kamerali — bo'lmacha va qorinchadan iborat. Baliqlar yuragidan faqat venozli qon oqadi (42- rasm). Umurtqalilar quruqlikka chiqishi bilan ularning qon aylanishida tubdan o'zgarish ro‘y bergan. Chunki oyquloq orqali nafas olish o'pka orqali nafas olish bilan almashingan. Yurak endi faqat venozli qonni qabul qilmasdan, arterial qonni ham qabul etadi. Natijada, yurak dastlab uch kamerali, so'ng to'rt kameraliga aylanadi. Amfibiyalarda yurak 3 kamerali: ikki bo'lmacha, bitta qorinchadan iborat. Ularning qorinchasida venozli qon arterial qon bilan aralashadi (43- rasm). rasm. Zog‘ora baliqning qon aylanish sxemasi. venoz sinus; 2—yurak bo‘lmachasi; 3—yurak qorinchasi; 4—aorta ildizi; 5—qorin aortasi; 6—oyquloq qon tomiri; 7—chap uyqu arteriyasi; 8—orqa aorta ildizi; 9—chap o‘mrov osti arteriyasi; 10—orqa aorta; ichak arteriyasi; 12—buyrak; 13—chap yonbosh arteriyasi; 14—dum arteriyasi; 15—dum venasi; 16—buyrakning o‘ng qopqa venasi; 17—keyin- gi o‘ng kardinal venasi; 18—jigar qopqa venasi; 19—jigar venasi; 20—o‘ng o‘mrov osti venasi; 21—o‘ng old kardinal venasi; 22—o‘ng Kuvyer yo‘li. rasm. Baqaning qon aylanish sxemasi. 1—venoz sinus; 2—o‘ng yurak bo‘lmachasi; 3—ehap yurak bo‘lmachasi; yurak qorinchasi; 5—arterial konus; 6—chap o‘pka arteriyasi; 7—chap aorta yoyi; 8—uyqu arteriyasi; 9—chap o‘mrov osti arteriyasi; 10—chap teri arteriyasi; 11—ichak arteriyasi; 12—buyrak; 13—chap yonbosh arteriyasi; 14—o‘ng yenbosh arteriyasi, 15—buyrakning qopqasi; 16—qo- rin venasi; 17—jigarning qopqa venasi; 18—jigar venasi; 19—keyingi kavak vena; 20—teri venasi; 21—o‘ng o‘mrov osti venasi; 22—o‘ng bo‘yin- turuq vena; 23—o‘ng eld kavak vena; 24'—o‘pka venasi. Reptiliyalarda qon aylanish sistemasi amfibiyalarnikiga o‘xshaydi. Faqat ular yuragining qorinchasida to’liqmas to‘siq hosil bo‘ladi. Natijada, reptiliya tanasi qisman aralash qon bilan ta’minlanadi. Amfibivalarda yurak qorinchasidan bitta arterial konus chiqib, keyin uch juft: o‘pka-teri tomirlari, o‘ng va chap aorta yoyi, bir juft uyqu arteriyalari ajraladi. Reptiliyalarda esa ana shu qon tomirlar mustaqil ravishda yurak qorinchasidan chiqadi. Yurak murakkablashishi bilan bir qatorda qon aylanish doirasi ham takomillashadi, ya’ni ikki qon aylanish doirasi shakllanadi. Kichik qon aylanish doirasi o‘pka bilan yurak orasida, katta qon aylanish doirasi butun tana bo‘ylab va yurak orasidagi tomirlar yo‘lidir (44- rasm). Qushlar va sutemizuvchilar yuragi to‘rt kamerali bo‘lib, arterial qon venozli qon bilan umuman aralashmaydi. Qushlarda o‘ng aorta yoyi reduksiyalanadi, aortaning chap yoyi saqlanib qoladi, sutemizuvchilarda esa aksincha bo‘ladi (45- rasm). Umurtqalilarning embrional taraqqiyotida dastlab yurak oldida qorin aortasi shakllanadi, undan arterial yoyllar tanaga tarqaladi. Bu yoylarning umumiy soni 6-7 juft bo‘ladi (46- rasm). Birinchi ikki jufti reduksiyalanadi. Baliqlarda shundan to‘rt jufti oyquloq arteriyalarini hosil qiladi. Quruqlikda yashovchilarda uchinchi juft arteriyadan uyqu arteriyalari, to‘rtinchi juft arteriyadan esa aorta hosil bo‘ladi. Beshinchi juft arteriya hamma umurtqalilarda atrofiyaga uchraydi. Oltinchi juft arteriya o‘pka arteriyasiga aylanadi. Homila vaqtida o‘pka arteriyasini aorta bilan bog‘lab turuvchi tomir mavjud bo‘lib, u Botallo yo‘li deb ataladi. Yurak-qon tomirlar sistemasi filogenezi bilan tanishuv odamdagi ayrim anomaliyalar negizini aniqlash imkonini beradi. Ba’zan homila vaqtida to‘rtinchi juft oyquloq arteriyasining o‘ng yoyi reduksiyaga uchramaydi. O‘ng yoyi aorta traxeya va qizilo‘ngachni aylanib o‘tib, chap aorta bilan birikadi va toq orqa aortani hosil qiladi. Bunda yosh o‘tishi bilan traxeya va qizilo‘ngach aorta yoylari o‘rtasida siqilib qoladi. Yurakdagi tug‘ma anomaliyalardan yurak bo‘l- machalari, qorirtchalari o'rtasidagi to'siqlarning rivojlanmasligi ham uchraydi. Botallo yo‘lining, bitmay qolishi ham qon tomirlar sistemasi anomaliyalariga kiradi. Yurak-qon tomirlar anomaliyasidan yana biri tomirlar tran- spozitsiyasidir. Bunda aorta va o‘pka arteriyasi stvollari yurakdan noto‘g‘ri chiqadi. Bunga sabab embrional taraqqiyot vaqtida yurak qorinchasidan bitta arterial stvol chiqib, artetial va venoz qon aralashishiga sabab bo‘ladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling