2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Lichinkalarining farqlari


Download 1.88 Mb.
bet163/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Lichinkalarining farqlari. Kuleks va Aedes lichinkalari oxirgisidan avvalgi bo‘g‘imida nafas sifoniga ega bo'lgani uchun suv sathiga nisbatan burchak hosil qilib joylashadi. Anofeles chivinlari lichinkalarida sifonlari yo‘q, juft stigmalari bor, ular suv sathiga parallel joylashadilar.
Chivinlar g'umbak bosqichlarining farqlari. Kuleks va Aedes avlodiga kiruvchi chivinlarning nafas sifonlari silindrik shakliga, Anofeles avlodi chivinlariniki esa voronkasimon shaklga ega.
Imagolari orasidagi farqlar. Bosh o'simtalari, qanotining rangi, suvga qo‘nishi bilan farqlanadi. Anofeles urg‘ochilarining paypaslagichlari xartum uzunligiga teng, Kuleks chivinlari
1 urg‘ochisining paypaslagichlari esa xartumining ~ qismiga teng.
Kuleks chivinlaridan farqliroq, Anofeles chivinlari qanotida qora dog‘lar mavjud. Anofeles chivinlari qorini suv sathiga burchak hosil qilib, Kuleks chivinlariniki esa parallel joylashadi.
Chjvinlarning tibbiyotdagi ahamiyati.
Anofeles avlodiga kiruvchi chivinlar bezgak qo‘zgatuv- chilarining spetsifik tashuvchilaridir.
Aedes avlodiga kiruvchi chivinlar yapon ensefaliti, tularemiya, Sibir yarasi, har xil isitmalar qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi hisoblanadi.
Kuleks avlodiga kiruvchi chivinlar yapon ensefaliti, tularemiya kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini tashib yuradi.
Chivinlarga qarshi kurash choralari. Shaxsiy choralar — har xil repellentlar, pashshaxonalar, derazalarni pardalar bilan to‘sish orqali chivinlar chaqishidan saqlanishga asoslangan.
Chivinlarga qarshi kurashning umumiy choralari. Suv havzalarini tozalash, ularga zaharli ximikatlar bilan ishlov berish, lichinkalar bilan ovqatlanuvchi tirik tug'uvchi baliqlar — gambu- ziyalarni ko'paytirish orqali amalga oshiriladi.
Zooprofilaktika (suv havzalari va aholi yashaydigan joylar orasiga hayvon fermalarini qurish), biologik kurash choralari — chivinlar kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy dushmanlarini ko‘paytirish, tabiatga steril (nurlangan) erkak chivinlarni chiqarish yaxshi natija beradi.
Iskabtoparlar (Phlebotomus) avlodi
Iskabtoparlar mayda qon so‘ruvchi hashoratlardir. Hamma joylarda yashaydi, ko'proq issiq iqlimli mamlakatlarda (Markaziy Osiyo, Kavkaz orti, Qrim) tarqalgan.
Ularning uzunligi 1,5-3 mm dan oshmaydi. Sarg'ish yoki qo‘ng‘ir rangli, tanasi mayin tukchalar bilan qoplangan. Og‘iz apparati sanchib- so‘ruvchi (urg‘ochilariniki) yoki so‘ruvchi (erkaklariniki) tipda tuzilgan. Urg‘ochilari qon bilan, erkaklari esa nektar bilan oziqlanadi. Ular tuxumlarini organik qoldiqlari ko‘p bo‘lgan tuproqlarga qo‘yadi. To'liq metamorl'oz yoTi bilan ko‘payadi (93- rasm).


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling