2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasin. Iclink hunbliyasi va lining sistasi


Download 1.88 Mb.
bet122/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

60- rasin. Iclink hunbliyasi va lining sistasi.
1—qobiq; 2- sitoplazina; 3 yailro; 4 yopishadigan diski; 5—aksostil;
6—xivchinlari; 7 vegetativ sbaklilan sista shakliga o‘tish holati; 8—ichak laiiibliyasining sistasi.

Hayot sikli. Jinssiz usiilda ko'payadi. Parazitning invazion bosqichi sistalar hisoblanadi. Kasallik manbai — kasal odamlar. Odamlarga alimentar usiilda qaynatilmagan suv, yuvilmagan meva, sabzavotlar va iflos qo'llar orqali yuqadi.
Patogen ta’siri. Patazitlar ovqatning ichakda hazm bo'lishi va so'rilishini buzadi. Ko'pincha simptomsiz sista tashuvchilik holati kuzatiladi. Ko‘p mutaxassislar lambliyaning patogenligini tan olmaydilar.
Laboratoriya tashhisi. Axlatda vegetativ shakllar va sistalar, 12 barmoqli ichakdan zond orqali olingan suyuqlikdan vegetativ shaklini topish asosida qo‘yiladi.
Profilaktikasi. Boshqa ichak protozoy invaziyalaridagi kabi amalga oshiriladi. Kasallik asosan bolalarda ko‘p uchragani uchun bolalar muassasalarida sista tashuvchilarni aniqlashga ko‘proq e’tibor berish lozim.
Kipriklilar (Ciliata) sinfi
Kipriklilar yoki infuzoriyalar (Infuzoria) vakillari sodda hayvonlar orasida eng murakkab tuzilganlaridir. Ularning o‘ziga xos belgilari — maxsus xarakat organoidlari xivchinlari mavjudligi va yadro dimorfizmidir. Golotrixiyalar turkumiga kiruvchilar tibbiyotda ahamiyatga ega.
Ichak balantidiyasi (Balantidium coli)
Ichak balantidiyasi (Balantidium coli) — balantidio2 qo‘ zg‘atuvchisi.
Mazkur sinfining odamda parazitlik qiluvchi birdan-bir turi.
Xo‘jayin organizmida joylashishi. Yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida, ba’zan devorida yashaydi.
Geografik tarqalishi. Kasallik hamma joylarda, issiq iqlimli mamlakatlarda ko‘proq uchraydi.
Morfologiyasi. Odamlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvon- larning eng yirigi bo'lib, o'lchami uzunasiga 200 mkm gacha yetadi. Ovalsimon shaklga ega, tashqaridan kiprikchalar bilan qoplangan. Sitoplazmada 2 yadro (makronukleus va mikronukleus), 2 ta qisqaruvchi vakuol joylashgan. Sitostom, sitofarings va sitoprokt ham mavjud. Asosan jinssiz, ko‘ndalangiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi (61- rasm).


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling