Qanday adaptiv tipda qonning kislorod sig‘imi ortishi, eritrotsito2 kuzatiladi?
A. Arktik adaptiv tipda. B. Tropik adaptiv tipda. D. Tog‘ adaptiv tipda. E. Dasht adaptiv tipda. F. Subtropik adaptiv tipda.
Odam yashash muhitining asosiy ko‘rsatkichlari:
A. Insonlarning hayot tarzi. B. Kasalliklar strukturasi. D. Sog‘- liq ko'rsatkichlari. E. To‘g‘ri javob berilmagan. F. Hamma javoblar bir-birini to'ldiradi.
Xo‘jalik-madaniy tiplar:
A. Bir xil tabiiy sharoitlarda yashaydigan shaxslar yig'indisi. B. Bir xil ijtimoiy-iqtisodiy darajada bo'lgan shaxslar yig'indisi.
Iqlim, biologik, alimentar, geokimyoviy omillar ta’sirida shakllangan reaksiya normasiga ega shaxslar majmuasi. E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
A va В javoblar to‘g‘ri.
Adaptiv tiplar:
A. Bir xil tabiiy sharoitlarda yashaydigan shaxslar yig‘indisi. B. Bir xil ijtimoiy-iqtisodiy darajada bo'lgan shaxslar yig'indisi.
Iqlim, biologik, alimentar, geokimyoviy omillar ta’sirida shakllangan reaksiya normasi ega shaxslar majmuasi. E. Hamma javoblar to‘g‘ri. F. Hamma javoblar noto‘g‘ri.
Adaptiv tiplar kelib chiqishining asosiy 2axirasi va zamini:
A. Irsiyat. B. 0‘zgaruvchanlik. D. Muhit omillari. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. A va D javoblar to'g'ri.
BO‘LIM. PARAZITOLOGOYANING
BIOLOGIK ASOSLARI
mavzu. SODDA HAYVONLAR (PROTOZA) TIPI
Tip: Protozoa — Sodda hayvonlar.
Sinf: Sarcodina - Sarkodalilar.
Tur: Entamoeba histolytica Dizenteriya amyobasi, amyobiaz- ning qo‘zg‘atuvchisi.
Tur: Entamoeba eoli tchak amyobasi.
Sinf: Flagellata Xivchinlilar.
Tur: Leishmania. tropica Leysiirnaniya, teri leyshmaniozi qo‘ zg‘ atuvchisi.
Tur: Leishmania don ovarii Leysiirnaniya, ichki leyshmanioz qo‘zg‘atuvchisi.
Tur: Trypanosoma gambiense — Tripanosoma, tripanosomoz qo‘zg‘atuvchisi.
Mavzuning mazmuni.
Umumiy xarakteristikasi. Sodda hayvonlar — bir hujayrali organizmlar, ularning turlaniing soni 25000 ga yaqin. Odamlarda 25 turi parazitlik qiladi. Sodda hayvonlarning tuzilishi ko‘p hujayralilar hujayrasiga o'xshaydi, lekin mustaqil organizmlar bo‘l- gani uchun o‘ziga xos be I gi lari mavjud.
Ularning maxsus organoidlari harakat organoidlari, hazm va qisqaruvchi vakuolalari mavjud. Sodda hayvonlarning harakat organoidlariga psevdopodiyalar (soxta oyoqlar), kiprikchalar, xivchinlar kiradi. Ovqatlanish pinotsitoz yoki fagotsitoz orqali amalga oshiriladi. Ovqat maxsus hazm vakuolalariga tushadi, ba’zi turlarda sitostom mavjud. Qisqaruvchi vakuolalar osmotik bosimni boshqaradi va kislorod bilan ta’minlaydi.
Sodda hayvonlar ko‘payishi jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Ba’zi turlarida esa murakkab rivojlanish sikli kuzatiladi. Noqulay sharoitlarda sistaga o'raladi.
Ko'pchilik sodda hayvonlar erkin hayot kechiradi, ancha qismi parazit hayot kechirishga moslashgan. Harakatlanishi usullari va
ko‘payishining o‘ziga xosligiga qarab sodda hayvonlar tipi 4 sinfga ajratiladi: Sarkodalilar (Sarcodina), Xivchinlilar (Flagellata), Sporalilar (Sporozoa), Kipriklilar (Ciliata).
Sarkodalilar (Sarcodina) sinfi
Do'stlaringiz bilan baham: |