2. P. R. 01imxo‘jayeva —
- rasm. Qichima капа, a—urg‘ochisi; b—terida yo‘l ochilishi. 1—kirish teshigi; 2—havo kirish uchun teshiklar; 3—капа tuxumlari
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
- Mashgulotning maqsadi.
- O‘quv jihozlari.
- Mashg‘ulot rejasi.
- Vaziyatga doir masalalar.
- Test topshiriqlari.
88- rasm. Qichima капа, a—urg‘ochisi; b—terida yo‘l ochilishi. 1—kirish
teshigi; 2—havo kirish uchun teshiklar; 3—капа tuxumlari; 4—lichinka; 5—nimfa. Tashhis terida to‘g‘ri va egri-bugri oqimtir ingichka yo‘lchalar aniqlanishi asosida qo‘yiladi. Ko‘pincha ingichka yo‘l uchidagi pufakchada kanani topish mumkin. Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktika — kasallar bilan muloqotda bo‘lganda shaxsiy gigiyena choralariga amal qilish (birovlarning sochiqlari, kiyimlari, o‘rin-ko‘rpasidan foydaianmaslik) orqali, jamoat profilaktikasi esa — kasallarni aniqlash, davolash, kasallar kiyimlarini va o‘rin-ko‘rpalarini dezinfeksiyalash orqali amalga oshiriladi. Odamlar ko‘p to'planadigan joylarda, poyezdlar, avtobus va samolyotlarda o‘rindiqlarni dezinfeksiyalashga katta e’tibor berilishi lozim. Mashg'ulotning maqsadi. Kanalar sinfiga mansub qichima (qo‘tir) kanasi, it kanasi, tayga kanasi, dermatsentor kanasi, ornitodorus kanalarining tuzilishi, taraqqiyoti, tibbiyotdagi ahamiyatini o'rganish. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar. Mavzuni o'rganing va quyidagi savollarga javob toping: Bo‘g‘imoyoqlilar tipining xarakterli belgilari. Kanalarning parazitizmga moslanishlari. Kananing ontogenez bosqichlari xronologik yoshiga doim to‘g‘ri keladimi? Bir, ikki, uch xo‘jayinli kanalar tushunchasini izohlang. Kasallik qo‘zg‘atuvchilarning transovarial o‘tishining tabiiy- manbali, transmissiv kasalliklar tarqalishidagi ahamiyati. Nima uchun капа ensefaliti kasalligi nafaqat tayga zonasida, balki o‘rmonlar hamda o‘rmon-cho‘l zonalarida ham uchraydi? Iksod va argaz kanalarining asosiy farqlari. Qichima капа morfologiyasi va taraqqiyot siklining o‘ziga xosliklari. Qichima kananing yuqish yo‘llari, ularga qarshi kurash choralari. II. Vaziyatga doir masalalar va test topshiriqlarini bajaring. O‘quv jihozlari. Zararsizlantirilgan qichima (qo‘tir) kanasi va iksod kanalaridan it, tayga, dermatsentor kanalarining doimiy makropreparatlari, kanalarning tuzilishi aks ettirilgan rasmlar va jadvallar, kanalarning og‘iz apparatini aks ettiruvchi. doimiy mikropreparatlar, preparovka lupalari va qo‘l lupalari, mikroskop, qutichalar va probirkalarda maxsus saqlangan ornitodorus kanasining nimfasi va yetilgan shakli, ornitodorus kanasining lichinka, nimfa, imago davrlarini aks ettirilgan maxsus doimiy preparatlar ornitodorus kanasining ichki va tashqi tuzilishi, taraqqiyoti aks ettirilgan o‘quv rasmlari va jadvallari, slaydlar, o‘quv filmlari. Mashg‘ulot rejasi. Amaliy mashg'ulot mobaynida qichima (qo'tir) kanasi va iksod kanalarining barcha vakil lari makro- va mikropreparatlarda o'rganiladi. Doimiy makropreparatlar ushbu obyektlarni nimfa va imago davrlarida tutilib, zarnrsizlantirilib tayyorlangan bo‘ladi. Ayrim hollarda esa laboratoriya hayvonlarida boqilayotgan, atrofdagilar uchun kasallik xavl'i tug‘dirmaydigan tirik kanalar o‘rganiladi. Kanalarning tashqi tuzilishi lupalar yordamida o‘rganilsa, ularning Liixum va lichiukalari mikroskop ostida o‘rganiladi. Kanalarning tuzilishini o‘rganishda ularning tana tuzilishidagi umuniiylik va 1’arqlariga alohida ahamiyat beriladi. Ornitodorus kanasining Lana tuzilishi va taraqqiyot davrlari doimiy makro- va mi kropreparatlar yordamida o‘rganiladi. Ornitodorus kanasining nimfa va imagolarini maxsus qutichalar va probirkalardagi zararsizlantirilgan doimiy preparatlar holida ko‘rsatish tavsiya etiladi. Ornitodorus kanasining lichinka davri esa doimiy mikropreparatlar holida namoyish etiladi. Ornitodorus kanasining taraqqiyot davrlarini, ichki va tashqi tuzilishini o‘quv rasmlari va jadvallari vositasida ko‘rsatish ham tavsiya etiladi. Iksod oilasiga oid kanalar bilan argas oilasiga oid kanalarning tashqi ko‘rinishidagi umumiy belgilar va ayrim farqlar jadval vositasida uqtirib o‘tiladi. Albomga iksod kanalar erkagi va urg‘ochisi orqa tomonidan, ornitodorus kanasi qorin tomonidan, kanalarning metamorfoz bosqichlari chiziladi. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi konspektlarni, albomlarni, vaziyatga doir masalalar va test topshiriqlari yechilishini tekshiradi, talabalar bilimini baholaydi. Keyingi mashg‘ulot top- shiriqilarini tushuntiradi. Vaziyatga doir masalalar. Paxta terimiga borgan talabalarning ko‘pchiligida qichima kasalligi aniqlandi. Uning sabablarini tushuntiring. Qanday choralarni amalga oshirib kasallikni tugatish mumkin? Hayvondan olingan kanani mikroskopda tekshirilganda orqa tomonida xitin qalqon aniqlanmadi, og‘iz apparati ham ko'rinmaydi. Bu капа qanday kanalar oilasiga kirishi mum.kin? Ba’zan kasal qonini so‘rmagan kanalarda kasallik qo‘zg‘atuvchilarni aniqlash mumkin. Buni qanday tushuntirish mumkin? Iksod kanalari imago heiatiga ba’zan 1-2 yilda, ba’zan esa 7- 8 yilda yetishi mumkin. Buning sababini tushuntirib bering. Test topshiriqlari. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling