2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet111/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Odam ekologiyasi fani antropoekologik sistemalar kelib chiqishi, yashashi va rivojlanishi qonunyatlarini o‘rganadi. Odam ekologiyasi fani faqat tabiiy-ilmiy masalalargina emas, ijtimoiy, falsafiy, geografik muammolar bilan ham shug'ullanadi.
Antropoekologik sistemalar muhit bilan o'zaro dinamik bog‘- langan va shu tufayli o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi insonlar uyush- masidir. Antropoekologik sistemalarning tabiiy ekosistemalardan asosiy farqi unda insonlar jamiyatining mavjudligi va dominant rol o‘ynashidir.
Antropoekologik sistemalarda insonlar jamiyati bilan tabiiy muhit orasida o'zaro ta’sir ikki xil yo’nalishda boradi: 1. Muhit ta’sirida biologik va ijtimoiy ko'rsatkichlar o'zgaradi. 2. Insonlar ehtiyojini qondirish natijasida muhitning o‘zi ham o'zgarib boradi.
Odam ekologiyasi fanining asosiy vazifalari:

  1. Yashash muhitini idora qilishning usullarini ishlab chiqish.

  2. Tabiat zaxiralalaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

  3. Insonlarning yashash muhitlarini optimizatsiyalash choralarini o'rganish.

  4. Insonlarning yashash muhitiga ekologik adaptatsiyasini o'rganish.

Inson bioijtimoiy mavjudot bo'lganligi uchun uning yashash muhiti bilan munosabatlarida bir qancha o'ziga xosliklar mavjud.

  1. Inson ekologik omil sifatida hayvonlar kabi faqat tabiiy zaxiralardan foydalanibgina qolmaydi, balki uning tabiatga ta’siri maqsadga muvofiqli, ongli bo'ladi, tabiat ustidan hukmronlik qiladi, tabiatni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradi.

  2. Insonning tabiatga ta’siri o'simlik va hayvonlarnikiga qaraganda juda kuchlidir. Hayvonlar va o'simliklar faqat fotosintez natijasida jamlangan energiyadan foydalansa, odamlar qazilma boyliklar, suv, atom termoyadro energiyalaridan foydalanadi. Bu г-на insonlar jamiyatining planetada keng tarqalishi va tez ko'payishiga imkoniyat yaratadi. Inson keng kosmopolitik arealga ngadir.

  3. Insonning ekologik omil sifatida yana bir o'ziga xosligi — lining fnoliyati faol va ijodiy xarakterga ega ekanligidir.

  4. Insonning boshqa tirik mavjudotlardan yana bir farqi uning ekologik optimumining chegaralanganligidir. Insonlarning tabiatda keng tarqalishi ularning biologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari orqali emas, balki inson o‘ziga loyiq muhit yaratishi tufayli amalga oshadi.

Odamning yashash muhiti ikkita tarkibiy qismdan tashkil topadi:

  1. Biologik-tabiiy (tabiiy muhit).

  2. Ijtimoiy-madaniy (sun’iy muhit).

Ijtimoiy omillar ta’sirida insonlar jamiyatining xo‘jalik-madaniy tiplari kelib chiqadi va o'sha sharoitga qarab almashinib turadi.
Xo‘jalik-madaniy liplar: kelib chiqishi farqlanadigan, bir xil tabiiy sharoitlarda yashaydigan, bir xil ijtimoiy-iqtisodiy darajada bo‘lgan, xo'jalik-madaniy faoliyatlari o'xshash bo'lgan shaxslar umumlashmasidir. Sliuixlay qilib, inson o‘z faoliyati natijasida xo‘jalik-madaniy inuliitni yarntadi. Bunday muhitning asosiy ko'rsatkichlari quyidagi la r:

  1. Insonlarning hayot tar.-i.

  2. Kasalliklar slruklurasi.

  3. Sog'liq ko'rsatkichlari.

Muhit sifatning integral mezoni insonlarning sog'ligi ko'rsatkichlaridir.
Insonlarning ekologik differensiatsiyalanishi. Evolutsiya jarayonida inson populatsiyalari doimo ekologik omillar ta’sirida bo‘lib kelgan. Ilmiy-texnik revolutsiya insoniyat tarixining faqat 1% qismiga teng. O‘z tarixining asosiy qismida insoniyat: iqlim, alimentar omillar, geokiniyoviy jarayonlar, biologik omillar ta’sirida rivojlanib kelgan. O‘slia yuqoridagi omillar ta’sirida insonlarning har xil ekologik adaptiv tiplari shakllangan.
Adaptiv tip — ma’lum muhitga eng yaxshi moslanishni ta’minlovchi morfologik, funksional, biokimyoviy, immunologik va boshqa belgilar rivojlanishini ta’minlovchi reaksiya normasidir. Reaksiya normasi qancha keng bo‘lsa moslashish ham shuncha yaxshi bo‘ladi.
Adaptiv tiplar kelib chiqishining asosiy zaxirasi va zamini o‘ zgaruvchanlikdir.
Boshqa populatsiyalar kabi insonlar populatsiyalarida ham genetik polimorfizm mavjud bo'lib, uning natijasida bo‘yi, ko’krak qafasi kengligi, teri osti yog‘ kletchatkasi qalinligi, gaz almashinishi, qon oqimi tezligi, suyaklar mineralizatsiyalanishi, qonda xolesterinning miqdori kabi ko‘rsatkich bo‘yicha 10-25% farqlar mavjud.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling