2. P. R. 01imxo‘jayeva —


a b d 48- rasm. Endokrin bezlarining taraqqiyoti


Download 1.88 Mb.
bet103/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

a b d
48- rasm. Endokrin bezlarining taraqqiyoti.
a, b—anamniya; d—ainniotalar. 1—qalqonsimon bez; 2—bo‘qoq bezi kurtaklari. I—VI—oyquloq qopchalari.

Qalqonsimon bezning tiroksin gormoni katta ahamiyatga ega. Oshqozon osti bezidagi Langergans oroli insulin va glukagon gormonlarini sintezlovchi endokrin qismi hisoblanadi. Bu gormonlar uglevod va yog' almashinuvida ishtirok etadi. To'garak og'izlilarda bu bez aniq shakllanmagan. Ularning ichaklari devorida ayrim bez bo'lakchalari bo'lib, ular oshqozon osti bezi deb yuritiladi. Baliqlardagi oshqozon osti bezi bo'lakchalar (konglomeratlar) shaklida yog' kletchatkasida tarqoq joylashgan bo'ladi. Amfibiyalarda pankreatik endokrin orolchalar yaxlitlangan, ular shu qism uchun xos bo‘lgan hujayradan tuzilgan. Reptiliyalar va qushlarning oshqozon osti bezida va beta hujayralar aniq ko‘rinadi. Sutemi­zuvchilarda bu bezning endokrin qismi ikki xil hujayradan tashkil topgan. Odamda beta tipidagi insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar soni ko‘p bo'ladi.


Buyrak usti bezi po‘stloq va mag‘iz qismlaridan iborat. Po‘stloq qismida tuz-suv almashinuvini va jinsiy bezlar faoliyatini bosh- qaruvchi gormonlar sintezlanadi. Mag‘iz qismi esa qonga adrenalin va noradrenalin gormonlarini ajratadi. Embriogenezda bu bez ikki manbadan rivojlanadi.
To'garak og'izlilarda buyrak usti bezi kardial venalarning orqa sohasiga joylashgan ayrim hujayralar orolchalaridan iborat.
Baliqlarda buyrak usti bezi buyrakka singib ketgan holda joylashadi. Amfibiyalarning buyrak usti bezi ko'pincha buyrakning ventral sohasida rivojlanadi.
Reptiliyada buyrak usti bezi buyrakning oldida joylashadi. Qushlar va sutemizuvchilarda bu bez bilateral holda buyrakning old yuqori qutbiga joylashadi. Sutemizuvchilarda po'stloq qismi bir necha zonalar hosil qiluvchi sekretor hujayralardan iborat. Bu qismda glikokortikoid, androgen, estrogen va progesteron gormonlar sintezlanadi.
Shunday qilib, endokrin sistemasining evolutsiyasi nerv sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib, endokrin bezlar tuzilishining murakkablashuvi, ixtisoslanishi yo'nalishida boradi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling