2. P. R. 01imxo‘jayeva —
mavzu. Moddalar va energiya almashinuvi. Ta’sirlanuvchanlik 47
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv jihozlari.
- Mashg‘ulot rejasi.
- Vaziyatga doir masalalar.
- Mashg 4 ulotning maqsadi.
- Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar.
mavzu. Moddalar va energiya almashinuvi. Ta’sirlanuvchanlik 47
Glukoza molekulasida to‘plangan energiyadan nima uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish mumkin emas? Nima uchun sut kislotasi va spirtda C02ga nisbatan energiya ancha ko‘pligini bilasizmi? Tropizm, nastiya, taksis jarayonlari mohiyatini tushuntiring, misollar keltiring. Hujayralarning qanday harakat turlarini bilasiz? (misollar keltiring) Vaziyatga oid masalalarni yeching, test topshiriqlariga javob toping va ularni isbotlang. O‘quv jihozlari. Mavzuga oid jadvallar, mantiqiy sxemalar, vallisneriya o‘simligi, evglena, tufelka, amyoba tutuvchi suyuq ozuqa muhit, buyum va qoplagich oynalar, preparat tayyorlash uchun ignalar, pipetkalar, osh tuzi, karmin, ko‘k metilen bo‘yog‘i, slaydlar, mikroskop, kodoskop, videofilmlar. Mashg‘ulot rejasi. Jadvallar, mantiqiy sxemalar va videofilmlar yordamida moddalar va energiya almashinuvi o‘rganiladi. Vallisneriya o‘simligidan vaqtincha preparat tayyorlab sikloz o‘r'ganiladi. Vaqtincha pre- paratlarda evglena, tufelka, amyobaning harakatlanishi kuzatiladi. Tufelkali vaqtincha preparatga karmin qo‘shilsa hazm vakuolalari aniq ko‘rinadi, osh tuzi qo‘shilganida u laming harakati tezlashishi ko‘riladi. Ko‘k metilen qo‘shilganda trixotsistalar otilishini ko‘rish mumkin. Talabalar albomga jadvallar, mantiqiy sxemalarni chizadilar. Mashg‘ulot oxirida albomlar tekshirilib, baholanadi, keyingi mashg‘ulot vazifasi tushuntiriladi. Vaziyatga doir masalalar. Agar tez-tez yozsak yoki tinmay juda tez harakat qilsak charchab qolamiz, mushaklarimiz qisqarishi va yozilishi susayadi. Bu hodisa mohiyatini tushuntirib bering va shu hodisani ifodalovchi kimyoviy reaksiyani yozib bering. Fiziologlarning ko‘rsatishicha, sut kislotasining biroz miqdorda hosil bo‘lishi mushak qisqarishini jadallashtiradi. Masalan, sportchi musoboqadan oldin biroz mashq qiladi. Sut kislotasining juda ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi esa mushak qisqarishini susaytiradi, uni tezda charchatib qo‘yadi. Bundan tashqari sut kislotasi hosil bo‘lishi uchun Reptiliyalar tishlari ham gomodont tuzilgan (40- rasm), ularda ingichka va yo‘g‘on ichak chegarasida birinchi marta ko‘r ichak paydo bo‘ladi. Qushlarning hazm sistemasi ularning o‘sishiga moslangan holda takomiiiashgan. Ularda jag‘ va tishlar bo‘lmaydi, yo‘g‘on ichagi anchagina kalta bo'ladi. Sutemizuvchilarda geterodont tishlar sistemasi rivojlanadi. Ular halqumining yon devoridan 4 ta oyquloq cho‘ntak rivojlanadi. Bu cho‘ntaklarning birinchi juftidan Evstaxiy nayi va o‘rta quloq, ikkinchisidan murtaklar sinusi, uchinchi va to'rtinchisidan esa qalqon oldi va qalqonsinion bez rivojlanadi. Ba’zan bu bezlarning shakllanishi noto‘g‘ri borganligi sababli, bo‘ynida tug‘ma teshiklar bo'lishi anomaliyasi rivojlanishi kuzatiladi. Hazm sistemasi nuqsonlari ichak naychasi yoki uning hosilalarining gipogeneziyasi (sust rivojlanishi) yoki ageneziyasi (umuman rivojlanmasligi), kanalchalar yoki teshiklarning stenozi, atreziyasi, ayrim to‘qimalarning geterotopiyasi shakllarida kuzatiladi. Shunday qilib, umurtqalilar hazm sistemasining evolutsiyasi uning tuzilishining tobora murakkablanishi, ixtisoslashishi, ovqat so'ruvchi sathining uzayishi va har xil moslamalar hisobiga ortishi, tishlarning ixtisoslashishi yo‘nalishida boradi. Mashg4ulotning maqsadi. Umurtqalilarda hazm, qoplovchi, harakat-tayanch sistemalari takomllashuvining evolutsion yo‘lini aniqlash, umurtqalilar sistemalaridagi moslama belgilarini aniqlash, talabalarda hosil bo‘lgan bilim asosida odamda bu sistemalar xususiyatlarini va ularda uchraydigan anomaliyalarni izohlab berish. Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar. Mavzuni o'rganing, quyidagi savollarga javob toping: Qoplovchi a’zolar sistemasi evolutsiyasi qanday yo'nalishda borishini tushuntiring. Qoplovchi to'qimalar holatini bilishning tibbiyotdagi ahamiyatini aytib bering. O‘zak skeleti filogenezi qanday yo‘nalishda boradi? O‘zak skeleti anomaliyalariga misol keltira olasizmi? Qo‘l-oyoq skeleti filogenezi qanday yo‘nalishda boradi? Qo‘l-oyoq skeleti anomaliyalariga misollar keltiring. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling