2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Ayirish sistemasi filogenezi
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 47- rasm. Nefronning evolutsiyasi.
- Mashgulotning maqsadi.
- Mustaqil tayyorlanish uc.hun topshiriqlar.
Ayirish sistemasi filogenezi. Bu sislema organizmdan dissimilat- siyaning yaroqsiz mahsulotlarini chiqarib tashlaydi va mezoder- madan rivojlanadi.
Umurtqalilarning ayirish a’zolari juft buyraklardan iborat. Buyrakning mukammalligi undagi buyrak kanallarining tuzilishiga bog‘liq. Xordalilarda ayirish sistemasi evolutsiyasi uch tipdagi buyrak hosil bo‘lishi bilan boradi (47- rasm): 1) old buyrak yoki bosh buyrak — pronefros; 2) birlamchi buyrak yoki, tana buyrak — mezonefros; 3) ikkilamchi buyrak yoki chanoq buyrak — metanefros. Pronefros 6-12 ta metamer joylashgan kanalchalardan iborat. Ularning og‘zi tana bo‘shljg‘iga ochilib, pronefrotik kanaldan va nefrostomga yaqinroq joylashgan tomir tugunlaridan iborat. Pronefros halqali chuvalchanglarning metanefridiyalarini eslatadi. Pronefros faqat to‘garak og'izlilardagina faol bo‘ladi. Yuqori tuzilgan umurtqalilarda u faqat homila davridagina faol bo‘ladi. Qush va sutemizuvchilarda esa pronefros homila davrida shakllansa ham faol bo‘lmaydi. Tana somitlaridan bosh buyrak orqasida mezonefros shakllanadi. Somitlardan hosil bo‘luvchi kanallar pronefros kanallariga ochiladi. Keyinchalik tana buyrak kanali ikkiga ajraladi: birlamchi pronefrotik kanal — Muller kanali; ikkilamchi mezonefrotik kanal — Volf kanali. Bu kanallarning rivojlanishi 47- rasm. Nefronning evolutsiyasi. a—buyrak oldi; b—birlamchi buyrak; d—ikkilamchi buyrak; e—odam buyragi. 1—nefrostom; 2—ayiruv kanalchasi; 3—siydik nayi; 4—kapillar koptokchalari; 5—selom; 6—buyrak koptokchasi kapsulasi; 7—proksimal egri-bugri kanalcha; 8—distal egri-bugri kanalcha; 9—nefron sirtmog‘i. liar xil jinsli hayvonlarda turlicha bo‘ladi. Barcha amniotlarda inezonefrotik buyrak reduksiyalanadi va uning ostida mustaqil chanoq buyrak — metanefros hosil bo‘ladi. Ikkilamchi buyrakning selomik bo‘shliq bilan aloqasi butunlay uziladi. Ikkilamchi buyrak qon aylanish sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, ikkilamchi buyrakning ayirish maydoni boshqa buyraklardagiga nisbatan anchagina keng bo‘ladi. Masalan, tritondagi birlamchi buyrak 400 nefron, baqada 2000 nefron tutsa., quyonning ikkilamchi buyragi 180000, odamniki esa 1 mln nefronga ega. Buyrak rivojlanishining murakkab bo‘lishi bu a’zolarda ayrim anoma liyalarni keltirib chiqaradi. Chanoq buyrak ba’zan bel sohasiga joylashib qolishi kuzatiladi. Buy^aklarning ba’zan juda past joylashishi, ularning pastki qismlarining qo‘shilib o‘sishi va taqasimon shaklga ega bo‘lib qolishi kuzatiladi. Ba’zan buyraklar soni o‘zgarishi, ikkita buyrak o’rniga bitta buyrak rivojlanishi mumkin. Ayirish sistemasi evolutsiyasining asosiy yo‘nalishi: 1. Ayirish sathining kattalasliishi va shu bilan modda almashinish mahsulotlarining to‘la va tez chiqarib tashlashga imkoniyat yaratib berilishi. 2. Ayirish kanalining takomillashishi va buning natijasida organizm tomonidan suv va kerakli moddalarning yo‘qolishining cheklanishidir. Mashg'ulotning maqsadi. Umurtqalilarning nnfns olisli, qon aylanish va ayirish sis- temalarining tadrijiy taraqqiyotini aniqlash, evolutsiya mobaynida sistemalarda yuzaga koladigan nioslanma xususiyatlarni aniqlash, odamning mazkur sistenui In ricin uchraydigan ayrim anomaliyalar bilan tanishish. Mustaqil tayyorlanish uc.hun topshiriqlar. Mavzuni o'rganing va. quyidagi savollarga javob toping: Baliqlarning yuragi necha kamerali? Ularning qon aylanish doirasini izohlab bera olasizmi? Reptiliyalarning qon aylanish sistemasida qanday aromorfoz kuzatiladi? Qushlarning qon aylanish sistemasi sutemizuvchilarnikidan nimalari bilan farq qiladi? Ana shu farqlar nega kelib chiqadi? Qushlar qon aylanish sistemasida qanday aromorfoz kuzatiladi? Baqalarning nafas olish sistemasi qanday tuzilgan? Qushlardagi ikkilamchi nafas olishning ahamiyatini tushuntiring. Pronefros qanday tuzilgan va qaysi umurtqalilarda u faol bo'ladi? Mezonefros va metanefrosning rivojlanish manbalarini bilasizmi? Umurtqalilarning qon ishlab chiqaruvchi a’zolari evolut- siyasida tabiiy tanlashning ta’siri bormi? Qon shakl elementlari evolutsiyasini bilasizmi? Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling