2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- l'asin. Serbar lasmiasimon chuvalchang


Download 1.88 Mb.
bet140/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

76- l'asin. Serbar lasmiasimon chuvalchang.
a—strobila; b—skoloku; d—gerniafi-odit bo‘g‘im; e—yetuk bo‘g‘im.
1—botriyalar; 2—bachadon; 3—sariqdon; 4—bachadon sirtmoqlari;
5—HirrtiH xaltasi; 6—tuxumdon.

yo'qotadi, (ilmoqchalari saqhinadi), keyin 6 ilmoqchali protserkoidga aylanadi.


Protserkoidlar ikkinclij oraliq xo‘jayinlar uchun invazion bosqich hisoblanadi. Baliqlar mushaklarida protserkoidlar plerotserkoidlarga aylanadi.
Plerotserkoidlar definitiv xo‘jayin uchun invazion bosqich hisoblanadi. Odamga xom, chala pishirilgan, chala tuzlangan baliq va ikralardan yuqadi. Ingichka ichakning devoriga plerotserkoidlar botriyalari bilan yopishib о‘sib yetuk shaklga aylanadi (77- rasm).
Patogen ta’siri. Ichak to‘qimalariga mexanik ta’sir ko‘rsatadi, to‘qimalar nekroziga sabab bo‘lishi mumkin. Kasai ozib ketadi, kamqonlik rivojlanadi, yaxshi davolanmasa o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya tashhisi. Axlatdagi tuxumlarni tekshirish orqali tashhis qo‘yiladi.

77- rasm. Serbar tasmasimon chuvalchangning taraqqiyot sikli.
1—tuxum; 2—koratsidiy; 3—protserkoid; 4—plerotserkoid; 5—strobila.

Profilaktikasi. Xom, chala pishirilgan, chala muzlatilgan, chala dudlangan, kam tuzlangan baliqni iste’mol qilmaslik, ikralarni xomligicha iste’mol qilmaslik, suv havzalarini axlat bilan ifloslanishiga yo‘l qo'ymaslik, sanitariya-oqartuv targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Mashg‘ulotning maqsadi.
Yuqorida qayd etilgan chuvalchanglarning morfologiyasini, hayot siklini, odamga yuqish yo'llarini hamda sestodozlarning laboratoriya diagnostikasi va ularning oldini olish choralarini o‘rganish.
18 Tibbiy biologiya va genetika
Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar.

  1. Mavzuni o'rganing va quyidagi savollarga javob toping:

  1. Tasmasimon chuvalchanglardagi qanday o‘zgarishlar ularning parazitlik qilishiga bog'liq?

  2. Tasmasimon chuvalchanglarning qaysi turlari odam organizmida faqat lichinka davridagina uchraydi?

  3. Nima uchun sestodalarning faqat hazm qilish sistemasi ikkilamchi reduksiyaga uchragan.

  4. Keng tasmasimon chuvalchang taraqqiyot sikli, laboratoriya tashhisi, profilaktikasi.

  5. Difillobotrioz kasalligining tarqalishiga har xil etnik guruhlarning oziqlanish xususiyatlari qanday imkon beradi?

  6. Exinokokk morfologiyasidagi qaysi xususiyatlari uni eng xavfli parazitlar qatoriga kiritadi?

  7. Nima uchun odam exinokokning rivojlanish bosqichida biologik berk yo‘l hisoblanadi?

  8. Exinokokkning odamlar va hayvonlarga yuqish yo‘llari.

  9. Exinokokozning diagnostikasi boshqa gelmintozlar diagnostikasidan qanday f'arq qiladi?

  10. Alveokokkozning tabiiy-manbaligi nimaga bog'liq va yana qanday tabiiy-manbali sestodozlarni bilasiz?

  11. Vaziyatga old niasalalarni peeking va test topshiriqlariga javob bering.

O‘quv jihozlari.
Mavzuga oid jadvallar, mantiqiy sxemalar, mikropreparatlar, slaydlar, mulajlar, o‘quv 1‘ilmlari, diaproektor, kodoskop, mikroskoplar.
Mashg‘ulot rejasi.
Talabalar o'qituvchi yordamida interfaol usullar yordamida exinokokk, alveokokk, serbar tasmasimon chuvalchangning morfologiyasida o‘ziga xosliklar, hayot sikli, patogen ta’siri, laboratoriya tashhisi, profilaktika choralarini o'rganadilar. O‘quv filmlari, makropreparatlar, slaydlardan, mulajlardan foydalaniladi. Mikropreparatlar yordamida parazitlar morfologiyasi, rivojlanish bosqichlari o‘rganiladi. Vaziyatga oid masalalar va test topshiriqlari bajariladi. Albomga serbar tasmasimon chuvalchangning germafrodit, yetuk bo‘g‘imlari, exinokokning finnasi va yetuk shakli chiziladi. Mashg'ulot oxirida vazifalar bajarilishi tekshiriladi, talabalar bilimi baholanadi va keyingi mashg'ulot uchun topshiriqlar tushuntiriladi.
Vaziyatga doir masalalar.

  1. Exinokokk pufagini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash muolajasi amalga oshirilayotganida, ehtiyotsizlik natijasida qorin bo‘shlig‘iga pufak suyuqligi to‘kildi. Bu qanday natijaga olib kelishi mumkin?

  2. Chala pishirilgan kabob, jigar kabobini iste’mol qilinganida exinokokk odamga yuqishi mumkinmi? Javobingizni isbotlashga harakat qiling.

  3. Sibir hududlariga xizmat safariga otlanayotgan shaxslarga qanday profilaktika choralarini maslahat berish mumkin?

Test topshiriqlari.

  1. Odam uchun serbar chuvalchangning invazion bosqichi:

A. Tuxumlar. B. Koratsidiy. D. Pierotserkoid. E. Protserkoid. F.Yetuk shakli.

  1. Alveokokkning oraliq xo‘jayini:

A. Tulki, bo‘ri, it. B. Mushuk, sichqonsimon kemiruvchilar.

  1. Odam, sichqonsimon kemiruvchilar. E. Tulki, qoramol. F. Odam, it.

  1. Serbar chuvalchang (noto‘g‘ri javobni ko‘rsating):

A. Ingichka ichakda yashaydi. B. Skoleksda so‘rg‘ichlari. yo‘q.

  1. Botriyalari mavjud. E. Bachadoni shoxlanmagan. F. Gimenolepidoz qo‘zg‘atuvchisi.

  1. Exinokokkozga qanday tashhis qo‘yiladi?

A. Axlatni tekshirib. B. Siydikni tekshirib. D. Immunologik tekshirishlar orqali. E. Biopsiya usulida. F. 12 barmoqli ichak suyuqligi tekshiriladi.

  1. Odamning eng yirik parazitar gijjasi:

A. Ho‘kiz soliteri. B. Cho‘chqa soliteri. D. Rishta. E. Serbar tasmasimon chuvalchang. F. Askarida.

  1. Odamda exinokokk ko'proq qaysi a’zolarda parazitlik qiladi?

A. Ingichka ichakda. B. Mushaklarda. D. Yo‘g‘on ichakda.

  1. Jigarda, o‘pkada, miyada. F. Buyrakda.

  1. Exinokokning alveokokdan asosiy farqlari:

A. Morfologik farqlari yo‘q. B. Faqat yetuk shakllari farqlanadi. D. Faqat lichinka shakllari farqlanadi. E. Ilmoqchalari soni, bachadon shakli, finnasi tuzilishi bilan farqlanadi. F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Exinokokning asosiy xo‘jayin uchun invazion bosqichi:

A. Finna. B. Tuxumlar. D. Onkosfera. E. Sistitserk.

  1. Sistitserkoid.

  1. Serbar tasmasimon chuvalchangning oraliq xo'jayini:

A. O‘txo‘r hayvonlar. B. Go‘shtxo‘r va o‘txo‘r hayvonlar. D. Odam.

  1. Odam va go‘shtxo‘r hayvonlar. F. Tuban qisqichbaqasimonlar, baliqlar.

  1. Alveokokning oraliq xo‘jayin uchun invazion bosqichi.

A. Finna. B. Tuxumlar. D. Onkosfera. E. Sistitserk.

  1. Sistitserkoid.

  1. mavzu. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR
    (NEMATHELMINTHES) TIPI


Tip: Nemathelniinl.es — Yumaloq chuvalchanglar.
Sinf: Nemaloda. Asl. yumaloq chuvalchanglar.
Tur: Ascaris humbricoides Odam askaridasi, askaridozning qo‘ zg‘ atuvchisi.
Tur: Enterobius vermicularis Ostritsa, enterobioz qo‘ zg‘ atuvchisi.
Tur: Trichocephalus triehlurus Qil boshli gijja, trixosefalez qo‘ zg‘ atuvchisi.
Tur: Ankylostoma duodenale 12 barmoqli ichakning qiyshiq boshli gijjasi, ankilostomidoz qo'zg'atuvchisi.
Mavzuning mazmuni.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling