2. P. R. 01imxo‘jayeva —
- mavzu. Antropogenez. Bosqichlari, yo‘naltiruvchi kuchlari. Odam irqlari 213
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga doir masalalar.
- Test topshiriqlari.
25- mavzu. Antropogenez. Bosqichlari, yo‘naltiruvchi kuchlari. Odam irqlari 213
Mashg‘ulot rejasi. Mashg'ulot seminar shaklida o'tkazilib, talabalar mustaqil ravishda ularga berilgan savollarga javob beradilar. Muallim talabalarning javoblarini izohlab, to‘ldirib boradi. Antropogenez haqida o‘quv videofilmlari namoyish etiladi. Mashg‘ulot davomida talabalar o‘quv jihozlari yordamida antropogenez bosqichlari bilan, pitekantrop, neandertal odam, kromanon odami kalla suyagi, qo‘l va oyoq suyaklari tuzilishi bilan tanishib chiqadilar hamda ularning ayrimlarini albomga chizadilar. Keyin vaziyatli masalalar yechiladi va test topshiriqlari bajariladi. Mashg‘ulot oxirida vazifalar bajarilishi tekshiriladi, talabalar bilimi baholanadi va keyingi mashg‘ulot uchun topshiriqlar beriladi. Vaziyatga doir masalalar. Kalla suyagining hajmi 900 sm3, ko‘z kosasi do‘mbog‘i juda yaxshi rivojlangan, peshona suyagi birmuncha tor, ensa relyefi rivojlanmagan. Bu kalla suyagi kimga qarashli? Kalla suyagining hajmi 400 sm3, saggital o‘simta yo‘q, ensa suyagida o‘simta rivojlangan, ko‘z kosasi do‘mbog‘i rivojlangan. Bu kalla suyagi kimga qarashli? Odam irqlarining somatik hujayralarida 46 tadan xromosoma bo‘ladi. Yevropoid bilan mongoloid yoki negroidlar o'rtasidagi nikohlardan serpusht avlod qoladi. Bir irqqa mansub odam qonini ikkinchi irqqa mansub odamga quyish mumkin (agar qon guruhlari mos kelsa). Ko‘rsatilgan belgilar odam turining qanday mezonlari bo‘lib hisoblanadi, bu mezonlar yordamida qanday xulosalarga kelish mumkin? Odam va shimpanze oqsillari solishtirib o‘rganilganda ularning oqsillari 99% o‘xshashligi aniqlandi. Demak, ularning strukturaviy genlari ham shunday o‘xshashdir. Odamlar va shimpanze orasidagi morfofiziologik farqlar sababi haqida o‘ylab ko‘ring (Genetika bo'limida olgan bilimlarni esga oling). Test topshiriqlari. Odamlar populatsiyalarida qanday belgilarning polimorfizmi uchramaydi? A. Sifat belgilarining. B. Miqdoriy belgilarning. D. Qon guruh- larining. E. Fermentlarning. F. Xromosomalar sonining. Paleoantroplar bosh miyasining hajmi: A. 1400 sm3 gacha. B. 900-1100 sm3. D. 1500 sm3 gacha. E. 600- 750 sm3 gacha. F. 1050 sm3. Odamlar populatsyalarida odam ijtimoiy mohiyati tufayli mutatsiyalar: A. Evolutsiyaning elementar omili bo‘la olmaydi. B. Ijti- moiylikning mutatsiyalar ahamiyatiga ta’siri yo‘q. D. Odam popu- latsiyalarida mutatsiyalar o‘ziga xos kechadi. E. Odam populyat- siyalarida mutatsiyalar chastotasi juda kam. F. Mutant allellar odamlar populatsiyadan tez eliminatsiyalanadi. Antropogenezning qaysi bosqichida irqlar paydo bo'lgan? A. Avstralopiteklar. B. Avstralopiteklardan arxantroplarga o‘tishida. D. Arxantroplarda. E. Arxantroplardan paleoantroplarga o‘tishida. F. Palcantroplardan neoantroplarga o‘tishida. Odamdan yuqori turgan tur kelib chiqishi mumkinmi? A. Ha, odamga tabiiy tanlash ta’sir qiladi. B. Yo‘q, tabiiy tanlash odam populatsiyalnriga ta’sir qilmaydi. D. Yo‘q, odam biologik qonuniyatlarga eimis, ijtimoiy qonuniyatlarga bo'ysunadi. E. Yo‘q, tabiiy tanlash ta’sirqilsa ham tur hosil qilish funksiyasini yo'qotgan. F. Genetik injencriya yuqori darajada rivojlanganida tajribada yaratish mumkin. Antropogenezning qaysi bosqichida nutq paydo bo'lgan? A. Avstrolopiteklarda. B. Pitekantroplarda. D. Neandertallarda. E. Kromanonlarda. F. Insoniyat rivojlanishi yangi erasidan boshlab. Odam, qanday klassifikatsiya guruhlariga kiradi? Sutemizuvchilar sinl'i. 2. Donishmand (aqlli) odam turi. 3. Xor- dalilar tipi. 4. Primatlar turkumi. 5. Umurtqalilar tipchasi. A. 1,2, 3,4, 5. B. 5, 3,2,4, 1. D. 3, 5, 1, 4, 2. E. 3, 1, 4, 2,5. F. 2, 1,3, 5, 4. Antropogene2 bosqichlari ketma-ketligini to'g'ri ko'rsating: A. Pregominidlar, paleoantroplar, arxantroplar, neoantroplar. B. Pregominidlar, arxantroplar, neoantroplar, paleoantroplar. D. Pregominidlar, arxantroplar, paleoantroplar, neoantroplar. E. Pregominidlar, neoantroplar, paleoantroplar, arxantroplar. F. Neoantroplar, paleoantroplar, arxantroplar, pregominidlar. Yyevgenika fanining asoschisi him? A. Darvin. B. Galton. D. Mendel. E. Gekkel. F. Geksli. Qaysi irq vakillari uchun lablarning qalinligi, burinning kengligi, oyoqlarning gavdaga nisbatan uzunligi xos? A. Hamma irqlar uchun. B. Negroidlar uchun. D. Yevropoidlar uchun. E. Mongoloidlar uchun. F. В va D javoblar to‘g‘ri. mavzu. ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING EKOLOGIK DIFFERENSIATSIYALANISHI Mavzuning mazmuni. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling