80- rasm. Ostritsa va qilboshli gijja.
a—ostritsa urg‘ochisi; b—erkagi. 1—og‘iz; 2—vezikula; 3—qizilo‘ngach;
4—bulbus; 5—o‘rta ichak; 6—qin teshigi; 7—9—jinsiy sistemasi a’zolari;
10—anal teshigi. d—qilboshli gijja urg‘ochisi. e—erkagi.
Patogen ta’siri. Parazit tuxum qo‘ygan joylari qattiq qichishi bolalarning asabiylashishi, uyqusizligiga sabab bo‘ladi. Qizlarda va ayollarda jinsiy a’zolar yallig'lanishi kuzatilishi mumkin.
Laboratoriya tashhisi. Terining perianal (anus atrofi) burmalaridan surtma olib mikroskop ostida tuxumlar tekshiriladi. Bolalar tirnog'i tagidan tuxumlarni topish yoki axlatda yetuk shakllarni ko‘rish mumkin.
Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktikasi — bolalarni qo‘lni yaxshilab yuvishga, gigiyenik malakalarga o‘rgatish orqali amalga oshiriladi. Jamoat profilaktikasi — xonalarni doimo namlab artish, bolalar muassasalarida bolalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turish, bolalar muassasalari va jamoat ovqatlanish joylarining xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazib turish, bolalar foydalanadigan buyumlar va ularning o‘yinchoqlarini dezinfeksiyalab turish kabi choralar orqali amalga oshiriladi.
Qilboshli gijja (Trichocephalus trichiurus)
Qilboshli gijja (Trichocephalus trichiurus) — trixotsefalez qo‘ zg‘ atuvchisi.
Parazitning yashash joyi. Ko‘r ichakda, yo‘g‘on ichakning yuqori qismida, ba’zan chuvalchangsimon o‘simtada parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Qilboshli gijja geogelmintlarga kiradi, hamma joylarda tarqalgan. Trixotsefalez antroponoz kasallikdir. Tanasining ,,qilsimon“ qismida qizilo'ngach, kengroq keyingi qismida ichak va jinsiy a’zolar joylashgan. Jinsiy dimorfizm yaqqol bilinib turadi. Qon bilan ovqatlanadi.
Hayot sikli. Axlat orqali ajratiladigan tuxumlar tuproqqa tushib qulay sharoitlar (namlik, harorat, kislorod) mavjud bo‘lsa, 3-4 hafta ichida rivojlanib, invazion holatga yetadi. Odamga tuxumlar, qaynatilmagan suv, zararlangan ovqat mahsulotlari, yaxshi yuvilmagan sabzavot, ko'katlar orqali aliinentar usulda yuqadi. Parazitning yetuk shakli odam organizmida 5-6 yilgacha yashashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |