2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Parazitning odanida joylashishi


Download 1.88 Mb.
bet147/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Parazitning odanida joylashishi. Parazit odamning teri osti yog‘ kletchatkasida yashaydi.
Geografik tarqalishi. Arab mamlakatlarida, Hindistonda, Eronda, Tropik Afrikada tarqalgan. XX asrning 30- yillarigacha drakunkulez Buxoroda keng tarqalgan edi. L.M.Isayev rahbarligida o‘tkazilgan choralar natijasida Buxoroda drakunkulez batamom tugatilgan. Antroponozoonoz kasallik hisoblanadi.
Morfologiyasi. Yirik biogelmint bo‘lib, urg‘ochisining uzunligi 1,5 m, erkaginiki esa 15-30 mm ga yaqin. Tirik lichinkalar tug‘uvchi gijjalar guruhiga kiradi.
Hayot sikli. Definitiv xo‘jayini — odam va hayvonlar (maymunlar, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar), oraliq xo‘jayini esa tuban qisqichbaqasimonlar — sikloplardir. Invazion bosqichi lichinkalar hisoblanadi. Odamga lichinkalar bilan zararlangan siklopli suvni ichganda yuqadi.Odam ichagida lichinkalar qon tomirlariga o‘tib migratsiyalanib, teri osti yog‘ kletchatkasiga boradi va yetuk shaklga aylanadi. Urg‘ochilari tirik li­chinkalar tug'adi, lichinkalar suvga tushganida sikloplar to- monidan yutiladi (83- rasm). Rishtaning hayot sikli 1 yilgacha cho'zilishi mumkin.
Patogen ta’siri. Drakunku- lezda bo‘g‘imlar harakatlanishi susayishi, teri qichishi, allergik reaksiyalar kuzatiladi.
Laboratoriya tashhisi. Parazit teri ostiga joylashganligi uchun unga tashhis qo‘yish qiyin emas. Parazitning atipik joylashishi holat- larida immunologik, allergologik reaksiyalardan foydalaniladi.
Profilaktika. Shaxsiy profi- laktika — faqat qaynatilgan suvni ichish, jamoat profilaktikasi — suv havzalarini qo'riqlash, ichimlik suvi bilan ta’minlash, kanali-

83- rasm. Rishtaning taraqqiyoti.
1—lichinka; 2—oraliq xo’jayin; 3— suv; 4—suvni yara yuvib iflos- lantirish; 5—teri ostidagi rishta;
6—urg‘ochi rishta; 7—erkak rishta.
19 — Tibbiy biologiya va genetika
zatsiyalashtirish, kasallarni aniqlash va davolash, aholi o‘rtasida sanitariya-oqartuv chora-tadbirlarini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Qilsimon gijja (Filariya bankrofti)
Qilsimon gijja (Filariya bancrofti) — filyarioz (vuxererioz) qo‘ zg‘ atuvchisi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling