2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- mavzu. Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi 219


Download 1.88 Mb.
bet114/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

26- mavzu. Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi 219

  • atmosferaning ifloslanganligi ultrabinafsha radiatsiyasi jadalligini ancha susaytiradi ( bolalar orasida raxit, D-avitaminozlari ko‘proq uchraydi).

  • o'simlik ovqatlari, sut mahsulotlari nisbatan kam iste’mol qilinadi;

  • tug'ilish ko‘rsatkichlari ancha past.

Urbanotsenozlarda quyidagi tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etiladi:

Insonning tabiatga ta’siri. Insoniyatning tabiatga ta’siri uning tarixining eng dastlabki davrlaridanoq davom etib kelmoqda. Ammo dastlab bu ta’sirlar kuchli bo‘lmagan, ularning o‘rni to‘ldirilgan, tabiatdan olingan narsalar, yana moddalar davriy almashinuvi natijasida tabiatga qaytarilgan.
Insoniyat tarixining hozirgi bosqichida esa bu ta’sirlar juda kuchayib bormoqda.

  1. Energiya ishlab chiqarish natijasida energiya hosil qiluvchi moddalar zaxirasi tobora kamayib bormoqda. Atmosferaga tobora ko'proq CO2, SO2, azot oksidlari ajratilmoqda, kislorod miqdori tobora kamayib, CO2 miqdori esa ortib bormoqda. Chang zarrachalari tarkibida kanserogen, teratogen, mutagenlar miqdori tobora ortib bormoqda.

  2. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tabiiy zaxiralar tobora ko‘plab sarflanib, ularning o‘rni to'ldirilmayapti, chiqindilar miqdori ortib bormoqda (har kuni bir kishi boshiga 2,5-3 kg chiqindilar to‘planadi). Yangi kimyoviy birikmalar sintezi uchun ko‘p miqdorda kimyoviy mahsulotlai' sarflanmoqda.

  3. Ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yangi yerlar ochilmoqda, o‘rmonlar kesilmoqda. Bular esa tuproq eroziyasiga sabab bo’lmoqda. Kimyoviy o'gitlar, pestitsidlar, ovqatga qo‘shi- laai konservantlar inson sog'ligi uchun juda katta xavf hisoblanadi.

  4. Insonning xo‘jalik faoliyati natijasida juda ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib bormoqda.

  5. Transport vositalari tobora ko‘p rivojlanishi biosferaning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda, transport chiqindilari atmosfera gazlari tarkibiga ta’sir qilmoqda.

Hamma yuqorida keltirilgan ta’sirlar biosferadagi ekosistemalar orasidagi muvozanat buzilishiga olib kelmoqda, biotik davriy almashinuvi yopilmay qolmoqda, „parnik effekti“ sodir bo'lmoqda, atmosferada „ozon teshiklari" hosil bo‘lmoqda, ularning o‘lchami tobora ortib bormoqda.
Tabiatni va yashash muhilini muhofaza qilish choralari. Ta- biatni muhofaza qilish uni qo‘l Lekkizmasdan saqlash kerak deb tushunish emas. Bu muhofaza choralari tabiiy resurslardan foydalanish va o‘rnini to‘Idirish o'rtasida muvozanat saqlashga qara- tilgan bo‘lishi lozim.’ Biosl'craning quvvatini o‘z holatida saqlashga harakat qilish lozim.
Eng asosiysi, biosl'erada moddalar vn energiya davriy aylanishini buzilmaslikka, bioHl’eraiiing biologik mahsuldorligini o‘zgartir- maslikga harakat qilmoq zarur.
Biosferadagi o‘zgarmhlarning inson genofondiga yetkazayotgan zararini aniqlabgina qolma.sdan insonniug irsiyatini zararli omillar ta’siridan saqlash choralai ini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.
Buni amalga oshirish uchtig populatsiyalarda genetik moni-toring amalga oshiriladi.
Genetik monitoring bn: atrof-muhit zararli omillarining mutagen faolligini baholash uchun o‘ta sezgir test-sistemalarni yaratish, insonlar populatsiyalarida kechayotgan genetik jarayonlarni samarali. kuzalib borishga inikon beruvchi usullarni topishdir.
Insonlar populatsiyalarida genetik monitoring o‘tkazishning quyidagi tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan:

  1. Tibbiy statistik ma’lumotlardan foydalanib genetik yukni aniqlash. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi:

  1. Spontan abortlar chastotasini aniqlash.

  2. O'lik tug'ilishlar chastotasini aniqlash.

  1. Tug‘ma va orttirilgan kasalliklar chastotasini aniqlash.

  1. Dominant mutatsiyalar fenotipini aniqlash.

  2. Mutant oqsillarni aniqlash uchun qon zardobida oqsillarni elektroforez usulida o'rganish.

  3. Spontan abortlar, o‘lik tug‘ilishlar, chala tug'ilishlar va tug'ma nuqsonlar bilan tug'ilganlarni sitogenetik tekshirish.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling