2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet148/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Parazitning joylashishi. Yetuk shakllari limfa tomirlari va tugunlarida, biriktiruvchi to'qimada, lichinkalari esa qon tomirlarida yashaydi.
Geografik tarqalishi. Tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan.
Morfologiyasi. [Jrg'ochisining uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 3-4 sm ga teng, lichinkalari (ularni mikrofilariyalar deyiladi) 0,3 mm dan oshmaydi (84 rasm). Filariyalar shakli ipsimon, oldingi va keyingi uchlari o‘tkirlashgan bo'ladi. Ular tirik tug‘uvchi biogelmintlardir.
Hayot sikli. Definitiv xo’jayini laqat odamlar, oraliq xo‘- jayinlari esa Culex, Anofclos, Andes, Mansoni avlodlariga kiruvchi chivinlar hisoblanadi.
Invaziya manbai kasal oda in la rd ir (antroponoz). Chivinlarga qon so‘rish paytida yuqadi, keyin mikrofilariyalar chivinning xartumiga o‘tadi. Chivin odamni chaqayotganida mikrofilariyalar xartumni yorib, teriga faol harakatlanib kiradi, keyin limfa sistemasiga o‘tib, rivojlanib voyaga yetadi. Mikrofilariyalar kunduzi yirik qon tomirlarida, kechasi esa periferik qon tomirlarida joylashadi.
Patogen ta’siri. Limfa oqimi qiyinlashishi natijasida og‘ir ,,fillik“ kasalligi (elefantiaz) rivojlanadi.
Laboratoriyada tashhis qo‘yish uchun qon surtmasi tekshiriladi. Tahlil uchun qon kechasi olinadi.
Profilaktikasi. Shaxsiy profi- laktika — chivinlar chaqishidan saqlanish. Jamoat profilaktikasi — kasallarni aniqlash, davolash, tashib yuruvchi chivinlarga qarshi kurashish orqali amalga oshiriladi.
Ovogelmintoskopiya
Har xil gelmintozlarni labor atoriyada aniqlashning asosiy usuli bemorning axlatidan, balg‘amidan, siydigidan va boshqa tana suyuqliklaridan gijjalarning tuxumini tekshirishdir. Vrach kasallik qo‘zg‘atuvchi gijjalar tuxumlarining tuzilishi va ularni aniqlash usullarini yaxshi bilishi shartdir. Bolalar muassasalari (bog‘cha, yasli, bolalar uyi, oromgohlar, sanatoriylar, oziq-ovqat korxonalari va kasalxonalarda) xizmat qilayotgan har bir shaxs muntazam ravishda ovogelmintoskopik tekshiruvdan o‘tishi shart.
Tibbiy muassasalarda (kasalxona va poliklinika, vrach va feldsher punktlarida) parazit gijjalar tuxumlarini aniqlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Ovogelmintoskopik usullarning quyidagi uch turi amaliy tibbiyotda keng qo‘llaniladi:


  1. Download 1.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling