2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. Exinokokk va alveokokk. a—exinokokk; b—alveokokk


Download 1.88 Mb.
bet138/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

74- rasm. Exinokokk va alveokokk. a—exinokokk; b—alveokokk.
1—skoleks; 2—bo‘yin; 3—germa- frodit bo‘g‘im; 4—yetuk bo‘g‘im; 5—bachadon.
Parazitning odamda yashash joyi. Boshqa turlardan farq qilib, odamdn I’inna bosqichlari yashaydi (jigardn, o'pkada, miyada vaboshqa n’z.olarda).
Geografik tarqalishi. Hamma joy I a rd a, ayniqsa mayda qoramol, itlarda va yaylovlarda keng tarqalgan.
Morfologiyasi. Mayda tasma- simonlar guruhiga kirib tanasi- ning uzunligi 5 sm dan oshmaydi, skoleksda to‘rtta so‘rg‘ichlari va ilmoqchalari bo‘lgan xartum joy- lashgan. Tanasi faqat 3-4 ta bo‘- g‘imdan tashkil topgan, oxir- gisidan oldin joylashgan bo‘g‘imi germafrodit, oxirgi bo‘g‘imi esa yetilgan bo‘ladi (74- rasm).
Hayot sikli. Definitiv xo‘ja- yini — go‘shtxo‘r hayvonlar va yirtqichlar (chiyabo'rilar, tulkilar va boshqalar) oraliq xo‘jayini esa odam, yirik va mayda qoramol, sutemizuvchilarning boshqa vakil- lari hisoblanadi.
Tashqi muhitga tuxumlar yoki tuxumlar bilan to'lgan harakatchan bo‘g‘imlar ajratiladi. Tuxumlar va yetuk bo‘g‘imlar tuproqni, o‘tloqni, itlarning va o‘txo‘r hayvonlar junini ifloslantiradi (75- rasm).

75- rasm. Exinokokkning taraqqiyot sikli.
Definitiv xo‘jayinlar uchun invazion bosqich exinokokk pufagi shaklidagi finnalar, oraliq xo‘jayinlar uchun esa tuxumlar hisoblanadi.
Odamga asosan kasal itlarning junini silaganda tuxumlar iflos qo‘llar orqali yuqadi. Odam ichagida tuxumdan onkosferalar chiqib, qon tomirlariga o‘tadi, jigar, o‘pka, miya va boshqa a’zolarga tarqaladi, o‘sha a’zolarda finnaga (exinokokk pufakchasiga aylanadi).
Exinokokk pufagi ikki qavatli qobiq bilan o'ralgan, ichi suyuqlik bilan to‘la bo‘ladi. Qobiqning ichki qavatida ko‘p sonli qizlik- nevaralik pufakchalari shakllanadi, ularning ichida skolekslari bo‘lgan bosh chiqaruvchi kameralar rivojlanadi.
Definitiv xo'jayinlarga kasallik finnali a’zolarni yoki o‘lik hayvonlarni yeganda yuqadi. Odam exinokokkoz tarqalishida ishtirok etmaydi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling