2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Hazm qilish sistemasi filogenezi
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40- rasm. Umurtqalilar tishlarining evolutsiyasi.
- Ta’sirlanuvchanlik
- Mashg‘ulotning maqsadi.
Hazm qilish sistemasi filogenezi. Umurtqalilarda hazm qilish sistemasi filogenizida tuban xordalilar (lansetnik) dagi to‘g‘ri naydan iborat ichak ma’lum funksiyalar bajaradigan, ovqatni mexanik va
kimyoviy parchalaydigan a’zolargacha mukammallashadi. Hazm qilish sistemasining old halqum qismi nafas olish a’zosiga aylanadi yoki nafas olish sistemasi bilan bog'langan bo'ladi. Evolutsiya davomida hazm nayi uzunlashadi, so'rish sathi xilma-xil bukilmalar, mikrovorsinkalar yordamida kengayadi, hazm qilish bezlari rivojlanadi. Umurtqalilarning hazm qilish sistemasi entodermadan rivojlanadi. Ularning hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘shlig‘idan va undagi tishlar, halqum, qizilo'ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklargacha davom etadi. Bundan tashqari, ularda so‘lak bezlari, jigar va oshqozon osti bezi yaxshi takomillashgan. Umurtqalilar hazm qilish sistemasi a’zolari har bir sinf vakillarida o‘ziga xos rivojlangan. Baliq va amfibiyalarda jigar birmuncha yirik, oshqozon osti bezi ichakning yon o'simtasi sifatida rivojlanadi. Baliqlarda oshqozon yaxshi shakllanmagan. Baliq va amfibiyalar jag‘larida bir qator konussimon tishlar, ya’ni gomodont sistemali tishlar mavjud. 40- rasm. Umurtqalilar tishlarining evolutsiyasi. a—Perm davri reptiliyalarining konussimon tishlari; b—yuqori, terpo- dontlarning tishlari; d—sodda sutemizuvchilarning tishlari; e—maymunlar ajdodining tishlari; f—yuqori maymunlar va odamning tishlari. ular 1 minutda 30-35 marta nafas oladilar. Bu hoi organizmda O2 talabi katta ekanligini ko‘rsatadi. Tashqaridan kiruvchi mineral tuzlar ham modda almashinuvi natijasida o‘zlashtiriladi. Kalsiy tuzlari qon ivishida, suyaklarning rivojlanishida, mushaklarning faoliyatida zarur, temir tuzlari esa gemoglobin tarkibining asosini tashkil etadi. Agarda odam organizmida yod almashinuvi buzilsa qalqonsimon bez faoliyatida o'zgarishlar kuzatiladi. Ta’sirlanuvchanlik organizmning tashqi va ichki ta’sirotlarga bo'lgan javobidir. Nerv sistemasi rivojlanmagan organizmlarda ta’sirlanuvchanlik tropizm, nastiya, taksis shaklida namoyon bo'ladi. Ta’sirlanuvchanlik organizmning doimo o‘zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlariga moslashishini ta’minlaydi. Harakat qilish ham tirik mavjudotlarga xos xususiyatlardan, ta’sirlanuvchanlikning tashqi ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Hujayrada harakat-sikloz, (o‘simlik hujayralarida) amyobasimon, tebranuvchi, kiprikli, xivchinli, mushakli shakllarda yuzaga chiqadi. Biologik harakatning eng oliy darajasi mushak harakati hisoblanadi. Ularda qisqaruvchi va yoziluvchi maxsus organoidlar — miofibrillalar harakatni yuzaga chiqaradilar. Mashg‘ulotning maqsadi. Tiriklikning asosiy xususiyatlari — tnoddalar, energiya almashinuvi, ta’sirlanuvchanlik mohiyatlari, turlari, evolutsiyasi, biologiya va tibbiyotdagi ahamiyati bilan tanisliish. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar. Mavzuning mazmuni bilan lanishib chiqing va quyidagi savollarga javob toping: Nima uchun moddalar va energiya almashinuvi tiriklikning eng asosiy xususiyatlari hisoblanadi, bu jarayonlar noorganik dunyoda ham kuzatilmaydimi? Assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlarini izohlab bering. Assimilatsiya va dissimilatsiya orasidagi bog‘lanishlarni bilasizmi? Ontogenez davomida assimilatsiya va dissimilatsiya mutanosibligi o‘zgaradimi? Energiya almashinuvida glikolizning, Krebs siklining, elektron tashuvchi zanjirning ahamiyatini bilasizmi? Energetik valuta nima? Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling